1-mavzu: tanqidiy va kreativ tafakkurning mohiyati, ilmiy-nazariy tavsifi
Download 151.2 Kb.
|
TANQIDIY VA KREATIV TAFAKKURNING MOHIYATI, ILMIY-NAZARIY TAVSIFI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klassifikasiyalash
- Sistemalashtirish
Konkretlashtirish - hodisalarni ichki bog’lanish va munosabatlardan qat'iy nazar bir tomonlama ta'kidlashdan iborat fikr yuritish operasiyasidir.
Umumiy mavhum belgi va xususiyatlarni yakka yolg’iz obyektlarga tadbiq qilish bilan ifodalanadigan fikr yuritish operasiyasi insonning barcha faoliyatlarida faol ishtirok etadi. Voqelik qanchalik yaqqol shaklda ifodalansa, inson uni shunchalik oson anglab yetadi. Klassifikasiyalash - bir turkum ichidagi narsalarning bir-biriga o’xshashligiga va boshqa turkumdagi narsalardan farq qilishiga qarab narsalarni turkumlarga ajratish tizimidir. D.I.Mendelevni "Elementlarning davriy tizimi" jadvali bunga yorqin misoldir. Bunda olim elementlarni atom og’irligi ortib borishiga, kimyoviy sifatlarning bir tipligiga va boshqa belgi va alomatlariga qarab tartib bilan joylashtirib chiqqan. Sistemalashtirish - tizimga solish shundan iboratki, bunda ayrim narsalar, faktlar, hodisa va fikrlar muayyan tartibda makondagi, vaqtdagi tutgan o’rniga yoki mantiqiy tartibda joylashtiriladi. Shu sababli makon, xronologiya va mantiqiy belgilar asosida tizimga solish turlariga ajratiladi. Mebelning xonadagi joylashtirilishi, daraxtning boqqa o’tkazilishi, makoniy tizimga namuna bo’la oladi. O’tmishda bo’lib o’tgan voqealarning vaqtga qarab tizimga solishning namunasi bo’la oladi. Matematikaga, falsafaga, mantiqqa doir darsliklarda ilmiy materiallarning joylashtirilishi mantiqiy tizimga solishning namunasidir. Tanqidiy fikrlashning asosiy belgilari olim I.Resnik fikricha quyidagilardan iborat:
1
2 J.Dyuining fikricha: «O`quvchilar muayyan muammo bilan shug‘ullana boshlasalargina, ularda tanqidiy fikrlash paydo bo‘ladi. Shu sababli, o‘quv jarayonining boshlang‘ich nuqtasi hisoblangan, biror vaziyat yoki hodisaga tegishli bo‘lgan eng muhim savol bu hodisa qanday muammoni vujudga keltirishini anglatadigan savoldir. Faqatgina muayyan muammo bilan kurashib, murakkab vaziyatdan chiqish uchun o‘zining shaxsiy yo‘lini izlagandagina, o‘quvchi haqiqatan ham fikrlaydi». Darhaqiqat, rejali va maqsadli o‘qitish va tarbiyalash jarayonida o‘quvchilaming intellekt darajasini aniqlash zaruriyati tanqidiy fikrlashni shakllantirishni vujudga keltirgan. O‘z ibtidosida bu natijalar oddly pedagogik metodlar orqali aniqlangan.Download 151.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling