1-Mavzu: “tarbiya” fani konsepsiyasi, davlat ta‟lim standarti, O„quv dasturlari (2-qism) Reja
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu: “TARBIYA” FANI KONSEPSIYASI, DAVLAT TA‟LIM STANDARTI, O„QUV DASTURLARI (2-qism) Reja: 1. “Tarbiya” fani uchun umumiy o„rta ta‟limning davlat ta‟lim standarti. 2. Tarbiya fani uchun umumiy o„rta ta‟limning davlat ta‟lim standartida belgilangan umumiy o„rta ta‟limning malaka talablari. 1. “Tarbiya” fani uchun umumiy o„rta ta‟limning davlat ta‟lim standarti. O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan oliy va o„rta mahsus ta‟lim muassasalarida ta‟lim va tarbiya jarayonlarini tartibga solishga qaratilgan bir qator me‟yoriy hujjatlar qabul qilingan. O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 aprelda “Umumiy o„rta va o„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limining davlat ta‟lim standartlarini tasdiqlash to„g„risida”gi 187- sonli qarori qabul qilindi. O„zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, umumta‟lim fanlarini o„qitishning uzluksizligi va izchilligini ta‟minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy o„rta va o„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi davlat ta‟lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o„quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan: Umumiy o„rta ta‟limning davlat ta‟lim standarti; O„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limining davlat ta‟lim standarti; Umumiy o„rta va o„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limining umumta‟lim fanlari bo„yicha malaka talablari; Akademik litsey va kasb-hunar kolleji diplomlarining davlat namunalari; Umumiy o„rta va o„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi muassasalari uchun umumta‟lim fanlaridan o„quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqishga qo„yiladigan umumiy talablar zarur me‟yoriy hujjatlar bilan tasdiqlandi. O„zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi hamda Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligining O„rta maxsus, kasb- hunar ta‟limi markazi zimmasiga umumiy o„rta va o„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limining davlat ta‟lim standartlari talablari asosida o„quv dasturlarini yangidan ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlab, umumiy o„rta va o„rta maxsus, kasb- hunar ta‟limi muassasalariga etkazib berish vazifasi berildi. Yaratilayotgan o„quv- metodik majmualar o„quvchilarni mantiqiy fikrlashga undaydigan, rasmlarga boy, zamonaviy matbaa talablariga javob beradigan shakllarda chop etilishiga e‟tibor qaratilishi ahamiyatlidir. 2017-2018 o„quv yilidan boshlab umumiy o„rta va o„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limining davlat ta‟lim standartlari va o„quv dasturlarini amaliyotga samarali joriy etish yuzasidan tegishli mutaxassislar uchun maqsadli o„quvlar tashkil etilishi, hamda pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari dasturlari va o„quv modullarining qayta ko„rib chiqilishi belgilandi. Umumiy o„rta ta‟limning davlat ta‟lim standartining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat: maqsad — umumiy o„rta ta‟lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg„or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma‟naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling