1-mavzu. Ta’lim menejmenti nazariyalarining rivojlanish bosqichlari. Boshqarish qonuniyatlari va tamoyillari. Reja
-davr – axborot davri (1960 yildan xozirgi kunga qadar)
Download 37.3 Kb.
|
1 мавзу лотинииии
- Bu sahifa navigatsiya:
- to‘rtta “buyuk asosoiy tamoyillarga”
- Ratsionalistik maktab asoschilarining bosh g‘oyasi
- Ta’lim menejmentning predmeti, maqsad va vazifalari.
4-davr – axborot davri (1960 yildan xozirgi kunga qadar). Bu davrda matematik apparatni foydalanishga tayangan boshqarish konsepsiyasini ishlab chiqish boshlandi. Bu-ning yordamida matematik analizlarni va menedjerlarning qarorlarini integratsiyalash-ga erishildi. Boshqarish matematik ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin mantiqiy jarayon sifatida qaraldi.
Boshqarish funksiyalarining ba’zi birlarining qayta qurilishi, inson mehnati va EHM uyg‘unlashishi tashkiliy tizim elementlarini qayta ko‘rib chiqishni taqoza etdi. Boshqarish ilmining rivojlanishi menedjmentning u yoki bu aspektini ishlab chiqqan maktablarning va yondashuvlarning ko‘plab paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Zamonoviy boshqaruv ilmiga katta xissa qushgan olimlarning ichida Frederik Teylorni alohida atab o‘tish kerak. Ratsionalistik maktabning asoschisi amerikan injeneri F.Tey-lorning (1856-1915) ko‘rsatishicha, boshqaruv to‘rtta “buyuk asosoiy tamoyillarga”: 1) ishlab chiqarishning ilmiy asosiini ishlab chiqishga; 2) ijrochilarni ilmiy asosda tanlab olishga; 3) ularni ilmiy tayyorlashga; 4) ma’muriyat bilan ijrochilarning orasida mustahkam dustlik hamkorlik o‘rnatishga asoslanishi kerak. F. Teylor va uning izdoshlari (G. Gantt, F. va L. SHilbertlar, S. Tamson va b.) ilmiy tamoyillarga asoslangan boshqaruv empirik tajribaga asoslangan boshqaruvga qaraganda yuqori natijalar ko‘rsatishini isbotladi. Ratsionalistik maktab asoschilarining bosh g‘oyasi shundan iborat: ishlab chiqarishni ratsionalizatsiya qilish asosiy vazifasi bo‘ladigan menejmentni faoliyatning mustaqil sohasi va turi sifatida tan olish; ishlab chiqarish jarayoni va mehnat operatsiyalarini alohida elementlarga ajra-tish, ularni bajarishga sarf qilinadigan vaqt diapazonini aniqlash; ishni bajarish-ning belgilangan vaqti; yuqori ish xaqi yordamida ish unumdorligini oshirish; tanlab olish. Ta’lim menejmentning predmeti, maqsad va vazifalari. Pedagogik menejment — bu: birinchidan; pedagogik tizim sifatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan boshqaruv prinsiplari, metodlari, shakllari va texnologik usullari yig‘indisini, ikkinchidan, pedagogik jamoa va o‘quvchilar faoliyatini ilmiy boshqarishni ifodalaydi. Pedagogik menejment xususiyatlari ta’lim menejeri mehnatining natijasida, mehnat qurolida, mahsulotida, mehnat predmetida ifodalanadi. Ta’lim jarayoni menejeri mehnati predmeti u boshqarayotgan odamlar faoliyatidir. Mehnat xomashyosi bu - o‘quv tarbiyaviy jarayon to‘g‘risidagi ma’lumot. Mehnat quroli - so‘z, nutq. Ta’lim jarayoni menejeri mehnati natijasi menejment obyekti, ya’ni o‘quv- chilarni ta’lim olganlik, tarbiyalanganlik, rivojlanganlik darajasidir. Pedagogik menejment pedagogik tizimni rivojlanishining samaradorligini oshirishga yo‘naltiriladi. Hozirgi paytda yagona pedagogik jarayonni boshqarishga ilmiy yondashish harakati kuchaydi. Bu esa intellektual salohiyati yuqori kadrlarni shakllantirish uchun o‘ta muhim hisoblanadi. Avvalo, boshqarishning ijtimoiy mohiyatini anglab olaylik. Boshqarish ma’lum bir ob’ektga tashkiliy, rejali, tizimli ta’sir ko‘rsatish demakdir. Ta’lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish ta’lim muassasasining faoliyat xususiyatiga ko‘ra pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag‘bat-lantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilish maqsadida amalga oshiriluvchi boshqaruv faoliyatidir. Boshqaruvda «boshqaruv ob’ekti va sub’ekti», «ular o‘rtasidagi bevosita va teskari aloqalar», «boshqaruv tizimi», «atrof-muhit» kabi kategoriyalar va tushunchalardan foydalaniladi. Ta’lim muassasalari darajasida menejmentning asosiy kategoriyalarini ko‘rib chiqishda ular faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari va faoliyat yuritishining umumiy vazifalarini hisobga olish zarur. Download 37.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling