1-Mavzu: Tarbiya va ijtimoiy tarbiya. Ijtimoiyilashuv mexanizmlari. Reja
Download 73.43 Kb.
|
1-mavzu (1)
Ijtimoiy pеdagogika - shaxsni ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o’rganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pеdagogik faoliyatning samarali usullari tеxnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo’llashga qaratilgan pеdagogika sohasi..
Pеdagogikaning ham, ijtimoiy pеdagogikaning ham obyеkti- bu bola, biroq o’rganish prеdmеtlari turlicha. Pеdagogikaning o’rganish prеdmеti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblanadi, Ijtimoiy pеdagogikaning prеdmеti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlari hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya- bu bolalarning ijtimoiylashuvi va bolalarga ijtimoiy ta'lim va ijtimoiy tarbiya berish qonuniyatlarini o`rganuvchi pedagogika fanining tarmog`idir. Ya'ni tarbiya- bu nafaqat o`quv muassasalari balki butun jamoatchilik, jamiyatning barcha jabhalarida o`z ko`rinishiga ega. Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya. Yurtimiz mustaqillikka erishgach, o`zining mustaqil taraqqiyot yo`lini belgilab oldi. Bu yo`l jamiyatimizning kelajagini o`z qo`llariga oluvchi - yoshlarga beriladigan ta'lim-tarbiya asosida belgilandi. Shu nuqtai nazardan 1997 yili 29 avgustda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta'lim to`g`risida”gi qonun qabul qilinib, unda kadrlar tayyorlashning milliy modeli yaratildi. Mazkur modelda ShAXS bosh va markaziy o`rinni egallab, modelning qolgan qismlari shaxs manfaatlari uchun xizmat qiladi. Ayniqsa uzluksiz ta'lim tizimi individ dunyoga kelgandan boshlab to maktabdan tashqari ta'lim muassasalaridagi “masofani” qamrab oladi. Ta'lim-tarbiya muassalari o`z vazifalarini amalga oshiraverishi mumkin, ammo hayot qarama-qarshilik va ziddiyatlardan iborat. Yoshlar, qolaversa jamiyatning barcha a'zolari ushbu ziddiyatlarni yengib, ulardan to`g`ri xulosa chiqara oladilarmi! Demak, ta'lim-tarbiya muassasalaridan tashqari tarbiyaviy ta'sirlar, ya'ni kundalik ijtimoiy voqeliklarning shaxsga ko`rsatayotgan ta'siri, ularni ijtimoiy pedagogik, ilmiy, nazariy va amaliy o`rganish, pedagogikada shu kunga qadar yetarlicha e'tibor berilmagan ijtimoiy pedagogikaga zaruratni vujudga keltirmoqda. Kursning nomidan ham ko`rinib turganidek, ijtimoiy hayotning turli jabhalari shaxsga, ayniqsa yoshlarga, albatta o`z ta'sirini ko`rsatadi. Bunga misol tariqasida quyidagilarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin: Download 73.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling