Siydik rangining o’zgarishi
Tinikligi: normal siydik tinik bo’ladi; turib qolganda unda hech kanday diagnostik ahamiyatga ega bo’lmagan xiralanish paydo bo’ladi. Tiniq, xiraroq, xira, sutsimon siydik ajratiladi.
Siydik hidi muhim ahamiyatga ega emas, qandli diabetda paydo bo’ladigan kimyoviy moddalarning ko’p miqdorda ekanligini ko’rsatuvchi meva hidi bundan mustasno. Bir kecha-kunduzda ajratiladigan siydik miqdori (bir sutkali diurez)ni aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Siydik ajratish tizimi kasalliklarining asosiy belgilari
|
Siydik rangi
|
Mumkin bo’lgan sabablar
|
Nima qilish zarur
|
Pushti, qizil yoki xira siydik
|
Oziq-ovqat bo’yagichlari, siydik ajratish sistemasida yallig’lanish tufayli qon, infeksiyalar, shishlar
|
Bo’yoqlardan voz keching va shifokorga murojaat qiling
|
To’q sariq yoki
qizg’ish -sariq
|
Surgi tarkibiga kiruvchi bo’yovchi moddalar (rovoch, sano), suyuklik ko’p yo’qotish, ich ketish, kuchli terlash, qusish natijasida siydik quyuqroq bo’lishi mumkin
|
Odatdagi ichish tartibi. Surgi moddalari organizmdan 24 soatdan keyin chiqariladi
|
To’q jigarrang, tiniq siydik
|
Najas rangsizlangan, ko’z oqlari sarg’aygan bo’lsa, bu sariq kasalligining (yuqumli gepatit) belgisidir
|
Zudlik bilan analiz topshirib, shifokorga murojaat qiling
|
Yashil yoki moviy
|
Oziq-ovqat bo’yoq moddalari
|
Ovqat bo’yoqlari zararsiz
|
Do'stlaringiz bilan baham: |