1-mavzu. To`plam elementlarini tartiblashga doir mantiqiy masalalar


Download 65.08 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.06.2024
Hajmi65.08 Kb.
#1837397
Bog'liq
29-11 15-01 (2)



1-mavzu. To`plam elementlarini tartiblashga doir
mantiqiy masalalar
1.Albom daftardan qimmat, lekin kitobdan arzon. Bu
buyumlar ichida eng qimmatini aniqlang.
2.Kitob do`konida Navigate A kitobi Essential 1 kitobidan
qimmat, lekin Destination B₂ kitobidan arzon. Bu kitoblar
ichida eng qimmatini aniqlang.
3.Shohrux, Nodir va Umid aka-ukalardir. Umidning yoshi
Shohruxdan katta, lekin Nodirdan kichik. Aka-ukalardan
qay birining yoshi eng kattaligini aniqlang.
4.Ma`muraning bo`yi alisherdan baland, lekin Umidadan
past. Bolalardan qay birining bo`yi eng baland ?
5.Fotima, Zuhra, Robiya va Madina opa-singillardir.
Zuhra Robiyadan katta, lekin Madinadan kichikligi
ma`lum bo`lsa, qizlar yoshlar ketma-ketligi qanday ?
6.Savatda 3 xil turdagi meva bor. Ular olma, nok va anor.
Lekin ularning soni turlicha. Agar anor eng ko`pi bo`lsa,
nok olmadan kam bo`lsa, eng kam sonli meva qaysi ?
7.Zohid, Sarvar, Botir , Anvar va G`olib yugurish
bo`yicha musobaqa o`ynashdi. Musobaqa natijasiga ko`ra
Zohid Sarvardan oldin, Anvar Botirdan keyin, Sarvar


Botirdan oldin, G`olib Anvardan keyin marraga yetib
kelgani ma`lum bo`ldi. Yugurish musobaqasida kim
birinchi bo`lib kelgan ?
8. Oila a`zolari har kun ishdan har xil vaqtda qaytishadi.
Agar ona o`g`lidan oldin kelgan bo`lib, lekin birinchi
bo`lib kelmagan bo`lsa, ota esa eng kech kelgan bo`lsa,
oila a`zolari uyga qanday ketma-ketlikda kelishgan ?
(oila a`zolari ota, ona, o`g`il va qizdan iborat)
9.Omina bugun 3 ta dugonasi bilan telefonda gaplashadi.
U Aziza bilan so`ngida, Marjona bilan Lazizadan oldin
gaplashgani ma`lum bo`lsa, u eng avval qaysi dugonasi
bilan gaplashgan ?
10.Darsda olingan test natijalariga ko`ra Sardor Nodirdan
ko`p, Ali Mahmuddan kam, Nodir Mahmuddan ko`p, Vali
Alidan kam test yechgan. Berilgan ma`lumotlarga ko`ra
eng past va eng yuqori test yechgan o`quvchilar kimlar?
11.17-maktabda 5-sinf o`quvchilari 6-sinf o`quvchilardan
kam, lekin 7-sinf o`quvchilaridan ko`p.8-sinf o`quvchilari
esa eng ko`p o`quvchiga ega sinf bo`lsa, eng kam
o`quvchiga ega sinf qaysi ?
12.G`ayrat, Sobir, Obid, Ali va Nodir bir sinfda
o`qishadi.Sobir darsga Obiddan keyin, lekin Alidan oldin


keldi.Nodir Obiddan oldin keldi, lekin birinchi bo`lib
kelmadi.Eng so`ngida kelgan o`quvchi darsga kech
qoldi.Berilganlar asosida darsga kech qolgan o`quvchini
aniqlang.
13.Bir shaharda 3 ta korxona faoliyat ko`rsatadi.Ular bir
xil turdagi mahsulot ishlab chiqaradi. 1-korxona ishlab
chiqargan mahsulotlar soni eng ko`p ham emas, eng kam
ham emas.2-korxona 3-korxonadan kam mahsulot ishlab
chiqaradi.Eng ko`p mahsulot ishlab chiqaradigan korxona
qaysi ?
14.Ko`p qavatli binoda Salim, Halim, Bobur va Oybek
ismli o`rtoqlar yashaydi.Halim eng yuqori qavatda ham,
eng pastki qavatda ham yashamaydi.Salim Boburdan
yuqori qavatda, lekin Oybekdan pastki qavatda
yashaydi.Halim Salimdan pastki qavatda yashaydi.
Binoning eng yuqori qavatida kim yashaydi ?
15.Do`konda mevali, shokoladli va snikersli tort sotiladi.
Agar mevali tort eng arzoni, snikersli tort eng qimmati
bo`lsa, eng o`rtacha narxdagi tort qaysi ?


2-mavzu.To`plamlar o`rtasida o`zaro bir qiymatli
moslikni o`rnatishga doir mantiqiy masalalar
1.Sinfda o`tkazilgan eng yaxshi o`quvchi tanlovida Zoir,
Toir, Malik va Diyor ishtirok etdi. Zoir birinchi o`rinni
ham, oxirgi o`rinni ham egallamaganligi, Diyor ikkinchi
o`rinni egallaganligi, Toir birinchi o`rinni egallamaganligi
ma`lum bo`lsa, ishtirokchilarning har biri qaysi o`rinni
egaallagan ?
2.Tokioda o`tkazilgan paralimpiada o`yinlarida Buyuk
Britaniya, Xitoy va AQSH kuchli uchlikni tashkil qilishdi.
Buyuk Britaniya birinchi o`rinni egallamaganligi, AQSH
birinchi o`rinni ham ikkinchi o`rinni ham egallamagani
ma`lum bo`lsa, ishtirokchi davlatlarning har biri qaysi
o`rinni egallagan ?
3.Mo`min, Azamat va Qobil ko`paytirish jadvalini
o`rganmoqda. Ulardan biri 5 ga, ikkinchisi 8 ga va
uchinchisi esa 9 ga ko`paytirish jadvalini o`rganmoqda.
Agar Azamat 8 ga, Mo`min esa 8 ga va 9 ga ko`paytirish
jadvalini bilsa, bolalarning har biri nechaga ko`paytirish
jadvalini o`rganmoqda ?
4.Mahliyo, Shahlo va Gullola ismli dugonalar ingliz, rus
va nemis tillarini o`rganishmoqda. Ulardan biri ingliz,
ikkinchisi rus, uchinchisi nemis tillarini o`rganmoqda.


Agar Shahlo rus tilini bilsa, Mahliyo esa rus va nemis
tilini bilsa, dugonalarning har biri qaysi tilni
o`rganmoqda?
5.Ota o`z farzandlariga yangi yil bayrami uchun
velosiped, samokat va telefon sovg`a qildi. Agar katta
farzand samokatni tanlamasa, kenja farzand esa telefon va
samokatni tanlamasa, har bir farzand bayram uchun
qanday sovg`a oladi ?
6.Sinfdagi 3 yaqin do`stlar : Abror, Nodir va Sobir
maktabni 3, 4 va 5 baholarga tamomlashgan. Agar Sobir
sinfdagi eng a`lochi o`quvchi bo`lsa, Abror esa maktabni
3 ga ham, 5 ga ham tamomlamagan bo`lsa, har bir
o`quvchi maktabni qanday bahoga tamomlagan ?
7.Lola, Zamira, Oybek va Nodir 15-may, 7-fevral, 15-
aprel va 22-may da tug`ilishgan. Agar Lola va Oybek bir
xil oyda, Oybek va Nodir esa bir xil sanada tug`ilishgan
bo`lsa, ularning har biri qachon tug`ilgan ?
8.Uch aka 17- mart, 6-iyun va 1-dekabrda tug`ilishgan.
Agar katta o`g`il tug`ilgan sana raqami tub son, kichik
o`g`il tug`ilgan sana raqami esa birinchi natural son
bo`lsa, ularning har biri qachon tug`ilgan ?


9.Uch opa-singil Umida, Shoira va Lobar 29-fevral, 29-
mart va 10-avgustda tug`ilishgan.Agar Umida kabisa
yilida tug`ilgan, Umidava Lobar esa bir xil sanada
tug`ilishgan bo`lsa, ularning har biri qachon tug`ilgan ?
10.3 ta o`qituvchi Zebo Rustamovna, Umida Olimovna,
Zuhra G`ulomovnalar 3 ta turli fandan (ingliz, rus, nemis)
Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlaridagi
maktablarda dars beradilar.
Agar quyidagilar ma`lum bo`lsa:
1)Zebo Rustamovna Toshkentda, Umida Olimovna
Samarqandda ishlamaydi.
2)Toshkentlik o`qituvchi ingliz tilidan dars beradi.
3)Samarqandda yashovchi o`qituvchi esa nemis tilidan
dars beradi.
4)Umida Olimovna va Zuhra G`ulomovnalar rus tilidan
dars bermaydi.
Ularning har biri qaysi shaharda va qanday fandan dars
berishini aniqlang.
11.3 ta abituriyent Nafisa, Hilola va Lola 3 ta turli fandan
(matematika, biologiya, kimyo) Marg`ilon, Farg`ona va
Qo`qon shaharlarida imtihon topshirishadi.


Agar quyidagilar ma`lum bo`lsa:
1)Nafisa Marg`ilonda, Hilola Qo`qonda imtihon
topshirmaydi.
2)Marg`ilonda matematika imtihoni topshiriladi.
3)Qo`qonda kimyodan imtihon topshiriladi.
4)Hilola va Lola biologiyadan imtihon topshirmaydi.
Ularning har biri qaysi shaharda va qaysi fandan imtihon
topshirishini aniqlang.
12.O`qish darsida o`tkazilgan tez o`qish musobaqasida
Olim, Salima,Naima va Bekzod qatnashdi. Bekzod
birinchi o`rinni ham, uchinchi o`rinni ham
egallamaganligi, Salimaning esa ikkinchi o`rinni
egallamaganligi, Naimaning esa birinchi o`rinni
egallamaganligi ma`lum bo`lsa, o`quvchilarning har biri
qaysi o`rinni egallagan ?
13.Zakovat o`quv markazida mental arifmetikadan
o`tkazilgan olimpiadada Abdulloh, Fayzulloh va Saidjon
sovrinli o`rinni egallashdi. Abdulloh birinchi o`rinni
egallamaganligi, Saidbek birinchi o`rinni ham, ikkinchi
o`rinni ham egallamaganligi ma`lum bo`lsa,
ishtirokchilarning har biri qaysi o`rinni egallashgan ?


14.Sobir, Nozim va Ali suzish, shaxmat va basketboldan
faqat bilmagan sport turinigina o`rganishmoqda. Agar
Nozim suzish va basketbol o`ynashni bilsa, Sobir esa
suzishni bilsa, ularning har biri qaysi sport turini
o`rganishmoqda ?
15.Ulug`bek, Tolib va Sanjar uch do`stlarning har biri
Chimyon, Shohimardon va Kumushkonlarning faqat
bittasiga dam olishga boradi. Agar Ulug`bek
Kumushkonga ham, Chimyonga ham bormasligi,
Sanjarning esa Chimyonga bormasligi ma`lum bo`lsa,
ularning har biri qayerga dam olishga boradi ?


5-mavzu. Eng yomon holni ko`rish va Dirixle prinsipiga
doir mantiqiy masalalar
1.Xaltada 3 ta oq, 4 ta qora va 5 ta qizil sharchalar
bor.Xaltadan eng kam sondagi nechta sharchalar
olinganda, ular orasida, albatta:
1)hech bo`lmaganda 1 ta oq sharcha
2)hech bo`lmaganda 1 ta oq va 1 ta qizil sharcha bo`ladi.
2.Sinfda 26 ta o`quvchi bor. Ularning ichida tug`ilgan
kuni bir oyda bo`lgan 3 ta o`quvchi topiladi deb
tasdiqlash mumkinmi ?
3.Umumiy o`rta ta`lim maktabida 28 ta sinf bo`lib, unga
yaqin “Istiqlol” mahallasida maktabning 32 ta o`quvchisi
yashaydi.Bu o`uvchilar ichidan hech bo`lmaganda 2 tasi
albatta sinfdosh ekanligini tasdiqlash mumkinmi ?
4.Kartochkalarga ikki xonali sonlar yozilgan bo`lib, ular
ag`darib qo`yilgan. Nechta kartochkani olgandan so`ng
ularda yozilgan sonlardan hech bo`lmaganda bittasi 
a) 3 ga qoldiqsiz bo`linadi ?
b)5 ga qoldiqsiz bo`linadi ?
d)3 ga va 5 ga qoldiqsiz bo`linadi ?


5.Kartochkaga 15, 28, 33 va 63 sonlari yozilgan va
ag`darib qo`yilgan.Kartochkani olgandan so`ng, ularda
yozilgan sonlardan hech bo`lmaganda ikkitasi 3 ga
qoldiqsiz bo`linadi?
6.Xaltada bir xil o`lchamdagi 8 juft qora va 8 juft oq
rangli poyabzallar bor.Xaltadan nechta poybzal olgandan
so`ng, ular orasida bir xil rangdagi bir juft poyabzal
bo`ladi ?
7.Xaltada 12 ta qizil ruchka va 12 ta qora ruchka bor.
Xaltadan nechta ruchka olgandan so`ng, ular orasida bir
xil rangdagi 2 ta ruchka bo`ladi ?
8.Xaltada 2 ta yashil va 4 ta qizil sharchalar bor.Xaltadan
eng kam sondagi nechta sharchalar olinganda, ular
orasida, albatta:
1)hech bo`lmaganda 1 ta qizil sharcha;
2) hech bo`lmaganda 1 ta yashil sharcha;
3)hech bo`lmaganda 1 ta qizil va 1 ta yashil sharcha
bo`ladi.
9. Kartochkalarga 81 gacha ikki xonali sonlar yozilgan
bo`lib, ular ag`darib qo`yilgan. Nechta kartochkani


olgandan so`ng ularda yozilgan sonlardan hech
bo`lmaganda bittasi 
a) 4 ga qoldiqsiz bo`linadi ?
b)5 ga qoldiqsiz bo`linadi ?
d)4 ga va 5 ga qoldiqsiz bo`linadi ?
10.Xaltada 2 ta yashil,3 ta qora va 1 ta sariq sharchalar
bor.Xaltadan eng kam sondagi nechta sharchalar
olinganda, ular orasida, albatta:
1)hech bo`lmaganda 1 ta qora sharcha;
2) hech bo`lmaganda 1 ta yashil sharcha;
3) hech bo`lmaganda 1 ta sariq sharcha bo`ladi.
11. Kartochkalarga 50 gacha sonlar yozilgan bo`lib, ular
ag`darib qo`yilgan. Nechta kartochkani olgandan so`ng
ularda yozilgan sonlardan hech bo`lmaganda bittasi tub
son bo`ladi ?
12. Sinfda 24 ta o`quvchi bor. Ularning ichida tug`ilgan
kuni bir oyda bo`lgan 3 ta o`quvchi topiladi deb
tasdiqlash mumkinmi ?


13. Sinfda 23 ta o`quvchi bor. Ularning ichida tug`ilgan
kuni bir oyda bo`lgan 2 ta o`quvchi topiladi deb
tasdiqlash mumkinmi ?
14. Kartochkalarga 25 gacha sonlar yozilgan bo`lib, ular
ag`darib qo`yilgan. Nechta kartochkani olgandan so`ng
ularda yozilgan sonlardan hech bo`lmaganda bittasi bir
xonali son bo`ladi ?
15. Kartochkalarga 30 gacha sonlar yozilgan bo`lib, ular
ag`darib qo`yilgan. Nechta kartochkani olgandan so`ng
ularda yozilgan sonlardan hech bo`lmaganda bittasi ikki
son bo`ladi ?


3-mavzu. Kechib o`tishga doir mantiqiy masalalar
1.Qayiqchi ayiq, asal va quyonni daryoning bir
qirg`og`idan ikkinchi qirg`og`iga qayiqda o`tkazib
qo`yish kerak: Har bir kechib o`tishda u faqat bitta
passajirni olib o`tishi mumkin. Lekin ayiq va quyonni,
hamda ayiq va asalni qarovsiz qoldirib bo`lmaydi.
Qayiqchi barchani qanday qilib daryoning bir
qirg`og`idan ikkinchi qirg`og`iga olib o`tishi mumkin ?
2. Qayiqchi sher, echki va pichanni daryoning bir
qirg`og`idan ikkinchi qirg`og`iga qayiqda o`tkazib
qo`yish kerak: Har bir kechib o`tishda u faqat bitta
passajirni olib o`tishi mumkin. Lekin sher va echkini,
hamda echki va pichanni qarovsiz qoldirib bo`lmaydi.
Qayiqchi barchani qanday qilib daryoning bir
qirg`og`idan ikkinchi qirg`og`iga olib o`tishi mumkin ?
3.Ona va uning ikki qizi daryodan o`tishi kerak.
Qirg`oqda bitta qayiq bo`lib, u faqat onani yoki ikkita
qizni ko`tara oladi, xolos. Ona va qizlar qanday qilib
daryoning u qirg`og`iga o`tishi mumkin ?
4. Murabbiy va uning ikki shogirdi daryodan o`tishi
kerak. Qirg`oqda bitta qayiq bo`lib, u faqat murabbiyni
yoki ikkita shogirdni ko`tara oladi, xolos. Murabbiy va


shogirdlar qanday qilib daryoning u qirg`og`iga o`tishi
mumkin ?
5.Uchta turist daryoning bir qirg`og`idan ikkinchi
qirg`og`iga o`tishi lozim. Qirg`oqda 120 kg yukni ko`tara
oladigan eski qayiq bor. Turistlardan birining massasi 50
kg, ikkinchisiniki 70 kg, uchinchisiniki 90 kg. Daryoning
bir qirg`og`idan ikkinchi qirg`og`iga o`tib olish uchun
ular qanday harakat qilishlari lozim.
6. Uchta turist daryoning bir qirg`og`idan ikkinchi
qirg`og`iga o`tishi lozim. Qirg`oqda 110 kg yukni ko`tara
oladigan eski qayiq bor. Turistlardan birining massasi 50
kg, ikkinchisiniki 60 kg, uchinchisiniki 70 kg. Daryoning
bir qirg`og`idan ikkinchi qirg`og`iga o`tib olish uchun
ular qanday harakat qilishlari lozim


1.Fermada quyonlar va tovuqlar bor. Ularning boshlari
soni 36 ta, oyoqlari soni esa 100 ta. Fermada nechta tovuq
va nechta quyon bor ?
2.Fermada quyonlar va tovuqlar bor. Ularning boshlari
soni 21 ta, oyoqlari soni esa 70 ta. Fermada nechta tovuq
va nechta quyon bor ?
3.Fermada qo`ylar va tovuqlar bor. Ularning boshlari soni
28 ta, oyoqlari soni esa 96 ta. Fermada nechta tovuq va
nechta qo`y bor ?
4.Fermada qo`ylar va tovuqlar bor. Ularning boshlari soni
19 ta, oyoqlari soni esa 68 ta. Fermada nechta tovuq va
nechta qo`y bor ?
5.Fermada sigirlar va xo`rozlar bor. Ularning boshlari
soni 19 ta, oyoqlari soni esa 70 ta. Fermada nechta xo`roz
va nechta sigir bor ?
6. saltanatida 3 boshli va 5 boshli ajdarholar yashaydi.
Ularning tanalari soni 18 ta, boshlari soni esa 80 ta. Bu
saltanatda nechta 3 boshli va 5 boshli ajdarho yashaydi?
7. saltanatida 2 boshli va 6 boshli ajdarholar yashaydi.
Ularning tanalari soni 30 ta, boshlari soni esa 104 ta. Bu
saltanatda nechta 2 boshli va 6 boshli ajdarho yashaydi?


8. saltanatida 8 boshli va 5 boshli ajdarholar yashaydi.
Ularning tanalari soni 23 ta, boshlari soni esa 160 ta. Bu
saltanatda nechta 8 boshli va 5 boshli ajdarho yashaydi?
9. saltanatida 3 boshli va 5 boshli ajdarholar yashaydi.
Ularning tanalari soni 20 ta, boshlari soni esa 74 ta. Bu
saltanatda nechta 3 boshli va 5 boshli ajdarho yashaydi?
10. saltanatida 2 boshli va 5 boshli ajdarholar yashaydi.
Ularning tanalari soni 28 ta, boshlari soni esa 80 ta. Bu
saltanatda nechta 2 boshli va 5 boshli ajdarho yashaydi?
11.Mars sayyorasida 2 ko`zli va 3 ko`zli mavjudotlar
yashaydi. Ularning tanalari soni 18 ta, ko`zlari soni esa 42
ta bo`lsa, bu sayyorada nechta 2 ko`zli va 3 ko`zli
mavjudotlar bor ?
12.Mars sayyorasida 3 ko`zli va 5 ko`zli mavjudotlar
yashaydi. Ularning tanalari soni 14 ta, ko`zlari soni esa 64
ta bo`lsa, bu sayyorada nechta 3 ko`zli va 5 ko`zli
mavjudotlar bor ?
13.Mars sayyorasida 1 ko`zli va 4 ko`zli mavjudotlar
yashaydi. Ularning tanalari soni 12 ta, ko`zlari soni esa 36
ta bo`lsa, bu sayyorada nechta 1 ko`zli va 4ko`zli
mavjudotlar bor ?


14.Xonada 3 oyoqli va 4 oyoqli stullar bor. Agar
xonadagi jami stellar soni 15 ta, stul oyoqlari soni 52 ta
bo`lsa, xonada har bir stuldan nechtadan bor ?
15. Xonada 3 oyoqli va 4 oyoqli stullar bor. Agar
xonadagi jami stellar soni 18 ta, stul oyoqlari soni 61 ta
bo`lsa, xonada har bir stuldan nechtadan bor ?


6-mavzu. Tarozida tortishga doir mantiqiy masalalar.
1.6 ta tanganing bittasi qalbaki. Uning massasi boshqa
tangalar massasidan yengil. Toshsiz pallali tarozida ikki
marta tortish orqali qalbaki tangani qanday aniqlash
mumkin ?
2. 27 ta tanganing bittasi qalbaki. Uning massasi boshqa
tangalar massasidan yengil. Toshsiz pallali tarozida uch
marta tortish orqali qalbaki tangani qanday aniqlash
mumkin ?
3. 18 ta tanganing bittasi qalbaki. Uning massasi boshqa
tangalar massasidan yengil. Toshsiz pallali tarozida uch
marta tortish orqali qalbaki tangani qanday aniqlash
mumkin ?
4. 10 ta tanganing bittasi qalbaki. Uning massasi boshqa
tangalar massasidan yengil. Toshsiz pallali tarozida ikki
marta tortish orqali qalbaki tangani qanday aniqlash
mumkin ?
5. 11 ta tanganing bittasi qalbaki. Uning massasi boshqa
tangalar massasidan yengil. Toshsiz pallali tarozida ikki
marta tortish orqali qalbaki tangani qanday aniqlash
mumkin ?


Download 65.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling