1 mavzu: tarbiya jarayoniga innovatsoin yondashuv. Reja


PISAda ishtirok etish O‘zbekistonga nima beradi?


Download 5 Mb.
bet12/57
Sana12.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1700897
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57
PISAda ishtirok etish O‘zbekistonga nima beradi?
PISA natijalari 2023 yil oxirida e’lon qilinadi. Mamlakatlar xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishlari kerak, chunki ular bizning ichki holatimizdan emas, balki xalqaro standartlar nuqtai nazaridan tashqi baho berishadi. Bu birinchisi.
Ikkinchidan, ilk yillardan qandaydir juda yaxshi, ijobiy natijalar olish haqida gapirib bo‘lmaydi. Rossiya 2000 yildan beri xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etib kelmoqda va PISA bo‘yicha bizning natijalar o‘rtacha xalqaro darajadan past edi. Faqat 18 yil davomida ta’limga katta sarmoya kiritish orqali PISA tadqiqotidagi natijalarimiz Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) ning o‘rtacha ko‘rsatkichlariga yaqinlashdi. Buni qanday izohlash mumkin? Bu bizning rus maktabimiz (qaysidir ma’noda sovet maktabi) ko‘proq fan natijalariga, ya’ni yosh avlodga yaxshi, chuqur va uzoq muddatli bilimlarni berishga e’tibor qaratganligi bilan izohlanadi. Ijodkorlikni rivojlantirishga bunaqa ehtiyoj yo‘q edi, olingan bilimlar barcha o‘quvchilar tomonidan turli hayotiy vaziyatlarda ishlatilishini ta’minlash uchun vaqt ham bo‘lmagan.


2.Rivojlantirish muhitida maktab ishini tashkil etish.
Ta'lim tizimini boshqarish - bu turli xil ehtiyojlarni qondirish uchun maqbul sharoitlarni yaratish maqsadida uning rivojlanish jarayonini ongli ravishda tartibga solish, shahar va viloyatning ilmiy va madaniy, iqtisodiy salohiyatidan maksimal darajada foydalanish asosida ta’limning barcha bosqichlarida talabalarning ehtiyojlarini qondirishdir.
Zamonaviy ta’lim tizimini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ta’limni davlat va jamoat boshqaruviga o‘tish (davlat va jamiyatning sa’yi harakatlarini birlashtirish, o‘qituvchilar, o‘quvchilar, oilalarga ko‘proq huquq va erkinliklarni ta’minlash shakllari, ta’lim jarayonini tanlash). Shu munosabat bilan o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar nafaqat ta’limning ob’yekti, balki sub’yektiga ham aylanadi; ta’lim va tarbiya jarayonini boshqarishda uning samaradorligini oshirishga qaratilgan tamoyil, usullar, tashkiliy shakllar va texnologik usullarning majmuidir.
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining vazifalari lavozim majburiyatlari
o‘quv jarayonini tashkil qilish, davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv-tarbiyaviy rcjalar va dasturlarning bajarilishini ta’minlash;
pedagogik xodimga belgilangan ish yuklamasini, jumladan, o‘quv jarayoni, o‘quv jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayonlarga oid ishlarni o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;
ta’lim standartlari talablari bajarilishini nazorat qilish, o‘quvchilarning 0‘zlashtirishi va xulqining monitoringini amalga oshirish, fakultativ mashg‘ulotlar va fanlar to‘garaklarining ishlashini tashkil qilish;
tayanch o‘quv rejaga muvofiq dars jadvallarini sanitariya qoidalari va me’yorlari, fan o‘qituvchilarining metodik kunlarini inobatga olgan holda tuzish;
pedagog xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda ishtirok etish, pedagogik jamoaning o‘quv-metodik ishlariga rahbarlik qilish, o‘qituvchilarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish va umumlashtirishni, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishni tashkil etish;
o‘qituvchilar faoliyatining yillik, choraklik va oylik rejalarini tasdiqlash va bajarilishini nazorat qilish, o‘qituvchilar faoliyatining tasdiqlangan rejalariga mos ravishda ish vaqti hisobini olib borish, darslar, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyasi jadvallari va boshqa o‘quv tadbirlarini ishlab chiqish;
fan o‘qituvchilari tomonidan dars mashg‘ulotlarining umumiy o‘rta ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan dars jadvali hamda taqvim-mavzu reja asosida olib borilishini nazorat qilish; fan o‘qituvchilari tomonidan taqvim-mavzu reja asosida o‘tilgan mavzularni, o‘quvchilarning o‘tilgan mavzularni o‘zlashtirish bahosini dars o‘tilgan kunning o‘zida sinf jurnallariga (elektron jurnallarga) qayd etilishini nazorat qilish; fan o‘qituvchilari tomonidan joriy, oraliq va yakuniy nazorat ishlarining reja asosida o‘tkazilishi, o‘quvchilarning yozma ishlari va daftarlarini tekshirilishini nazorat qilish, zarur hollarda, metodik tavsiyalar berish;
fan o‘qituvchilari tomonidan o‘tiladigan darslami tahlil qilish, metodik tavsiyalar berish; fan o‘qituvchilari tomonidan fanlarni o‘zlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash maqsadida tashkil etilgan to‘garak mashg‘ulotlarini tasdiqlangan jadval asosida olib borilishini ta’minlash va nazorat qilish;
an’anaviy malaka oshirish tizimi amal qilayotgan hududlarda fan o‘qituvchilarining belgilangan muddatlarda malaka oshirish kurslarida o‘qishlarini ta’minlash (uzluksiz malaka oshirish tizimi joriy qilingan hududlarda, shu jumladan elektron malaka oshirish tizimlari orqali, pedagog xodimlarning malakasini oshirilishi o‘qituvchining shaxsiy ma’suliyati hisoblanadi). “Chet tili”, “Informatika va axborot texnologiyalari”, “O‘zbek tili, Rus tili”, “Jismoniy tarbiya”, “Texnologiya” fanlarining belgilangan tartibda ikki guruhga bo‘lib o‘qitilishini ta’minlash (umumiy crrta ta’Iim maktabi (maktab-internat)ning moddiy-texnik imkoniyati yoki kadrlar yetishmovchiligi kuzatiladigan holatlar sababli ushbu darslami bo‘lib 0‘qitish imkoniyati bo‘lmagan holatlar bundan mustasno);
dars mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffuslar davomiyligini belgilangan tartibda tashkil etilishini ta’minlash; tegishli qonun hujjatlarida belgilangan bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan dars mashg‘ulotlarining mavzulari o‘quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda (mavzulami tig‘izlashtirilgan holda) keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tilishini ta’minlash;
o‘quv yili davomida o‘quvchilarning belgilangan muddatlarda ta’tillarga chiqishini ta’minlash; an’anaviy shakldagi sinf jurnallaridan foydalanilayotgan ta’Iim muassasalari sinf jurnallarining (elektron jurnal joriy etilgan ta’Iim muassasalarida faqatgina sinflar bo‘yicha yillik hisobotning bosma talqini) saqlanishini ta’minlash; o‘qituvchilarning tarifikatsiya ro4yxatini shakllantirish va uni elektron dasturga kiritish; o‘qituvchining ma’lumoti va malaka toifasiga ko‘ra amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra ularga darslarni to‘g‘ri taqsimlashda, shuningdek, xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonlarida ishtirok etish;
o‘quv mashg‘ulotlar va ta’Iim faoliyati boshqa turlarining jadvalini tuzish, ishda vaqtinchalik bo‘lmagan o‘qituvchilarning dars soatlari o‘z vaqtida almashtirilishini, qoldirilgan va boshqa o‘qituvchi o‘rniga o‘tilgan darslarni qayd etish jurnalini yuritilishini ta’minlash;
o‘quvchilarni belgilangan me’yorlar asosida bitta sinfga jamlash, ya’ni sinflar komplektini shakllantirish; umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi asosida dars soatlari setkasini (sinflar soni, sinf komplektidagi o‘quvchilar soni va tegishli mutaxassislik bo‘yicha o‘qituvchilar mavjudligini inobatga olgan holda barcha fanlar bo‘yicha shakllantirilgan jami dars soatlarini) tayyorlash; boshqa umumta’lim muassasalaridan kelgan va ketgan o‘quvchilarni ta’Iim muassasasi direktori buyrug‘i asosida o‘quvchilar ro‘yxatiga (sanoqqa) kiritish yoki chiqarish;
muassasaning yillik ish rejasini ishlab chiqishda ishtirok etish va fanlar bo‘yicha metodbirlashma yig‘ilishlarini o‘tkazilishini nazorat qilish; o‘qituvchilar tomonidan namunaviy darslami tashkil etilishini ta’minlash; umumiy o‘rta ta’Iim maktabi direktori vaqtincha ishda bo‘lmagan hollarda pedagogik kengashni o‘tkazish; o‘qituvchi va xodimlarni rag‘batlantirish, ularga oylik ustamalar belgilash va mukofotlash, moddiy yordam berishda ishtirok etish;
psixologlar va o‘qituvchilaming maktab yoshidagi bolalarni ta’limga jalb etish, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va bitiruvchilarni OTM ga tayyorlash ishlariga rahbarlik qilish; ta’Iim samaradorligi bo‘yicha ichki nazoratni tashkil etish bo‘yicha metodbirlashmalar faoliyatini nazorat qilish; pedagoglar va o‘quv-tarbiya xodimlari tarkibining ish vaqtini hisobga olish tabelini yuritish; muassasada avgust kengashlarini tashkil etish, fanlar bo‘yicha metodbirlashma yig‘ilishlarini o‘tkazilishini nazorat qilish; pedagogik kengash, o‘quv-seminar, ochiq darslarda ishtirok etish;
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat qilish; ta’Iim muassasa obro‘si va sha’niga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish; ta’Iim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish; foydalanish uchun o‘ziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda o‘zi ish olib boradigan xonada yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini ta’minlash; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarning ixtisoslashtirilgan fanlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozim majburiyatlari.
O‘quvchilarning davlat ta’lim standartlari talablaridan oshadigan chuqur ta’lim tayyorgarligini ta’minlash; o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va faollashtirish; har bir o‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil tadqiqotchilik faoliyati ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish;
ixtisoslashtirilgan sinflarda pedagog xodimlar tomonidan o‘tkazilayotgan darslar, turli tadbirlarda ishtirok etish, tahlil qilish va tahlil natijalarini pedagoglarga o4z vaqtida yetkazish va metodik yordam ko‘rsatish; har chorak yakuniga ko‘ra ixtisoslatirilgan sinflarda ixtisoslik fanlaridan o‘quvchilar bilimini nazorat qilish maqsadida monitoring tadbirlari o‘tkazish va tahlil natijalarini ishlab chiqarish va pedagogik kengash muhokamasiga kiritish; o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra, o‘quvchilar bilimida aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil etilishini ta’minlash; vazirlik tomonidan belgilangan kvota asosida barcha xohlovchilarning tanlovda ishtirokini ta’minlash maqsadida OAVlariga e’lon berish; maktabning 4 sinf ota-onalarini xabardor qilish.
Ota-onalardan tushgan arizalarni ruyxatga olish va imtixon kunlari haqida ota-onalarni ogohlantirish; vazirlik tomonidan tasdiqlangan tanlov saralash-testlariga belgilangan muddatda o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlagan xolda ishtirokini ta’minlash; o‘tkazilgan saralash - testlari natijalarini ota-onalarga yetkazish; saralash test natijalariga ko‘ra yuqori ball to4plagan o‘quvchilardan kvota asosida ixtisoslashgan sinflar tashkillashtirish va buyruq rasmiylashtirilishini ta’minlash.
Ixtisoslashgan sinflarda dars olib borayotgan o‘qituvchilar tomonidan sinf jurnalining (elektron jurnal joriy etilgan muassasalarda elektron jurnalning) muntazam yuritilib borilishini nazorat qilish; ixtisoslashgan sinflar bo‘yicha bayonnomalar daftarlarini yuritish; ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat qilish; ta’lim muassasa obro‘si va sha’niga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish; ta’lim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish; foydalanish uchun o‘ziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda o‘zi ish olib boradigan xonada yong4in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini ta’minlash; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘quvchilarning o‘z-o‘zini idora qilish organlari faoliyatida qatnashuvi ularning ijtimoiy faollik sifatlarini shakllantirishning ta’sirchan vositasidir. Bu bolalar va o‘smirlarning fuqarolik, demokratiya borasidagi tushunchalarini kengaytiradi, o‘z-o‘zini idora qilish – tashabbuskorlik va mustaqillik maktabidir.
O‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqaruvi o‘quvchilar tomonidan fan va mashg’ulotlarning to‘liq o‘zlashtirilishiga, biror kasb o‘rganishiga, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalanishiga, Vatan himoyachisi bo‘lishiga maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarda, Davlat, jamoat mulkini ko‘z qorachig’iday asrashga, tabiatni muhofaza etishga ko‘maklashadi. O‘z-o‘zini boshqarish o‘quvchilarni mustaqil hayotga, turmush va jamiyatga mos qilib tarbiyalash, ta’lim muassasasida ma’naviy muhitni saqlash ma’muriyatga qo‘shimcha ta’lim olish uchun o‘quvchilar talabnomasini shakllantirishda ko‘maklashadi.
O‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqaruvi a’zolari maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan barcha tadbirlarda, tanlovlarda, xonalarni jihozlashda faol ishtirok etadilar. O‘quvchilarda boshqaruvchanlikka yo‘naltirish tashkilotchilik ko‘nikmalarini tarbiyalaydi, umumiy g’oyalari bilan ahil, jipslashgan o‘quvchilar jamoasini tuzadi. O‘quvchilar o‘z-o‘zini idora qilish tizimi maktab o‘quvchilari (jamoasi) tomonidan o‘zining faoliyatida demokratik faoliyat tarzlarini chuqur o‘zlashtirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Bu to‘g’ri taqsimlash, ijro ustidan hisobot va nazoratni yo‘lga qo‘yish, harakatlar, tashabbuskorlikning uyg’unligini ta’minlash, musobaqalar uyushtirish, o‘z zimmasiga ma’suliyat olish kabi ko‘nikmalardan iborat.
Tarbiyalanuvchilar davrimiz kishisi uchun zarur bo‘lgan qator axloqiy sifatlarni, chunonchi, jamoat ishiga va unga qo‘shadigan ulushi uchun shaxsiy mashuliyat, jamoa manfaatlariga sodiqlik, o‘zaro munosabatlarning qathiylik, talabchanlik, jamoat tashabbusini qo‘llab-quvvatlash kabi sifatlarni egallaydi. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining o‘z faoliyati jarayonida boshlang’ich sinf o‘qituvchilariga:
-metodik yordam berish, o‘zaro darsga kirish;
-dras mashg’ulotlarini pedagogik tahlil etish;
-yosh pedagoglarga nazariy va amaliy pedagogik, va metodik yordam berish;
- ota-onalar bilan ishlash va majlislarini tashkil etish va didaktik talablar;
-ota-onalarga pedagogik yordam ko‘rsatishda nazariy va amaliy yordam ko‘rsatiladi.8. Darsdan tashqari ta’lim muassasalarida iqtidor­li shaxslar va iste’dodli yoshlarni o‘ziga xos psixologik jihatlarini va fazilatlarini hisobga olib turli to‘garaklarga jalb etish «Respublika iste’dod marka­zi» xodimlari bilan hamkorlikda va ularning ilmiy­ amaliy tajribalaridan foydalangan holda iste’dod­larin aniqlashga muljallangan texnologik diagnostik tadbirlar asosida amalga oshiriladi.
Darsdan tashqari ta’lim muassasalarida quyida­gi tadbirlar ishlab chiqiladi: -iqtidorli shaxslar va iste’dodli yoshlarni chet el­larda kasbiy jihatdan tayyorgarlikdan o‘tkazishga qara­tilgan turli tadbirlarni amalga oshirish;-«Yoshlar ittifoqi», “Mahalla», «Ulug‘bek» , «Oltin meros», «Umid» , «Ustoz» kabi jamg‘armalar bilan hamkorlikda ish olib borish;
--o‘quv bilim yurtlaridan tashqari ta’lim muassasalarida yoshlar iste’dodi va iqtidorini namoyon qilishga doir shart sharoitlar yaratib berish;
-ularning qiziqishini inobatga olgan holda fan­lar bo‘yicha olim’iadalar, tanlovlar, kurgazmalar, tur­li bayramlar,o‘quvchilar ijodkorligi kabi tadbirlarni o‘tkazish. O‘z-o‘zini tarbiyalash o‘z ustida ongli va rejali ish olib borish, jamiyat va rivojlanish shaxsiy dasturi talablarga javob beruvchi xususiyat va sifatlarni shakllantirishga yo‘natirilgandir. O‘z-o‘zini tarbiyalash tarbiya jarayonida shakllanadi. O‘z-o‘zini tarbiyalash shaxsining o‘z-o‘zini anglashdan boshlanadi. Buning uchun quyidagi usullar qo‘llaniladi. Ular 1-guruhga tegishli:-o‘z-o‘zini kuzatish ; -taqqoslash; -o‘z-o‘zini taxlil qilish; -empatiya; o‘z-o‘zini baholash. Bu usullarning barchasi o‘z-o‘zini anglash saviyasini o‘stirishni maromlashtiradi. Bu besh usul yordamida shaxsni o‘z-o‘zini baholashi amalga oshiriladi. Qolgan usullar o‘z-o‘zini tarbiyalash uchun qo‘llaniladi:
O‘z-o‘ini tanqid qilish, o‘z-o‘ziga majburiyat yuklash, o‘z-o‘zini boshqarish;

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling