1 mavzu: tarbiya jarayoniga innovatsoin yondashuv. Reja
Innovatsiya, innovatsion ta’lim, innovatsion faoliyat
Download 5 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Innovatsion faoliyat
- Pedagogning innovatsion faoliyati
2. Innovatsiya, innovatsion ta’lim, innovatsion faoliyat
jarayonning uyg’unligi. Innovatsiya-muayyan tizimning ichki tuzilishini o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning tasnifi asosalarini o‘rgangan. Innovatsion ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta’lim texnologiyalari yoki ta’lim innovatsiyalari deb nomlanadi. Bizga ma’lumki, ta’lim innovatsiyalari “innovatsion ta’lim” deb nomlanib birinchi bor 1979 yilda “Rim klubi”da qo‘llanilgan va bir necha turga ajratiladi. Innovatsion ta’lim (ingl. “innovation” – yangilik kiritish, ixtiro) – ta’lim oluvchida yangi g‘oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o‘zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg‘or g‘oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim tushuniladi. Innovatsion faoliyatning rivojlanish jarayoni aynan shaxsiy sabablilik darajasidan boshlanadi. Hamma sodir bo‘layotgan hodisalarga o‘ziga hos munosabat ishlab chiqiladi:mazmunini izlash, yashirin tomonlarini ko‘ra bilishga intilish. Iinovatsion faoliyatning o‘zgarishi umumiy tendentsiyasi quyidagi xususiyatlarga ega: hamma ko‘rsatkichlari ancha o‘sishi ketidan ularning bir oz pasayishi kuzatiladi, bu ma’lum darajadagi emotsional pasayish va diskomfort o‘zini noqulay sezish bilan bog’liq bo‘ladi, rivojlanish muhiti innovatsion munosabat vazifasi va uslublaridan iborat bo‘lishi kerak. Innovatsion faoliyatga yondoshish sifatida o‘qituvchilardan ilmiy tekshirish metodikasini o‘zlashtirib olishni talab etadi. Talabalarning tajriba maydonida tekshirish ishlarini «harakatdagi tekshirish», odatdagi qarashlar, yondoshishlarga qarama-qarshi deb nomlanishi mumkin, asosiy e’tibor innovatsion faoliyat texnologiyasidan ko‘ra ko‘proq bilimga qaratiladi. Pedagogning innovatsion faoliyati - zamonaviy ta’limga xos muhim jihatlardan biri– pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish sanaladi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish masalasi o‘tgan asrning 1960-yillaridan boshlab jiddiy o‘rganila boshlagan. Xususan, X.Barnet, J.Basset, D.Gamilton, N.Gross, R.Karlson, F.N. Gonobolin, S.M. V.A.Slastenin kabi tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ishlarda innovatsion faoliyat, pedagogik faoliyatga innovatsion yondashish, innovatsion g‘oyalarni asoslash va ularni amaliyotga samarali tadbiq etish, xorijiy mamlakatlar va respublikada yaratilgan pedagogik innovatsiyalardan xabardor bo‘lish orqali pedagog faoliyatida ulardan faol foydalanish borasidagi amaliy harakatlar mazmunini yoritilgan. Mohiyatiga ko‘ra innovatsiyalar munosabat yoki jarayonga yangilik kiritishning dinamik tizimi sanaladi. O‘z-o‘zidan tizim sifatida yangilik kiritirish munosabat yoki jarayonning, birinchidan, ichki mantig‘ini, ikkinchidan, kiritilayotgan yangilikning muayyan vaqt oralig‘ida izchil rivojlanishi va atrof-muhitga ko‘rsatadigan o‘zaro ta’sirini ifodalaydi. Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling