Boshqaruvni integratsiya qonuni. Differentsiya integratsiyasiz bo`lmaydi. Integratsiya zarurati ishlab chiqarish va boshqaruvning talabi bilan belgilanadi. Boshqaruvda integratsiya o`zining quyidagi namoyon bo`ladi:
1.Maqsad menejmentning integratsion omili sifatida. Maqsad barcha odamlarni mehnat jarayonida birlashtiradi. 2. Boshqaruv mexanizmi muvozanatlashtirilgan usul va boshqaruv jarayoni. 3. Tarkibiy bo`limlar va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish. Malakali menejment har xil turdagi faoliyatlarni ishlab chiqarishni samarali boshqaruvini ta`minlaydi.
4.Axborot ta`minoti-bu boshqaruv bo`linmalar orasidagi aloqalar bo`g’inidir. Menejmentdagi integratsiya jarayonini belgilovchi omillarga yana uning ijtimoiy-psixologik va ijtimoiy-iqtisodiy qismlari kiradi:
1. Mikroiqlim va korporativ madaniyati (ushbu jamoadagi qadriyatlar tizimi) korxona, firmada ishlovchilarni birlashtiradi va mehnatdagi faolligini oshiradi.
2. Boshqaruv apparatini infratuzilmasi (ya`ni ijtimoiy-maishiy sharoitlar va ob`ektlar). Firma rahbariyati zaruriy diqqat ehtiborni qaratsa o`ta quvvatli integratsion omil hisoblanadi, infratuzilmani yomon tashkil qilsa boshqaruv pasayadi.
Integratsiya -bu tizim taraqqiyotini belgilovchidir. Boshqaruvda integratsiya qonuni kibernetika kaba hukm suradi. Tizim har xil holatda bo`lishi mumkin. Integratsiya taraqqiyot jarayonida yangi holatga o`tishga harakat qiladi, ammo ma`lum chegara mavjud, undan keyin disintegratsiya qonuni boshlanishi mumkin. Agar menejment pasayish belgilarini o`z vaqtida sezmay qolsa barcha samarali ishlayotgan firmalar, korporatsiyalar yomon ahvolga tushib qolishi mumkin.
Boshqaruvni zaruriy va etarli markazlashtirish qonuni-ob`ektiv ravishda boshqaruv tizimi markazlashgan shaklga ega.Masalan, nerv tizimi ishlashi uchun boshqaruv markaz - miya zarur. Menejmentning miya markazi bo`lib, ma’muriy majlis, bosh direktor, firma, korporatsiya rahbari hisoblanadi. Rahbarlik vakolatining ko`p qismini muhim qarorlar qabul qilish maqsadida o`zida qoldirilgan tashkilot markazlashtirilgan deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |