1-Mavzu: “tarbiya” fani konsepsiyasi, davlat ta‟lim standarti, O„quv dasturlari (2-qism) Reja
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
9SsBe2CmozKH37pH72DnGM4yhdkRSLtjM9jsA8r1
vazifalar: umumiy o„rta ta‟lim mazmuni va sifatiga qo„yiladigan talablarni
belgilash; milliy, umuminsoniy va ma‟naviy qadriyatlar asosida o„quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish; o„quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy o„rta ta‟lim muassasalarining o„quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo„yiladigan talablarni belgilash; kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta‟lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta‟minlash; ta‟lim va uning pirovard natijalari, o„quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek ta‟lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish; davlat ta‟lim standartlari talablarining ta‟lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo„yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta‟minlash. Davlat ta‟lim standartining asosiy prinsiplari: o„quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi; umumiy o„rta ta‟lim mazmunining insonparvarligi; davlat ta‟lim standartining ta‟lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi; umumiy o„rta ta‟limning boshqa ta‟lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta‟lim mazmunining uzviyligi; umumiy o„rta ta‟lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi; umumiy o„rta ta‟limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi; o„quvchilarda fanlarni o„rganish va ta‟lim olishni davom ettirish uchun tayanch va fanlarga oid umumiy kompetensiyalarni rivojlantirishning ta‟minlanganligi; rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta‟lim sohasida me‟yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish. Davlat ta‟lim standartining tarkibiy qismlari: Tarbiya fani bo„yicha umumiy o„rta ta‟limning malaka talablari; Tarbiya fanining tayanch o‟quv rejasi; Tarbiya fani bo„yicha umumiy o„rta ta‟limning o„quv dasturi; Tarbiya fanining baholash tizimini o„z ichiga oladi. Tarbiya fani bo„yicha umumiy o„rta ta‟lim muassasalari o„quvchilariga qo„yiladigan malaka talablari umumiy o„rta ta‟limning davlat ta‟lim standartining negizi hisoblanadi va Tarbiya fanini o„rganishning bosqichlari, ta‟lim mazmuni va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling