1 mavzu tibbiyot deontologiyasi asoslari. Hozirgi zamon tibbiyotida yatrogeniya, evtanaziya muammolari. Muloqot turlari. Klinika faoliyati bilan tanishish. Davolash muassasalari faoliyatini tashkil etish


Download 347.64 Kb.
bet38/95
Sana04.08.2023
Hajmi347.64 Kb.
#1665095
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   95
Bog'liq
1 mavzu tibbiyot deontologiyasi asoslari. Hozirgi zamon tibbiyot-www.hozir.org

Parenteral oziqlantirish preparatlarni venaga tomchilatib yuborish orqali amalga oshiriladi.


  • Asosiy ko‘rsatmalar.
  • • oshqozon-ichak traktining turli qismlarida oziq-ovqat mahsulotlarini o’tishiga mexanik to’siqlar bo‘lsa: o’sma shakllanishi, qizilo‘ngachning, oshqozonning kirish yoki chiqish yo’llarining kuyishi yoki operatsiyadan so’ng qisqarishi;


    • Bemorlarni keng ko’lamli bo’shliqli operatsiyalarga tayyorlashda;


    • kuyish, sepsissa;


    • ko’p qon yo‘qotganda;


    • oshqozon-ichak traktining hazm qilishi va so’rilishi buzilganda (xolera, dizenteriya, enterokolit, operatsiya qilingan oshqozon kasalligi va boshqalar), qusishda


    • anoreksiya va oziq-ovqatdan bosh tortishda.


    Parenteral oziqlantirish uchun quyidagi ozuqa eritmalaridan foydalaniladi:


    • Oqsillar – oqsilli gidrolizatlar, aminokislota eritmalari: "Vamin", "Aminosol", "Poliamin" va boshqalar.


    • Yog‘lar - yog‘ emulsiyalari.


    • Uglevodlar - 10% glyukoza eritmasi, odatda mikroelementlar va vitaminlar qo‘shilishi bilan.


    • Qon preparatlari - plazma, plazma o‘rnini bosuvchi moddalar.


    Parenteral oziqlantirishning uchta turi mavjud.


    1.To‘liq - barcha oziq moddalar qon tomirga yuboriladi, bemor, hatto, suv ham ichmaydi
    2. Qisman (to‘liqsiz) - faqat muhim ozuqa moddalardan foydalanladi (masalan, oqsillar va uglevodlar)
    3. Yordamchi - og‘iz orqali qabul qilinadigan ozuqa etarli emas, shuning uchun qo‘shimcha oziq-moddalar joriy kerak.
    1. Parenteral oziqlanish uchun qo‘llanadigan glyukoza gipertonik eritmasining (10% eritma) katta dozalarda ishlatilishi, periferik venalarni qo‘zg‘atishi va flebitga olib kelishi mumkin, shuning uchun u faqat markaziy venaga (o‘mrovosti) punksion yo‘l bilan aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilgan holda o‘rnatilgan doimiy kateter orqali yuboriladi.





    Download 347.64 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   95




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling