1 mavzu: tarbiya jarayoniga innovatsoin yondashuv. Reja


Та’lim jarayonida integratsiyalashgan darslarni tashkil etish


Download 5 Mb.
bet23/57
Sana12.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1700897
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57
2. Та’lim jarayonida integratsiyalashgan darslarni tashkil etish.
Ta’lim innovatsiyalari - ta’lim sohasi yoki o‘quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondoshuv asosida echish maqsadida qo‘llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar hisoblanadi.
XXI asrda jahonda taʼlim tizimining rivojlanish tendensiyalari intellektual rivojlangan, raqobatbardosh komil insonni tarbiyalash - eng asosiy, kechiktirib bo‘lmaydigan muhim vazifalardan biri ekanligini ko‘rsatmoqda. Har qanday mamlakatning kuch-qudrati uning intellektual salohiyati bilan belgilanadi. Bu esa bevosita taʼlim sifatiga bog‘liq. Har qanday vosita maʼlum vaqtdan so‘ng maʼnan eskiradi. Shu bois taʼlim natijalarini baholashning eng ilg‘or usullarini qo‘llashda PIRLS tajribasi bizga qo‘l keladi.
PIRLS xalqaro ekspertlar hamjamiyati tomonidan endi taʼlimga qadam qo‘ygan o‘quvchilar o‘qish savodxonligini tekshirishning dunyo miqyosida tan olingan dasturi hisoblanadi. Bu xususida Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoev: “...taʼlimning barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga to‘liq javob beradigan tizimni, axborot texnologiyalari joriy etilishi shart”, deb taʼkidlaydilar. O‘qish savodxonligini tadqiq etishda ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasining (IEA) PIRLS tadqiqoti (Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qib tushunish darajasini baholash xalqaro tadqiqoti) mazkur assotsiatsiyaning 1991-yildagi o‘qish savodxonligini tadqiq etish dasturiga qo‘shimcha holda 2001-yildan joriy etila boshlandi.
Xalqaro YuNISEF taʼlim sohasi vakillari mamlakatimiz 4-sinf o‘quvchilari taʼlim sifatini oshirish masalasi yuzasidan saylanma nazorat ishlarini amalga oshiridilar. 4-sinflarda o‘tkazilgan tajribalar o‘quvchilarning 42,9% o‘qiganlarini tushunishlari aniqlash imkonini berdi. Ushbu holat boshqa mamlakatlar bilan taqqoslaganda bir qator nomuvofiqlar, tafovutlarning mavjudligini ko‘rsatib berdi.
PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma’lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o‘qish va o‘qitishni yaxshilashda ta’lim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan tahlillarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturi hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda PIRLS ta’rifiga ko‘ra, o‘qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma’no hosil qila olish qobiliyati hamdir. Tadqiqot doirasida asosiy e’tibor tushunishni namoyon qilishdan o‘zlashtirilgan ma’lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qo‘llay olish qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilmoqda.[3].
Har besh yilda o‘tkaziladigan ushbu xalqaro tadqiqot bolaning mustaqil inson sifatida rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etib, boshlang‘ich ta’limda tahsil olayotgan o‘quvchilarning o‘qib tushunish ko‘nikmalarini xalqaro miqyosda baholaydi. Odatda, ushbu rivojlanish davrida o‘quvchilar o‘qish ko‘nikmasini hosil qilgan bo‘lib, endi bu ko‘nikmadan boshqa fanlarni o‘rganishda foydalanayotgan bo‘ladi.
2016- 2021 yilgi PIRLS xalqaro 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qib tushunish malakalarini baholash sinovalariga dunyoning 50 mamlakati qatnashdi. Har bir davlat boshlang‘ich darajada matnni tushunishdan tortib mukammal darajada tushunish borasida turli ko‘rsatkichlarni ko‘rsatdi. Interaktiv o‘qitish samarasining uchunchi sharti mualimning shaxsiy yo‘nalishi bilan bog’liq. O‘yin mashg’ulotlari tenglovchilarni komanda ahzolari o‘rtasida yuzaga keladigan holatlarga va ularning emotsional reaktsiyasiga nisbatan sezgirligani oshiradi. O‘yin orqali o‘qitish jarayonida tinglovchilarda o‘zini anglash va boshqalarga yoqish extiyojni rivojlanadi.
Innovatsion texnologiyalarni o‘qish – o‘rganish butun pedagogik jamoani jalb qilish orqali amalga oshirish yaxshi samara beradi.

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling