1 mavzu: tarbiya jarayoniga innovatsoin yondashuv. Reja


-MAVZU: INNOVATSIYALARNI TA’LIM JARAYONIGA TADBIQ ETISHNING TASHKILIY PEDAGOGIK ASOSLARI


Download 5 Mb.
bet6/57
Sana12.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1700897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
2-MAVZU: INNOVATSIYALARNI TA’LIM JARAYONIGA TADBIQ ETISHNING TASHKILIY PEDAGOGIK ASOSLARI.


Reja:
1. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim va uning turlari.
2. Innovatsiya, innovatsion ta’lim, innovatsion faoliyat jarayonning uyg’unligi.
3. Pedagogning ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvi.
Tayanch tushunchalar: innovatsion ta’lim, innovatsion faoliyat, innovatsion jarayon, pedagogik asos, yondashuv.
1. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim va uning turlari.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim va uning turlarini amalga oshirishda bolaning qiziqishlari tizimli faoliyat orqali olib borilishi yaxshi natija beradi. Shuningdek, o‘qituvchining pedagogik mahorati orqali ham kasbiy deontologiyaga tayangan holda amalga oshiriladi. Shuningdek, o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo‘lgan qiziqish hamda iste’dodini namoyon etishlarida muhim ahamiyatga ega. Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida shakllana boradi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta`sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.
Rivojlanish - shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, eskining yo‘qolib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ifodalaydi. Rivojlanishning manbayi qarama-qarshiliklarning o‘rtasidagi kurashdan iboratdir.
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta`sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta`sir etadi.
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g`ri hal etish uchun uning xulqiga ta`sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Tarbiya bolaga samarali ta`sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. Shaxsni shakllantirish, “Shakllantirish” tushunchasi “tarbiyalash” tushunchasiga nisbatan kengroq bo‘lib, u shaxs va jamoaning tarkib topishiga ta’sir ko‘rsatadigan hamma narsani, shu jumladan, maqsadga muvofiq jarayonlar (o‘qitish, tarbiyalash, ta’lim berish)ni ham, maqsadga nomuvofiq jarayonlar (shaxs va jamoaning o‘z ichki tabiati, atrofdagi kishilar, narsalar, tabiat hadisalari va hokazolarning ta’siri)ni ham o‘z ichiga oladi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari, va kom’pyuterlar tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlanishi, ommaviy axborot vositalarining roli, televidenie va radioning ta’lim dasturlari intellektuallashuvi ta’minlanadi, fan va ta’limning nashriyot bazasi rivojlantiriladi, o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy, qomusiy adabiyotlar va ma’lumotnomalar bilan ta’minlashning barqaror tizimi shakllantiriladi.Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim keng tarzda bolani zamonaviy intellectual salohiyatini oshirish, ta’limga qiziqtirish, g’oya va tafakkurni rivojlantirish, jismoniy barqarorlik asosida aqliy intellektini boyitishga xizmat qiladi.

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling