1 mavzu: tarbiya jarayoniga innovatsoin yondashuv. Reja


Download 5 Mb.
bet4/57
Sana12.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1700897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Kompetentli yondashuv - o‘quvchidan alohida-alohida bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni emas, balki ularni yaxlitlikda egallashni talab etadi. Mazkur talab bilan bog'liqlikda o‘z navbatida o‘qitish metodlarini tanlash tizimi ham o‘zgarishga uchraydi.
O‘qitish metodlarini tanlash va amaliyotda qo‘llash o‘z navbatida ta’lim jarayonida qo‘yiladigan talablarga muvofiq keladigan kompetensiya va funksiyalarni takomillashtirishni talab etadi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, kompetent yondashuv umumiy o‘rta ta’limni modernizatsiyalash nuqtai nazaridan yangi pedagogik voqelik hisoblanadi. Ushbu yondashuv doirasida amaliy faoliyat tajribasi, kompetensiya va kompetentlikni didaktik birliklar sifatida ko‘rib chiqish hamda ta’limning an’anaviy uch elementi (triada) - «Bilim - Ko‘nikma - Malaka»ni oltita birlik (sikstet) - «Bilim - Ko‘nikma - Malaka - Amaliy faoliyat tajribasi - Kompetensiya - Kompetentlik» tarzida tahlil etilishi talab etiladi.
Umumiy o‘rta ta’limda kompetent yondashuvni tatbiq etish haqida gap ketganda, kasbiy ta’limdan farqli ravishda «umumta’limiy kompetensiya» tushunchasini ta’lim amaliyotiga tatbiq etish maqsadga muvofiqdir. Chunki umumta’lim maktabi o‘quvchisi hali ma’lum bir kompetensiyani o‘zida to‘liq aks ettira olmasa ham, uning ayrim komponentlarini amalga oshirishga qodirdir.
Umumta’limiy kompetensiya shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatli produktiv faoliyatni amalga oshirish zarur bo‘lgan real voqelikning aniq belgilangan obyektlariga munosabatini taqozo etuvchi o‘quvchining semantik (ma’no-mazmun) yo‘nalganligi, bilim, ko‘nikma va malakalari hamda faoliyat tajribalari majmuida aks etuvchi ta’limiy tayyorgarlikka qo‘yiladigan talabdir.
Aqliy qobiliyatlar - bu yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish osonligi va tezligini, ulardan turli muammolarni hal qilishda foydalanish imkoniyatlarini aniqlaydigan psixologik мazifadir. Bolaning aqliy rivojlanishi ijtimoiy muhit ta'siri ostida amalga oshiriladi. Tarbiya jarayoniga innovatsoin yondashuv bevosita o‘qituvchi rahbarligida tizimli amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.
Tarbiyviy ta’sir etishda bolaning qiziqishlari ahamiytalidir. O‘qituvchilar bolaga ta’sir usullaridan biri ART pedagogika deb hisoblash mumkin. Ayniqsa bu yoshda ko‘plab bolalar musiqa orqaliham ta’sir etish mumkin. Musiqiy idrokni va didni tarbiyalash, musiqiy qobiliyatlami rivojlantirish doimo aqliy va axloqiy tarbiya bilan o‘zaro ta'sirda bo‘ladi. Masalan musiqa to‘garagi orqali oʻquvchilar tadbirlarda, qoʻshiqlar, raqslar ijro etib, maktab jamoasi oldida e'tibor qozonib, tuman, shahar, respublika koʻrik-tanlovlarida qatnashadilar. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda oʻqituvchi oʻz imkoniyatlariga qarab turli toʻgaraklar tuzish mumkin:
1. Xor, ashula va raqs ansambllari, vokal ansambllari, cholgʻular ansambli (dutorchilar, rubobchilar, doirachilar, changchilar);
2. Orkestrlar (damli cholgʻular, xalq cholgʻulari orkestri);
3. Yakkaxon qoʻshiqlar, cholgʻu ijrochiligida musiqa, an'anaviy xonandalik;
Maktabdan tashqari musiqiy tarbiya shakliga bolalar musiqa maktablari, bolalar ijodiyot markazlari, bolalar teatrlari, muzeylar kiradi. Ushbu muassasalarga qatnashadigan bolalar ham oʻqituvchi nazoratida boʻlib, maktab hayotiga, ularning faol qatnashuvlarini ta'minlanishhi lozim.
Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining ommaviy shaklida bolalarni musiqiy o‘quvini tekshiruvidan oʻtkazmay, yalpi tarzda jalb etishni taqozo etadi. Bu ijodiy uchrashuvlar, teatr va konsertlarga sayohat, qoʻshiq bayramlari, "Musiqa haftaligi", "Oʻzbekiston vatanim manim", "Ilhom chashmasi" koʻrik-tanlovlardan, bastakorlar bilan uchrashuvlar, "zoom" platformasi orqali online mumtoz va chet ellik musiqa namoyondalari bilan uchrashuvlar tashkil etish kiradi.
«Innovatsiya» tushunchasi birinchi marta XIX asrda madaniyatshunoslar o‘rganishlarida paydo buldi va bir madaniyat elementlarini boshqasiga joriy qilish ma’nosini bildirgan. Uning bu ma’nosi hozirgacha etaografiyada saqlanib qolgan.
XX asr boshlarida yangi bilim sohasi-yangiliklarni kiritish, qullash yuzaga keldi. U ma’sulot ishlab chiqarish sohasida texnik yangiliklarni kiritish qonuniyatlarini o‘rgana boshladi. Yangiliklarni kiritish haqidagi fan - innovatika -firmalarning yangi reja, xizmatlarni ishlab chiqish va tatbiq etish faoliyatiga talabalari keskin oshib borishi aks ettirilgan holda paydo bo‘ldi.
1930 yillarda AQSHda «firma innovatsion siyosati», «innovatsion jarayon» atamalari paydo buldi. 60-70 yillarda g’arbda firmalar va boshqa korxonalar amalga oshirilayotgan yangiliklarni empirik tekshirishlar keng quloch yoyadi. Shu bilan birga diqqat ikki asosiy tekshirishlar sohasiga qaratiladi, ularning har birida o‘z nazariy - metodologik madaniyati ustun turadi. Tekshirishlar dasturi sifatida “qaror qabul qilish jarayoni” kontseptsiyasi hisoblanib, bunda alg’ternativalarni tanlash va analiz qilish qabul qilingan qarorlarni ketma-ket bosqichlar bilan amalga oshirishga o‘tiladi.

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling