Kasalxonada bemorlarni transport qilish usullari.
Transport qilish - bemorni tibbiy yordam ko'rsatish va davolash joyiga tashish yoki ko'chirish. Qabul bo'limidan davolash bo'limiga transport usullarini bemorni kuzatayotgan vrach tasdiqlaydi. Transport vositalari (katalka, zambil/nosilka) choyshab va ko'rpa bilan ta'minlanadi. O'zi harakatlana oladigan bemorlar bo'limga kichik tibbiy personal bilan birga yo'llanadi.
Bemorni zambil (katalkani) yordamida transport qilish
Kerakli ashyollar: zambil
Bemorni zambilda shoshmasdan, silkitmasdan olib borish kerak.
Zinadan tushayotganda oyoq qismini biroz ko'tarilgan holda birinchi o'tkaziladi, bosh qismi esa biroz pastlanadi (gorizontal holat yuzaga keladi). Oldinda ko'tarib ketayotgan hodim zambilni yelkasida, orqadagi esa tirsak bo'g'imi bukilmagan tekis qo'llar bilan ko'taradi.
zinada tepaga ko'tarilayotganda bemorni bosh qismi birinchi o'tkaziladi gorizontal holatda. Oldindagi hodim tekis qo'llarda, orqadagi- yelkalarida ko'taradi.
Bemorni zambildan yotoqqa o'tkazish.
Zambilni(katalkani) bosh qismini yotoqni oyoq qismiga perpendikulyar holatda qo'yiladi.
Agar palata kichkina bo'lsa zambil yotoqqa parallel holatda qo'yiladi.
Bemorni tagidan qo'llarni o'tkazib uch qismdan ushlanadi: bosh va bo'yin qismidan, toz va son tepa qismidan, son o'rta va boldir qismidan. Agar transportni uchta emas ikkita sanitar olib borsa ,ularning biri bo'yin va kurak qismidan, ikkinchisi esa bel va tiza qismidan ushlashadi.
Kelishilgan holda bir vaqtda bemor ko'tariladi va hodimlar u bilan birga 90° yotoq tomonga o'giriladiva bemorni yotqizishadi. Agar zambil yotoqga juda yaqin joylashgan bo'lsa bemor zambilni chetiga choyshab yordamida suriladi, asta ko'tarilib yotoqqa o'tkaziladi.
Bemorni yotoqdan zamblga ko’chirish
Ko’chirish algoritmi
Zamblni yotoqga perpendicular holatda qo’yamiz,uning bosh qismi yotoqning oyoq qismiga to’g’ri kelgan holda
Qo’llarni kasalning tagiga olib borib:birinchi sanitar-bosh va kurrak suyagidan,ikkinchisi-dumbog’aza va sonning tepa qismlaridan,uchinchisi sonning o’rta qismi va boldiridan ko’taradi.Agar bemorni ko’chirish jarayonida ikkta sanitar ishtirok etishsa :ulardan biri qo’lini bemorni bo’yni va kurragi tagidan,ikkinchisi –bel va tizzasi tagidan ko’taradi.
Birhil sinhron xarakatlar bilan bemorni ko’tarib,zambil tomonga aylanib u yotqiziladi.
Bemorni invalid kreslosiga o’tirg’izish.
O’tirg’izish algoritmi.
Kresloni oldinga egiltirib va oyoq tomonini bosamiz.
Bemorga kresloni oyog’iga turishni va o’tirishni tafsiya etib,kresloni ushlab turamiz.bemorni qo’llari to’g’ri holda bo’lishini nazorat qilamiz-shikast etmasligi uchun ular kresloni tirsak qo’yg’ichdan chiqmasligi kerak.
Kresloni to’g’ri holatga qaytaramiz.
Ko’chirishni bajaramiz.
Ko’chirishni tanlash uslubi.
Ko’chirishni tanlash uslubi va zambilga yotqizish bemorning xarakteri va kasaliga bog’liq.
Sanitar-epidimiologik qabul qilish tartiboti
Sanitar-epidimiologik tartibotiga qabul qilish bo’limida rioya qilish,sanitar-epidimiologik shifohonadagi tartiboti bo’lib va keyingi qoidalar ko’rib chiqiladi.
Bemorlarni majburiy tarzda sanitar-epidimiologik ishlov berish.
Sanitar-epidimiologik hizmat haqida tezkor habar berish(telefondan va maxsus fo’rmani to’ldirish orqali) va bemorni barcha kerakli narsalar bilan ta’minlash agar unda infeksion yoki,oshqozon zaharlanishi,pedikulyoz aniqlansa.
Honani va narsalarning ustini tez-tez tozalash.har hil dezenfektsion usullarni qo’llash(qaynatish,dezifektsiya eritmalarini qo’llash va ultrafiolet nurlanish)
Do'stlaringiz bilan baham: |