1 mavzu: tarbiya jarayoniga innovatsoin yondashuv. Reja
Bola shaxsini o‘rganish, tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish usullarini yangilash
Download 5 Mb.
|
2. Bola shaxsini o‘rganish, tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish usullarini yangilash.
Boshlang’ich sinf o‘quvchisining shaxsini o‘rganish o‘ziga xos ahamiyatga ega. Bolani o‘rganishda uning muhitga sekin yoki tez moslashuvhaligi, diqqatining baqaror yoki beqarorligi, sezgi va xotiralaridagi farqi, jismoniy va aqliy rivojlanganlik darajasi bilan ham farq qiladi. Shaxs rivojlanishi irsiyat, muhit, tarbiya kabi ko‘plab omillarga bog’liqdir. Bolaga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishda uning individualligi alohida ahamiyatga ega. Tarbiyaviy ta’sir jarayoni, boshqa jarayonlar kabi, dialektik xarakterga ega. Bola o‘zini o‘rab turgan borliq dunyo bilan turli munosabatlarga kirishadi. Real tarbiya jarayonida ushbu holat tarbiyachiga ixcham-egiluvchanlik, harakatchanlik, o‘zgaruvchanlik, tezkorlikni aytib turadi. Hech qaysi tarbiya tizimi doimiy emas, chunki bola turli ijtimoiy munosabatlarga, aloqalarga kirishar ekan, o‘zi ham o‘zgarib boradi, tarbiya jarayonining ijtimoiy funktsiyasi ham ortib va murakkablashib boradi, shu bilan birga rivojlanishda bo‘lgan yosh avlodga talablar ham ortib boradi.
Tarbiyada o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi ham hisobga olinadi. Tarbiya jarayoni – o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir-birini to‘ldoiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi g’oyalar alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, oila, ta’lim muassasalari, jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o‘tkazilishiga erishish tarbiyaviy ta’sir etishning alohida shaklidir. Tarbiyachi bola shaxsining o‘quvchilik yillarida uning ongiga turli faoliyat (o‘qish, mehnat, ijtimoiy ishlar, o‘yin, sport, badiiy havaskorlik) yordami bilan maxsus ta’sir etish muhimdir. O‘qitish insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi muayyan jihatlarining maxsus tayyorlangan shaxs rahbarligida (o‘qituvchi, tarbiyachi, professor, instruktor rahbarligida) o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi jarayoni, ma'rifiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funksiyalarini uzviy birlikda bajarish jarayondir. Tarbiyaviy ta’sirlardan biri, bolalarda musiqiy didini shakllantirish, san'at durdonalarini tushintirish, qiziqtirish ahamiyatli hisoblanadi. Ta’lim to‘g’risidagi Qonunning “Pedagog xodimlarning majburiyatlari” Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling