1-mavzu. Texnologiya ta’limi va tarbiyasining maqsad va vazifalari


Download 0.77 Mb.
bet4/4
Sana28.02.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1236236
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu Tex

Texnika xavfsizligi qoidalari Asboblardan foydalanish bo’yicha texnika xavfsizligi qoidalarni quyidagicha umumlashtirish mumkin. Turli asbob va uskunalardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalari: Qaychidan foydalanish qoidalari. 1. Qaychini belgilangan joyda, belgilangan holatda saqla. 2. Qaychini uchini yuqoriga qilib ushlama. 3. Qaychini ochiq holda qoldirma. 4. Qaychini yurib turganingda ishlatma. 5. Qaychini faqat yopilgan holda uchidan ushlab o’rtog’inga uzat. 6. Qaychini ishlatayotganda kesilishning yo’nalishi va materialni ushlab turgan chap qo’l barmoqlarini kuzatib tur. 7.Yaroqsiz qaychini ishlatma, o’qituvchiga topshir.

Bigizdan foydalanish qoidalari. 1. Bigizni o’rinsiz ishlatma. 2. Sirti silliq, sirg’anchik qattiq predmetlarni bigiz bilan teshma. 3.Teshiladigan predmetni qo’lingda ushlama, uni stol, taglik ustiga quyib tesh. Pichoq bilan ishlash qoidalari. 1. Uchi yumaloq pichoqdan foydalan. 2. Pichoqni o’qituvchi ko’rsatganidek ishlat, kesganda qattiq bosma.

Nina bilan ishlash qoidalari. 1. Ninani ishlatib bo’lgach, maxsus nina yostiqchaga sanchib qo’y. 2. Ninanni hech qachon og’zingga olma. 3. Ortiqcha ninalarni ignadonda quruq holatda saqla. 4. Ishdan oldin va ishdan keyin ninalarni sanab ko’r, yetishmagan ninalarni albatta top. 5. Qog’oz va kartondan narsalarni yasaganda birinchi teshikni albatta bigiz bilan teshib ol.

Mehnatga axloqiy tayyorlash – O’quvchilarga jamoada ishlashni, o’zaro do’stona yordamni, ijodiy tashabbuskorlikni, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyish qilish, mehnat kishilari va mehnat natijalarini xurmat kilishga o’rgatishdan iboratdir. Mehnatga ruhiy tayyorlash. Mehnatga ruhiy tayyorlash murakkab, uzoq davom etuvchi va ko’p qirrali jarayon bo’lib, u butun ta’lim va tarbiyaga singib ketgandir. U garchi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lsada mehnatga axloqiy tayyorlashga juda yaqindir.

Mehnatga ruhiy tayyorlash – o’quvchilarni mehnatga ruhiy tayyorlash va unda mehnatga nisbatan uning yoshiga mos keluvchi ongli va ijobiy musbatlarni tarkib toptirish, unda amaliy malaka va ko’nikmalarni egallashga qiziqishini shakllantirishdan ibortadir. Mehnatga amaliy tayyorlash - mehnat ta’limining muhim omillaridan biridir. U o’zaro bog’langan bir nechta elementlardan: oddiy asbob va moslamalardan foydalana bilish u yoki bu materialga ma’lum izchillikda ishlov bera olish, yo’l qo’yilgan xatoni o’z vaqtida aniqlash va to’g’irlay olish kabilardan tarkib topadi. Psixologik komponentlar. Mehnat ruhiy tayyorlash turli psixologik jarayonlarni rivojlantirishni va takomillashtirishni nazarda tutadi. Bular sezib-anglash, psixomotor, emotsional idrok, diqqat, xotira, taffakkur mehnatning psixologik komponentlaridir.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling