1 mavzu temir yo‘l transportida moliyaviy va boshqaruv tahlili asoslari reja


Boshqaruv tahlili fanining metodi va uning o’ziga xos muhim xususiyatlari


Download 61.46 Kb.
bet2/7
Sana21.07.2023
Hajmi61.46 Kb.
#1661402
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 mavzu temir yo‘l transportida moliyaviy va boshqaruv tahlili a

1.2. Boshqaruv tahlili fanining metodi va uning o’ziga xos muhim xususiyatlari

Tahlil metodining o’ziga xos hususiyatlari bo’lib:


• xo’jalik faoliyatini ifodalovchi ko’pgina ko’rsatkichlar sistemasini qo’llash;
• o’rganilayotgan ko’rsatkichlarning o’zgarish va farq sabablarini to’liq aniqlash;
• iqtisodiy samaradorlikka erishish maqsadida ko’rsatkichlarning bir-biriga bog’liq holda o’rganish va h.k.
Tahlil metodining ta’rifiga ko’ra xo’jalik jarayonlarini o’rganishda dialektik yondashishlik, ya’ni har bir jarayon, iqtisodiy hodisa bor, mavjud va rivojlanishda deb qaraladi. Bu jarayonlar sondan sifat o’zgarishiga va yangi sifatning paydo bo’lishiga, inkorni-inkor qilish, qarama-qarshilik kurashiga, eskining tugashi, yangi-ilg’or jarayonlarning paydo bo’lish hususiyatga ega bo’ladilar.
Moliyaviy va boshqaruv tahlil metodining ta’rifida uning e’tiborli xususiyatlari ham ko’rsatilgan, jumladan, xo’jalik jarayonlari va iqtisodiy voqealarni tahlil qilishda juda ko’plab ko’rsatkichlardan foydalanish kerakligi. Bu ko’rsatkichlar tahlil qilinayotgan iqtisodiy jarayonning mazmuni va hajmiga bog’liq bo’ladi, hatto tahlil natijasida yangi, avval mo’ljallanmagan ko’rsatkichlar ham aniqlanishi mumkin.
O’rganilayotgan xo’jalik jarayonlarining farqlanishi va o’zgarishi sabablari ta’sir ko’rsatgan omillarni hisoblash tahlil metodining yana bir o’ziga xos xususiyatidir. Chunki tahlil qilinayotgan iqtisodiy jarayonlar doimo bir-biri bilan uzviy bog’liq va aloqada bo’ladi, tahlil esa bu bog’liqlik va aloqalarni aniq o’lchash va o’rganish imkoniyatiga ega. Hatto ayrim olingan xo’jalik jarayoni butun bir yakuniy natijaga sezilarli ta’sir ko’rsatadi va o’zgartirib yuborishi ham mumkin. Shuning uchun ham xo’jalik faoliyatining o’zgarishi sabablari, ta’sir etuvchi asosiy va qo’shimcha omillarni aniqlash tahlil metodining muhim hususiyati bo’lib sanaladi3.
Moliyaviy va boshqaruv tahlili metodining yana bitta o’ziga xos tomoni o’rganilayotgan ko’rsatkich va xo’jalik jarayonlari bir-biri bilan o’zaro bog’liqligi va bog’lanishdagina o’lchash, ya’ni mahsulotlar ishlab chiqarish va uni sotish hajmiga ta’sir etuvchi sabablarni o’rganishdir.
Masalan, temir yo’l transporti korxonasida tashish jarayonida uch guruh omillar: ishchi kuchi, mehnat qurollari va harakatlanuvchi tarkiblardan foydalanishlikka bog’liq. O’z navbatida har bir guruh omillari boqlangan unsurlariga bo’linadi. Mehnat kuchidan foydalanish omili son va sifatga ajratiladi. Son omili bu ishchilar soni, sifat esa mehnat unumdorligi (bitta ishchiga ishlab chiqarilgan temir yo’l transporti keltirilgan mahsuloti)ga, ishchining o’rtacha bir yildagi unumdorligi esa bajarilgan bir yillik kishi kunlari, ish vaqtining uzunligi va bitta ishchining bir yilda ishlagan kishi soatiga bog’liq. Bu sanab o’tilgan har bir ko’rsatkich esa yana boshqa sababga bog’liq. O’rtacha bitta ishchining bir yilda ishlagan kishi kunlar sonining hajmi qo’shimcha dam olish, ishga kelmaslik, o’zoq safarga borish, kasalligi va korxona aybi bilan ishlamaslik kabi sabablar ta’sir ko’rsatadi.
Demak, barcha ko’rsatkichlar bir-biri bilan zanjirli bog’lanib ketgan va bu umumiy zanjir, tizimida har bir omilning o’z o’rni va ta’sir ko’rsatish hajmi bor. Tahlil jarayonida e’tiborga olinmagan har bitta ko’rsatkich yoki omil uning natijalarni noaniq bo’lishiga, hatto, iqtisodchilarni noto’g’ri xulosalarga olib kelishi mumkin.
Xulosa qilib ta’kidlash mumkinki, tahlil metodining muhim xususiyati o’rganiladigan iqtisodiy ko’rsatkichni alohida, boshqa omillardan ajratgan holda tahlil qilmaydi, balki ular o’zaro bog’liqlikdaligi e’tiborda tutiladi. Ayrim hollarda o’rganilayotgan ko’rsatkichning o’zgarish sabablari ta’sir etishi bir xil o’zgarmas shart-sharoitda aynan o’xshash bo’lishligi iqtisodiy tahlilda qo’llaniladi, ayrim omillar ta’siri bir xil sharoitda o’zgarmas deb qaraladi.
Odatda ilmiy usullardan foydalanilganda, har qanday turdagi tahlil muvafaqqiyatli chiqadi.
Tahlil qilishning to’g’ri tanlangan usuli ko’pincha uning natijasini oldindan aniqlaydi. Ilmiy usulda, ko’pincha, fanni tekshirish usulida umumiy dialektik usulga asoslanishi tushuniladi. Tushunishning dialektik usuli, hamma hodisa va jarayonlarni muntazam harakatda, o’zgarishda, rivojlanishda ko’rish zarurligini bildiradi.
Moliyaviy va boshqaruv tahlili usullarining tavsiflovchi jihatlaridan biri – muntazam taqqoslab turish zaruratidir. Dialektika har bir jarayonni, har bir hodisani birlik va qarama-qarshiliklar kurashi deb qarash kerakligini o’rgatadi. Bundan har bir hodisa va jarayonlarni ichki qarama-qarshiliklar, ijobiy va salbiy tomonlarini o’rganib chiqish zarurligi kelib chiqadi. Bu ham tahlilning tavsiflovchi jihatlaridan biridir.
Tahlil qilishda dialektik usuldan foydalanish, korxona xo’jalik faoliyatini o’rganib chiqishda barcha bog’liq tomonlarini hisobga olinishini anglatadi. Hech qaysi hodisa, agar u alohida tekshirilsa qo’g’ri tushunchaga ega bo’lmaydi. Bu ham tahlilning tavsiflovchi jihatlaridan biridir.Tahlilning muhim uslubiy jihatlaridan biri, u nafaqat sabab-oqibatlarini aniqlabgina qolmay, balki u son jihatdan tavsif beradi, ya’ni har bir omilning faoliyat natijalariga qay miqdorda ta’sir ko’rsatishini aniqlaydi, bu esa moliyaviy va boshqaruv tahlilining yanada osonroq bo’lishini ta’minlaydi.
Tizimaviy yondoshish esa o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarni bosqichma-bosqich tahlil qilish ularni o’zaro bog’liq holda tekshirish mufassal detallarda o’rganilishini ko’zda tutadi.

Download 61.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling