1-mavzu. Tijorat banklarning faoliyati bilan tanishish


Download 22.78 Kb.
bet1/2
Sana26.02.2023
Hajmi22.78 Kb.
#1233612
  1   2
Bog'liq
amaliyot


1-mavzu. Tijorat banklarning faoliyati bilan tanishish.

"Ipak Yo'li" aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki 1990 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunga kelib, bank litsenziyasi asosida ishlaydi. Bosh ofis Toshkent shahrida joylashgan.
2013 yildan beri Bankning aktsiyadori Osiyo taraqqiyot banki hisoblanadi. Ushbu bitim OTBning Markaziy Osiyo mintaqasidagi birinchi sarmoyasi bo'ldi.
2020 yil ortasida - Germaniyaning taraqqiyot moliya instituti DEG-Deutsche Investitions-und Entwicklungsgesellschaft mbH va Triodos Investment Management (o‘zining Triodos Microfinance Fund orqali) «Ipak Yo‘li» AITB aksiyadorlik kapitaliga deyarli 25 million AQSh dollariga teng investitsiya kiritishdi. Investorlar yangi chiqarilgan aksiyalarni sotib olish yo‘li bilan bankning aksiyadorlik kapitalidagi minoritar ulushini qo‘lga kiritdi, bu ularning O‘zbekistondagi bankning aksiyadorlik kapitaliga kiritgan ilk investitsiyasi hisoblanadi.
O'zbekistondagi tijorat banklari faoliyatini tahlil qilish natijalariga ko'ra, uning faoliyati ko'lami bo'yicha "Ipak Yo'li" banki 2021-yilning birinchi yarmida 13-o'rinni egallab turibdi, bozor ulushi 2,03 foizni tashkil etdi.
Bank o'z faoliyatini quyidagi asosiy yo'nalishlar bo'yicha olib boradi:
Kichik va xususiy tadbirkorlik;
Korporativ biznes;
Chakana biznes;
Moliyaviy institutlar;
Investitsion biznes.
"Ipak yo'li" banki Toshkent shahrida va O'zbekiston Respublikasi viloyatlarida jami 16 ta filialga ega. Hozirgi vaqtda bizda viloyatlarda 8 ta filial, shuningdek Toshkent shahrida 8 ta filial, 36 ta mini-bank va 24 ta maxsus kassalar, 10 mingdan ortiq terminallar mavjud va 2019 yil davomida biz butun O'zbekiston bo'ylab 400 dan ortiq bankomatlar o'rnatdik va uladik. Bank mahsulotlari va xizmatlari aksariyat mintaqalarda taqdim etilgan, bundan tashqari, kelgusi 3 yil davomida Bank strategiyasiga muvofiq, mintaqalarda yana bir nechta filiallar ochilishi rejalashtirilgan.
Bankning raqamli kanallariga «Ipak Yo`li Mobile», «Biznes uchun Ipak Yo`li Mobile» mobil ilovalar va Internet Banking xizmati kiradi.
2017 yilda Bank respublika banklari ichida birinchilardan bo'lib, mijozlarga bir qator masofaviy xizmatlarni olishlari uchun sharoit yaratish maqsadida, bankning raqamli kanallarini joriy etdi, xususan, uyali telefonlar va Internet-banklar uchun bank dasturini ishga tushirdi
“Ipak Yo’li” bank o’z mijozlariga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
• Jahon andozalariga mos bank xizmat turlaridan foydalanish;
• Biznes faoliyatingizni tezkor boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lish;
• Bank hisobraqamingiz holati haqida to‘liq va tezkor ma’lumotga ega bo‘lish;
• O‘z faoliyatingiz natijalarini doimo kuzatib borish va tahlil qilish;
• Vaqt va moddiy resurslaringizni tejash.
«Internet-banking» dasturiy tizimi Sizga quyidagi qulayliklarni yaratadi:
• Ofisdan chiqmasdan to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati evaziga vaqtingizni va mablag‘ingizni tejash;
• Real vaqt sharoitida to‘lovlarni amalga oshirish;
• Hisob raqamlaringizning holati to‘grisida batafsil ma’lumot olish;
• Bankdan har qanday uzoqligingizdan qat’iy nazar, doimo hisob raqamingiz haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lish.

Amaliyot o‘tash joyidan tayinlangan rahbar.


(ismi-sharifi) (imzo)
(muhr o‘rni)
2-mavzu. Tijorat banki tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tashkil etishda korporativ boshqaruv asoslarini tahlil qilish

Amaliyot o’talgan “Ipak Yo’li Banki” AITB Farg’ona filialli asosan elektron tijoratning B2B va B2C modeli bo’yicha faoliyat yuritadi. Bankda mijozlarga qulay sharioit yaratish maqsadida masofadan turib online navbat olish tizimi yo’lga qo’yilgan bo’lib, u o’ziga xos qulaylikka ega. Shuningdek, navbatlar ko’payishi va mijozlarini vaqtini behuda sarflashini oldini olishga ulkan hissa qo’shadi. Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida biz elektron navbat tizimi bilan jihozlangan bank filiallariga tashrif buyurish uchun kerakli vaqtga oldindan navbat olishga mo‘ljallangan onlayn bron qilish tizimini joriy qildik. Bu mijozlarimizga navbatda kutib o‘tib o‘tirmay, vaqtini tejab qolish imkonini beradi.


Navbatni bron qilish uchun oddiy ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak bo‘ladi. Ro‘yxatdan o‘tish paytida siz kerakli bank filialni va tashrif buyurishda foydalanmoqchi bo‘lgan xizmatni tanlashingiz mumkin. Bron qilish tasdiqlanganidan so‘ng mobil telefon raqamiga bronlash ma’lumotlari, jumladan, maxsus kod yozilgan xabar keladi. Ushbu kod elektron navbat terminaliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri filialning o‘zida, biroq Siz belgilagan vaqtdan 15 daqiqadan kechiktirmagan holda kiritilishi kerak. Kodni bankdagi terminalga kiritganingizda, sizga belgilangan vaqtda xizmat ko‘rsatishga imkon beradigan raqamni olasiz.
Bundan tashqari, Elektron chipta olish imkoniyati mavjud.

Download 22.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling