1-mavzu. Texnik tizimlarda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning asosiy yo’nalishlari. Reja: «Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari»


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana10.01.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1086337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-mavzu

Xizmatchi satx. Bu satxning dasturiy ta’minoti baza satxi dasturlari bilan 
ishlashni hamda tizim skatxi dasturlari bilan ishlashni ta’minlaydi. Xizmatchi 
dasturlarning asosiy vazifasi kampyuter ishini sozlash va tekshirish ishlarini 
avtomatlashtirishdan iborat.
Amaliy satx. Amaliy satxning dasturiy ta’minoti amaliy dasturlar majmuasini 
tashkil qiladi. Ular yordamida ish joyida aniq vazifalarni bajarish mumkin. 
Kompyuterlar klassifikatsiyasi. 
Kompyuterlar klassifikatsiysida quyidagilarni keltirish mumkin: 
Superkompyuterlar:juda tez ishlaydigan eng qimmat kompyuterlar. Katta 
kompyuterlar juda murakkab ilmiy-texnik masalalarni yechishga mo‘ljallangan. 
Superkompyuterlar o‘zining hisoblash quvvatini ma’lumotlarni parallel qayta 
ishlash hisobiga oladi, ular bitta masalani yechishda bir vaqtda ko‘plab 
protsessorlarni ishlatadi. 
Misollar: Superkompyuterlar: Jaguar, K Computer, Kolumbiya. 
Server kompyuterlar: bitta juda qiyin masalani yechishga emas, bir nechta 
mayday 
masalalarni 
yechishga 
qaratilgan. 
Vikipediya 
ensiklopediyasida 
saqlanuvchi kompyuterlar serverga misol bo‘ladi. Bu kompyuterlar qidirilayotgan 
sahifani qidirib, topib, sizga jo‘natishi lozim. 
Server dasturlar va ma’lumotlar to‘plamini o‘zida saqlovchi markaziy kompyuterdir. 
Faylli serverlar va ilova serverlari muhim turlar hisoblanadi. 
Ishchi stansiyalar: tabiiy fanlar, matematika, muhandislik hisoblari, 
loyihalash kabi murakkab proseduralarni yechishga mo‘ljallangan qimmat 
kompyuterlardir. 
Shaxsiy kompyuterlar.Shaxsiy kompyuterlar oxirigi yigirma yil mobaynida 
jadal rivojlanib keldi. Bunday kompyuterlar bitta ish joyiga xizmat ko‘rsatadi. Qoida 
bo‘yicha shaxsiy kompyuterda bitta odam ishlaydi. O‘zining kichikligiga qaramay 
hamda unchalik qimmat bo‘lmagan shaxsiy kompyuterlar katta ishlab chiqarish 
kuchiga ega. Zamonaviy shaxsiy kompyuterlar 70-yillar katta EHMlaridan, 80-yillar 
mini-EHMlaridan 
va 
90-yillarning 
mikro-EHMlaridan 
ustundirlar. 
Shaxsiy 
kompyuterlar {Personal Computer, PC) kichik korxonalarni va ayrim shaxslarni 
talablarini bemalol qanoatlantiradi.1995 yildan so‘ng Internetning rivojlanishi 
shaxsiy kompyuterning yanada rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Shaxsiy kompyuter 
yordamida jahon tarmog’idan ilmiy, madaniy, o‘quv va har-xil axborotlarini olish 
mumkin. Shaxsiy kompyuterlar 
toifali fanlar bo‘yicha o‘quv jarayonini 
avtomatlashtirish vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi, shuningdek masofadan o‘qitish 
jarayonini ham tashkil qilish mumkin. Ular ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarga 
ham o‘z hissasini qo‘shadilar. Shaxsiy kompyuterlar uyda ish faoliyatni tashkil 
qilishga yordam beradi, bu esa ishsizlikda qo‘l keladi.Yaqin kunlargacha shaxsiy 
kompyuterlar shartli ravishda ikki kategoriyaga: xo‘jalik ShK va professional ShK. 
Xo‘jalik modellar, qoida bo‘yicha, kichik ishlab chiqarish imkoniyatiga ega, lekin 
ularda rangli grafika va tovush bilan ishlash imkoniyatlari nazarda tutilgan. 
Profesional modellar esa o‘z navbatida xo‘jalik modellarning xususiyatlarini 
o‘zlashtirdi, ya’ni multimediya ma’lumotlarini ishlab chiqaruvchi qurilmalarni o‘z 
tarkibiga oldi. Multimedia terminalogiyasi deganda aslida ma’lumotlarning bir 
necha xil toifai bitta hujjatda joylashuvi (matnli, grafika, musiqa va video 


ma’lumotlar ) yoki shu ma’lumotlar majmuasini taqdim etuvchi qurilmalar to‘plami 
nazarda tutiladi. 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling