1 mavzu: tarbiya jarayoniga innovatsoin yondashuv. Reja


Download 5 Mb.
bet14/57
Sana12.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1700897
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57
Pedagogik menejment - faoliyat tizimi - quyidagi tarkibiy va funktsional komponentlar va tizimni tashkil etuvchi omillarni o‘z ichiga oladi:
• faoliyat maqsadi (rejalashtirilgan, kutilayotgan natija);
• faoliyat sub’yekti (direktor, uning o‘rinbosarlari, o‘qituvchilar, o‘quvchilar, talabalar va boshqalar);
• faoliyat ob’yekti - rahbarning buyruqlarini bajaruvchi (o‘quvchi, talaba, o‘qituvchi, direktor o‘rinbosari va boshqalar);
• faoliyat mazmuni (o‘quv, boshqaruv va boshqa ma’lumotlar);
• faoliyat usullari (o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning usullari va uslubi va boshqalar).
Ta’lim jarayonini boshqarish (pedagogik boshqaruvning tarkibiy qismi sifatida) - bu rahbarning professor-o‘qituvchilar jamoasi va talabalarga ularning faoliyatini dalillarga asoslangan rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish orqali maqsadli ta’siridir. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari murakkab dinamik ijtimoiy tizim sifatida maktab ichidagi boshqaruv obyekti sifatida ishlaydi. Umumta’lim maktablarining yanada umumiy tizimining quyi tizimlari bo‘lgan maktabni va uning alohida tarkibiy qismlarini boshqarish haqida gapirish mumkin. Bunday quyi tizimlar yaxlit pedagogik jarayon, sinf tizimi, maktabning tarbiyaviy ish tizimi, o‘quvchilarni estetik tarbiyalash tizimi, kasbga yo‘naltirish tizimi va boshqalardir.
Maktab boshqaruvidagi ta’sir falsafasi o‘zaro ta’sir, hamkorlik va refleksli boshqaruv falsafasi bilan almashtiriladi. Shuningdek, yangilik sifatida quyida Ixtisoslashgan raqobat afzalliklarini ko‘rib o‘tish mumkin. Маsalan maktablarning ixsoslashishi ularning nufuzi bilan bog’liq. Qorako‘ldagi Xalqaro matematika maktabi o‘quvchilarining nostandart jarayonlarda ham o‘z intelekti bilan javob bera olishi; ifone mobil aloqa vositasining ekran oynasi Xitoyning BOE Technology Group kompaniyasi ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi va dunyoda liderlardan hisoblanadi.
Raqobat strategiyasi, birinchi marta “raqobat strategiyasi” (concurrent strategy) termini АQSHlik iqtisodchi Maykl Porterqo‘llagan. Uning ta’rificha (raqobat strategiyasi)ning raqobatbardosh harakatlar strategiyasi) uzoq muddatda raqobatbardoshlikka erishish va uni saqlab qolish uchun kompaniya rahbariyati foydalanadigan barqaror xatti-harakatlar modeli va qoidalar va ustivorliklar to‘plamidir.
Raqobat strategiyasi shakllatirishning ikkita yondashuvi mavjud: bozorga yo‘naltirilgan, resurslarga yo‘naltirilganlikdir. N.Q.Yo‘ldashev, M.M.Azlarova, G.Y.Xo‘djamuratovalar raqobat kurashidastrategiyalarni ishlab chiqarishni marketing vazifalarini echishga xizmat qilishini ta’kidlaydilar. Та’lim xizmatlarida manfaatdor tomonlar o‘rtasida hamkorlik qilish uchun barcha zarur shart-sharoitlar mavjud.
Menejment g‘oyalarini tushunish, ularni maktab muammolari sohasiga o‘tkazish mustaqil yo‘nalish - maktab ichidagi boshqaruvni rivojlantirish uchun asos yaratadi. Pedagogik tahlil, maqsadni belgilash va rejalashtirish, tashkil etish, nazorat qilish, tartibga solish va tuzatish, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan harakatlar yoki funktsiyalar zanjiri sifatida shakllanadi. Menejment-bu odamlarning o‘zaro ta’siriga, ularning harakatlarini muvofiqlashtirishga asoslangan qarorlar ishlab chiqish, tashkil etish, nazorat qilishga qaratilgan maqsadlarga erishish faoliyatidir. Bozor boshqaruvining umumiy qonunlari:
1. Boshqaruvda ixtisoslanish vaintegratsiya qonuni.
2. Boshqaruvni zaruriy va etarli markazlashtirish qonuni
3. Boshqaruvni demokratizatsiyalash qonuni.
4. Vaqt qonuni (vaqtni tejash).

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling