1-mavzu. Tarix o‘qitish metodikasining predmeti, maqsadi va vazifalari. Tarix darsi, tuzilishi, uning turlari va zamonaviy talablar Reja


mustaqil tekshirish predmetiga ega. O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix


Download 162.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana11.01.2023
Hajmi162.43 Kb.
#1089588
1   2   3   4
Bog'liq
1- маъруза (2)

mustaqil tekshirish predmetiga ega. O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix 
fanining o’qitilishi va o’qitish jarayonining o’rganilishi tarix o’qitish metodikasining 
predmetini tashkil etadi. O’qitish jarayonining ob'ektiv suratda amal qiladigan o’z qonuniyatlari 
bor. Ularni bilib olish va ta'lim-tarbiya jarayonida bu qonuniyatlarga amal qilish, ulardan oqilona 
foydalanish o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix o’qitishni ilmiy asosda olib 
borishning muhim shartidir. Tarix o’qitish metodikasi tadqiq etadigan, talabalarning puxta va 
mukammal bilim olishi va amalda suyanishi kerak bo’lgan tarix o’qitishning umumiy 
qonuniyatlari nimalardan iboruat va lar ta'lim jarrayonida qanday namoyon bo’ladi?
Tarix o’qitish jarayonining tarkibiy qismlari va ular o’rtasidagi aloqalar
Tarix o’qitish jarayonining tarkibiy qismlari (maqsadi, mazmuni, o’qitishning metod va 
usullari, natijalari) o’rtasidagi qonuniyatli aloqalar quyidagicha namoyon bo’ladi: o’rta ta'lim va 
o’rta maxsus ta'lim tizimida maqsadi, ta'lim-tarbiya vazifalarining muvaffaqiyatli amalga 
oshirilishi o’qitishning mazmuniga, g’oyaviy-siyosiy va nazariy jihatdan pishiq bo’lishiga bog’liq 
bo’lganidek, o’quvchilarning tarix kursini o’zlashtirish darajasi ham o’z navbatida o’qitishning 
o’rganiladigan mavzuning maqsadi, ta'lim-tarbiya vazifalari va mazmuniga mos keladigan ta'lim 
shakllari, o’qitish metod va usullari hamda vositalaridan qay darajada maqsadga muvofiq 
foydalana bilishiga bog’liqdir.
Shuningdek, o’qitishning natijalari ham o’qituvchining o’qitishdan ko’zlangan maqsadni, 
uning ta'lim-tarbiyaviy vazifalarini aniq belgilay olishiga, kursning mazmuniga mos tarzda amalga 
oshirishga yordam bera oladigan metod va usulllardan ilmiy asosda foydalana bilishiga bog’liqdir. 
Tarix o’qitish jarayoning tarkibiy qismlari o’rtasidagi bu o’zaro dialektik bog’lanish natijasida ular 
bir-biriga uzluksiz ta'sir ko’rsatib boradi. Tarix o’qitishda ana shu qonuniyatlarga suyanmasdan, 
ularni e'tiborga olmasdan turib yaxshi natijaga erishib bo’lmaydi. 
Prof P.V.Gora tarix o’qitish metodikasi programmasi va lektsiya kursining ilmiy asoslariga 
bag’ishlangan ma'ruzasida o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix ta'limi jarayonining 
umumiy qonuniyatlarini quyidagi sxemada ifodalab, ularning har qaysisiga izoh beradi.

Download 162.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling