1 mavzu: tarbiya jarayoniga innovatsoin yondashuv. Reja
Download 5 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
1 - MAVZU: TARBIYA JARAYONIGA INNOVATSOIN YONDASHUV. Reja: 1.Tarbiya jarayoniga innovatsoin yondashuvning maqsad va vazifalari. 2.Bola shaxsini o‘rganish, tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish usullarini yangilash 3.Tarbiyaviy tadbirlarga innovatsion yondashuv. Tayanch tushunchalar: Tarbiya, innovatsion yondashuv, boshlang‘ich ta’lim, shaxsini o‘rganish, ta’sir ko‘rsatish, yangilash, usullar, tarbiyaviy tadbirlar, 1.Tarbiya jarayoniga innovatsoin yondashuv maqsad va vazifalari. Tarbiya - ijtimoiy hodisa bo‘lib, insoning shaxs bo‘lib shakllanishini ta’minlaydigan eng qadimiy va abadiy ma’naviy qadriyatdir. Yosh avlodni vatanparvarlik, xislatlar bilan birga bag‘rikenglik tamoyillari, yuksak ma’naviyat egasi bo‘lish hamda boshqalarga hurmat-e’tibor bilan qaraydigan, inson qadr-qimmatini e’zozlaydigan shaxs sifatida tarbiyalash biz qurayotgan buyuk davlatchiligimizning poydevori bo‘lib xizmat qiladi. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev o‘z nutqida: “Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni asrab-avaylash, o‘rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir”1-deb ta’kidlaydi. Xalqimiz ulkan ma’naviy me’rosga egadir. Ushbu tarixiy merosdan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish, yoshlarda ajdodlar an’analariga sodiqlik va munosib bo‘lish xissini shakllantirish mutaxassislar oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimiz aholisiga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni keng va atroflicha, xolis tahlil etish, bugungi globallashuv sharoitida navqiron avlod ongu shuurini turli yot va zararli g‘oyalardan himoyalashga oid dolzarb vazifalarni bajarishda muhim asos bo‘ldi. Tarbiya shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllatirishga qaratilgan amaliy pedagogic jarayon,insonning jamiyatda yashash uchun zarur bo‘lgan hissiyotlarga ega bo‘lishini ta’minlash yo‘lida ko‘riladigan chora-tadbirlar yig’indisi. Prezidentimiz Sh. Mirziyaev bu borada shunday deydi: “Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag‘rida shakllanadi. Bolaning harakterini, tabiat va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik va me’hr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir”2. Axloq- avvalo, inson va adolat tuyg‘usi, iymon, halollik degani. Insonning insonligi, ma’naviy – ahloqiy jihatdan barkamolligi, pokligi milliy qadriyatlarning qadriga etishi bilan belgilanadi. barkamol inson ota- onasi, farzandlari, qarindoshlari, butun oila a’zolari, qo‘ni –qo‘shinlari, mahalla- ko‘y, hamqishloqlari va butun mamlakat xalq farovonligi haqida qayg‘uradi; tevarak atrofni o‘rab olgan insonlar unga kerak bo‘lganidek, u ham atrofdagilarga kerakli inson bo‘lishga intiladi; milliy qadriyatlarni e’zozlaydi va ularga sodiq bo‘lib qoladi; milliy qadriyatlar asosida odob-ahloq, fe’l- atvor, tarbiyani yoshlarning ongiga singdiriladi, ota-bobolarimizdan qolgan ma’naviy- madaniy merosni qadrlaydi; Vatanni sevib, himoya qiladi, yoshlarni harbiy- vatanparvarlik ruhida tarbiyalaydi.3 O‘zbek xalq pedagogikasining zukko tadqiqotchisi Zokir Mirtursunovning ta’kidlashicha, ov qilish o‘yinlari orqali tarbiyalashning ahamiyati juda kattadir: “Yoshlarni ov qilishga o‘rgatishning biz uchun qimmatli tomoni shundaki, ov qilishga bog‘liq bo‘lgan bir qator jismoniy mashq malakalari egallanadi. Ya’ni bola otda chopish ot ustida tik turish, yotish, ot yoniga og‘ish, otda chopa turib kamon va miltiqdan o‘q ota bilish va hakozo mashq malakasini egallagan bo‘lishlari zarur. Yoshlarni ovga o‘rgatish, albatta, ma’lum tajribaga ega bo‘lgan kishilar tomonidan olib borilar edi”.4 Tarbiya jarayoni quyidagi tamoyillar asosida boshqariladi: maqsadga qaratilganligi va g‘oyaviy yo‘nalganligi; tarbiyaning insonparvarlashuvi; tarbiyaning hayot, mehnat bilan bog'liqligi; tarbiyaga yaxlit (kompleks) yondashuv; jamoada tarbiyalash va jamoaga suyanib ish ko‘rish; shaxsga talabchanlik bilan, hurmat bilan olib borish; o‘qituvchilar, jamoat tashkilotlari va oilaning tarbiyaviy ta’sirlarining birligi; tarbiyalanuvchining yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish; tarbiya jarayonining tizimligigi va uzluksizligi. Vazifalar ijtimoiy tarbiya maqsadidan kelib chiqib belgilanadi. Mustaqil O‘zbekiston Respeblikasida yosh avlodni tarbiyalash jarayonida quyidagi vazifalarni hal etilmoqda: 1) yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularda keng dunyoqarashni tarkib toptirish, o‘z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, reja va amal birligi hissini uyg‘otish, axloqsizlikning mohiyatini anglash, o‘quvchilarda muomala odobi, yuksak madaniyatni qaror toptirishga erishish; 2) o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar mohiyatidan ogoh etish, insonni oliy qadriyat sifatida qadrlash, uning sha’ni, or-nomusi, qadr-qimmati, huquq va burchlarini hurmat qilishga o‘rgatish va boshqalar. 3) tabiatni muhofaza qilish, ekologik muvozanatni yuzaga keltirish borasidagi mas’uliyatni tarkib toptirish; 4) vatanparvarlik va baynalminallik tuyg‘usini shakllantirish, o‘zga millat va xalqlarni hurmat qilish, ularning huquq va burchlarini kamsitmaslik tuyg‘usini qaror toptirish; 5) mustaqil davlat – O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to‘g‘ri va xolisona baho berishga o‘rganish; Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev "Bizni hamisha o‘ylantirib keladiga muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. “ Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan"5, deya ta’kidlaydi. Manmanlik haqida Qur’on Karimni “Isro” surasining 37-oyatida: “Er yuzida Kibr-Havo bilan yurmagin! Chunki sen (oyoqlaring bilan) hargiz erni teshib (uning tubiga) ketolmaysan va bo‘yi bastda tog‘larga etolmaysan”, - deyiladi. Bu to‘g‘rida payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning hadislaridan birida: “Kimki o‘zini katta olsa, yurishida o‘ziga bino qo‘ysa, oxiratda Allohning g‘azabiga uchraydi” (821-hadis), deb ogohlantiradi. Prezidentimiz Sh. Mirziyaev ta’kidlaganidek: “Bugungi kunda ijtimoiy-ma’naviy muhitni va aholi turmush sharoitini yaxshilash, yoshlarni turli diniy ekstremistik oqimlar ta’siridan asrash masalasi barchamiz uchun eng asosiy masala bo‘lib turibdi. Yoshlar tarbiyasida kamtarlik odobi katta ahamiyatga ega bo‘lib, manmanlik – aybini tan olmaslik, takabburlik sanaladi. Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling