1-Mavzu: tarbiyaning turlari qonuniyatlari, prinsiplari va metodlari. Oquvchilarni ma`naviy axloqiy tarbiyasi quyidagi amaliy ishlarni bajaring
Download 74.99 Kb.
|
1-амалий
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar
Muammoni yeching!
Siz rahbarlik qiladigan sinfda ikkita o’g`il bolaning xaddi-harakatlari, tartib-intizomi sinf jamoasiga ham sizga ham yoqmaydi. Chunki sinf sha’niga dog` tushirishga ulgurishgan. Lekin har ikkalasining otasi siz o’tkazadigan tadbirlarning homiyligiga rahnamolik qilib turishadi. Siz bu muammoni qanday yechgan bo’lar edingiz. Xulosa Pedagogika fani va amaliyoti har doim rivojlanib boradi, shuning uchun tarbiya jarayoni ham, uning qoida va usullari ham takomillashib boraveradi. Tarbiyaning samarasi bu qoida va usullarning to’g`ri qo’llanishiga, bu vosita va usullar muayyan ijtimoiy guruhda tarbiya tizimidan qanchalik o’rin olganiga, ularning tarbiya vazifalari va maqsadlariga qanchalik javob berishiga bog`liqdir. Savol va topshiriqlar 1. Mamlakatimizda shaxsning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilayotganligini hayotiy misollar bilan asoslab bering. 2. Tarbiyada namuna, ibrat metodining ahamiyatini yoriting. 3. Rag’batlantirish va jazolashga qanday talablar qo’yiladi? 4. Muammoli pedagogik vaziyatlarni yeching Dars boshlanishidan oldin o’qituvchi yerda g’ijimlangan qog’oz parchasi yotganini ko’rib, bir o’quvchiga «qog’ozni ol», deb murojaat qildi. O’sha o’quvchi sekin partadan turib «men tashlamaganman, nega olarkanman» deb, yana joyiga o’tirdi. O’qituvchi nima qilishi kerak? Sinfning ta’sirlanishi qanday bo’ladi va bu nimaga bog’liq? O’qituvchi o’zini-o’zi darsdan chiqarib yuborgan holni eshitganmisiz? Bunga quyidagi voqea sabab bo’lgan edi: o’qituvchi dars o’tish uchun sinfga kirsa, tanaffusda navbatchilar sinfni darsga tayyorlamagan, doska o’chirilmagan, latta yo’q, bo’r yo’q. O’qituvchi : «Shunday oddiy masalani hal qila olmagan yomon o’qituvchi dars o’tishi mumkin emas»,- deb sinfdan chiqib o’qituvchilar xonasiga ketdi. Uch minutdan keyin esa sinf o’quvchilaridan vakillar borib, o’qituvchidan kechirim so’rab, uni sinfga qaytishini iltimos qilishdi. Vaziyatni tahlil qiling. O’qituvchi to’g’ri yo’l tutdimi? O’quvchilarda ongli intizomni tarbiyalash usullari qaysi hollarda samara beradi? 11, Абдулла Авлоний. Туркий гулистон ёҳуд ахлоқ. – Тошкент, Ўқитувчи, 1992. Download 74.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling