1-Mavzu: Ta’limni tashkil etish masalalari


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/23
Sana07.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1174056
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
1-Maruza



1-Mavzu: Ta’limni tashkil etish masalalari. 
Koronavirus pandemiyasi sharoitida inson hayotining barcha jabhasida misli 
koʻrilmagan oʻzgarishlar sodir boʻlmoqda. Ushbu silsilalar koʻp yillik shakllangan 
qadriyatlar, anʼanalar va tamoyillarning “darz” ketishiga ham olib keldi. Xususan, 
nufuzli olimlar, xalqaro tashkilotlar ekspertlari tomonidan yaqin va oʻrta istiqbolda 
kurrai zamin taraqqiyotiga tahdid soladigan xavf-xatarlar boʻyicha berilgan prognoz 
koʻrsatkichlari oʻz tasdigʻini topmadi. Aksincha, ular qaytadan koʻrib chiqilayotir. 
Ammo shu narsa ayon: dunyo bir butunlikda harakat qilmas ekan, inson oʻta tahlikali 
vaziyat qurboniga aylanishi hech gap emas. Yagona najot yoʻli esa toʻplangan bilim, 
shakllangan koʻnikma va orttirilgan xulosalarni yagona maqsad sari yoʻnaltirish, ilm 
hamda tajribalarni samarali uygʻunlashtira olishdir. 
Bilim va ilmning shakllanishi esa bevosita taʼlim tizimiga borib taqaladi. 
Taʼlim tizimi samaradorligini oʻqituvchi saviyasi, talaba ehtiyoji, oʻquv adabiyotlari 
mazmuni hamda mustaqil taʼlimni shakllantirishga qaratilgan infratuzilma bevosita 
taʼminlab beradi. Demak, ilgʻor kadrlarni tayyorlash, ularni mehnat bozori 
talablariga muvofiq raqobatdoshligini oshirish, ijodiy fikrlaydigan mutaxassislarni 
yetishtirish oʻquv dargohlarida yoʻlga qoʻyilgan taʼlim berish jarayoni bilan 
chambarchas bogʻliq.
Davlatimiz rahbari tomonidan 2019-yilning 8-oktyabrida “Oʻzbekiston 
Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 
tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi. Ushbu muhim dasturilamal hujjatda 
“respublikadagi kamida 10 ta oliy taʼlim muassasasini xalqaro eʼtirof etilgan 
tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher 
Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 
000 ta oʻrindagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kiritish va oliy taʼlim 
­muassasalarida oʻquv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga 
oʻtkazish” belgilab berildi. 
Shuningdek, 2030-yilga qadar respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasasi 
(OTM)ning 85 foizi, jumladan, 2020/2021 oʻquv yilining oʻzida 33 ta oliy taʼlim 
dargohini kredit-modul tizimiga oʻtkazish koʻrsatib oʻtildi. 


Xoʻsh, bundan koʻzlangan maqsad nima? Bugun va kelajak uchun mazkur 
mexanizm qay darajada foyda keltiradi? U yangi Oʻzbekistonning strategik 
maqsadlariga qanchalik mos? quyida ana shu savollarga batafsil javob izlashga 
harakat qilamiz. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling