1-mavzu. To`plam elementlarini tartiblashga doir mantiqiy masalalar
Download 65.08 Kb. Pdf ko'rish
|
29-11 15-01 (2)
1-mavzu. To`plam elementlarini tartiblashga doir mantiqiy masalalar 1.Albom daftardan qimmat, lekin kitobdan arzon. Bu buyumlar ichida eng qimmatini aniqlang. 2.Kitob do`konida Navigate A kitobi Essential 1 kitobidan qimmat, lekin Destination B₂ kitobidan arzon. Bu kitoblar ichida eng qimmatini aniqlang. 3.Shohrux, Nodir va Umid aka-ukalardir. Umidning yoshi Shohruxdan katta, lekin Nodirdan kichik. Aka-ukalardan qay birining yoshi eng kattaligini aniqlang. 4.Ma`muraning bo`yi alisherdan baland, lekin Umidadan past. Bolalardan qay birining bo`yi eng baland ? 5.Fotima, Zuhra, Robiya va Madina opa-singillardir. Zuhra Robiyadan katta, lekin Madinadan kichikligi ma`lum bo`lsa, qizlar yoshlar ketma-ketligi qanday ? 6.Savatda 3 xil turdagi meva bor. Ular olma, nok va anor. Lekin ularning soni turlicha. Agar anor eng ko`pi bo`lsa, nok olmadan kam bo`lsa, eng kam sonli meva qaysi ? 7.Zohid, Sarvar, Botir , Anvar va G`olib yugurish bo`yicha musobaqa o`ynashdi. Musobaqa natijasiga ko`ra Zohid Sarvardan oldin, Anvar Botirdan keyin, Sarvar Botirdan oldin, G`olib Anvardan keyin marraga yetib kelgani ma`lum bo`ldi. Yugurish musobaqasida kim birinchi bo`lib kelgan ? 8. Oila a`zolari har kun ishdan har xil vaqtda qaytishadi. Agar ona o`g`lidan oldin kelgan bo`lib, lekin birinchi bo`lib kelmagan bo`lsa, ota esa eng kech kelgan bo`lsa, oila a`zolari uyga qanday ketma-ketlikda kelishgan ? (oila a`zolari ota, ona, o`g`il va qizdan iborat) 9.Omina bugun 3 ta dugonasi bilan telefonda gaplashadi. U Aziza bilan so`ngida, Marjona bilan Lazizadan oldin gaplashgani ma`lum bo`lsa, u eng avval qaysi dugonasi bilan gaplashgan ? 10.Darsda olingan test natijalariga ko`ra Sardor Nodirdan ko`p, Ali Mahmuddan kam, Nodir Mahmuddan ko`p, Vali Alidan kam test yechgan. Berilgan ma`lumotlarga ko`ra eng past va eng yuqori test yechgan o`quvchilar kimlar? 11.17-maktabda 5-sinf o`quvchilari 6-sinf o`quvchilardan kam, lekin 7-sinf o`quvchilaridan ko`p.8-sinf o`quvchilari esa eng ko`p o`quvchiga ega sinf bo`lsa, eng kam o`quvchiga ega sinf qaysi ? 12.G`ayrat, Sobir, Obid, Ali va Nodir bir sinfda o`qishadi.Sobir darsga Obiddan keyin, lekin Alidan oldin keldi.Nodir Obiddan oldin keldi, lekin birinchi bo`lib kelmadi.Eng so`ngida kelgan o`quvchi darsga kech qoldi.Berilganlar asosida darsga kech qolgan o`quvchini aniqlang. 13.Bir shaharda 3 ta korxona faoliyat ko`rsatadi.Ular bir xil turdagi mahsulot ishlab chiqaradi. 1-korxona ishlab chiqargan mahsulotlar soni eng ko`p ham emas, eng kam ham emas.2-korxona 3-korxonadan kam mahsulot ishlab chiqaradi.Eng ko`p mahsulot ishlab chiqaradigan korxona qaysi ? 14.Ko`p qavatli binoda Salim, Halim, Bobur va Oybek ismli o`rtoqlar yashaydi.Halim eng yuqori qavatda ham, eng pastki qavatda ham yashamaydi.Salim Boburdan yuqori qavatda, lekin Oybekdan pastki qavatda yashaydi.Halim Salimdan pastki qavatda yashaydi. Binoning eng yuqori qavatida kim yashaydi ? 15.Do`konda mevali, shokoladli va snikersli tort sotiladi. Agar mevali tort eng arzoni, snikersli tort eng qimmati bo`lsa, eng o`rtacha narxdagi tort qaysi ? 2-mavzu.To`plamlar o`rtasida o`zaro bir qiymatli moslikni o`rnatishga doir mantiqiy masalalar 1.Sinfda o`tkazilgan eng yaxshi o`quvchi tanlovida Zoir, Toir, Malik va Diyor ishtirok etdi. Zoir birinchi o`rinni ham, oxirgi o`rinni ham egallamaganligi, Diyor ikkinchi o`rinni egallaganligi, Toir birinchi o`rinni egallamaganligi ma`lum bo`lsa, ishtirokchilarning har biri qaysi o`rinni egaallagan ? 2.Tokioda o`tkazilgan paralimpiada o`yinlarida Buyuk Britaniya, Xitoy va AQSH kuchli uchlikni tashkil qilishdi. Buyuk Britaniya birinchi o`rinni egallamaganligi, AQSH birinchi o`rinni ham ikkinchi o`rinni ham egallamagani ma`lum bo`lsa, ishtirokchi davlatlarning har biri qaysi o`rinni egallagan ? 3.Mo`min, Azamat va Qobil ko`paytirish jadvalini o`rganmoqda. Ulardan biri 5 ga, ikkinchisi 8 ga va uchinchisi esa 9 ga ko`paytirish jadvalini o`rganmoqda. Agar Azamat 8 ga, Mo`min esa 8 ga va 9 ga ko`paytirish jadvalini bilsa, bolalarning har biri nechaga ko`paytirish jadvalini o`rganmoqda ? 4.Mahliyo, Shahlo va Gullola ismli dugonalar ingliz, rus va nemis tillarini o`rganishmoqda. Ulardan biri ingliz, ikkinchisi rus, uchinchisi nemis tillarini o`rganmoqda. Agar Shahlo rus tilini bilsa, Mahliyo esa rus va nemis tilini bilsa, dugonalarning har biri qaysi tilni o`rganmoqda? 5.Ota o`z farzandlariga yangi yil bayrami uchun velosiped, samokat va telefon sovg`a qildi. Agar katta farzand samokatni tanlamasa, kenja farzand esa telefon va samokatni tanlamasa, har bir farzand bayram uchun qanday sovg`a oladi ? 6.Sinfdagi 3 yaqin do`stlar : Abror, Nodir va Sobir maktabni 3, 4 va 5 baholarga tamomlashgan. Agar Sobir sinfdagi eng a`lochi o`quvchi bo`lsa, Abror esa maktabni 3 ga ham, 5 ga ham tamomlamagan bo`lsa, har bir o`quvchi maktabni qanday bahoga tamomlagan ? 7.Lola, Zamira, Oybek va Nodir 15-may, 7-fevral, 15- aprel va 22-may da tug`ilishgan. Agar Lola va Oybek bir xil oyda, Oybek va Nodir esa bir xil sanada tug`ilishgan bo`lsa, ularning har biri qachon tug`ilgan ? 8.Uch aka 17- mart, 6-iyun va 1-dekabrda tug`ilishgan. Agar katta o`g`il tug`ilgan sana raqami tub son, kichik o`g`il tug`ilgan sana raqami esa birinchi natural son bo`lsa, ularning har biri qachon tug`ilgan ? 9.Uch opa-singil Umida, Shoira va Lobar 29-fevral, 29- mart va 10-avgustda tug`ilishgan.Agar Umida kabisa yilida tug`ilgan, Umidava Lobar esa bir xil sanada tug`ilishgan bo`lsa, ularning har biri qachon tug`ilgan ? 10.3 ta o`qituvchi Zebo Rustamovna, Umida Olimovna, Zuhra G`ulomovnalar 3 ta turli fandan (ingliz, rus, nemis) Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlaridagi maktablarda dars beradilar. Agar quyidagilar ma`lum bo`lsa: 1)Zebo Rustamovna Toshkentda, Umida Olimovna Samarqandda ishlamaydi. 2)Toshkentlik o`qituvchi ingliz tilidan dars beradi. 3)Samarqandda yashovchi o`qituvchi esa nemis tilidan dars beradi. 4)Umida Olimovna va Zuhra G`ulomovnalar rus tilidan dars bermaydi. Ularning har biri qaysi shaharda va qanday fandan dars berishini aniqlang. 11.3 ta abituriyent Nafisa, Hilola va Lola 3 ta turli fandan (matematika, biologiya, kimyo) Marg`ilon, Farg`ona va Qo`qon shaharlarida imtihon topshirishadi. Agar quyidagilar ma`lum bo`lsa: 1)Nafisa Marg`ilonda, Hilola Qo`qonda imtihon topshirmaydi. 2)Marg`ilonda matematika imtihoni topshiriladi. 3)Qo`qonda kimyodan imtihon topshiriladi. 4)Hilola va Lola biologiyadan imtihon topshirmaydi. Ularning har biri qaysi shaharda va qaysi fandan imtihon topshirishini aniqlang. 12.O`qish darsida o`tkazilgan tez o`qish musobaqasida Olim, Salima,Naima va Bekzod qatnashdi. Bekzod birinchi o`rinni ham, uchinchi o`rinni ham egallamaganligi, Salimaning esa ikkinchi o`rinni egallamaganligi, Naimaning esa birinchi o`rinni egallamaganligi ma`lum bo`lsa, o`quvchilarning har biri qaysi o`rinni egallagan ? 13.Zakovat o`quv markazida mental arifmetikadan o`tkazilgan olimpiadada Abdulloh, Fayzulloh va Saidjon sovrinli o`rinni egallashdi. Abdulloh birinchi o`rinni egallamaganligi, Saidbek birinchi o`rinni ham, ikkinchi o`rinni ham egallamaganligi ma`lum bo`lsa, ishtirokchilarning har biri qaysi o`rinni egallashgan ? 14.Sobir, Nozim va Ali suzish, shaxmat va basketboldan faqat bilmagan sport turinigina o`rganishmoqda. Agar Nozim suzish va basketbol o`ynashni bilsa, Sobir esa suzishni bilsa, ularning har biri qaysi sport turini o`rganishmoqda ? 15.Ulug`bek, Tolib va Sanjar uch do`stlarning har biri Chimyon, Shohimardon va Kumushkonlarning faqat bittasiga dam olishga boradi. Agar Ulug`bek Kumushkonga ham, Chimyonga ham bormasligi, Sanjarning esa Chimyonga bormasligi ma`lum bo`lsa, ularning har biri qayerga dam olishga boradi ? 5-mavzu. Eng yomon holni ko`rish va Dirixle prinsipiga doir mantiqiy masalalar 1.Xaltada 3 ta oq, 4 ta qora va 5 ta qizil sharchalar bor.Xaltadan eng kam sondagi nechta sharchalar olinganda, ular orasida, albatta: 1)hech bo`lmaganda 1 ta oq sharcha 2)hech bo`lmaganda 1 ta oq va 1 ta qizil sharcha bo`ladi. 2.Sinfda 26 ta o`quvchi bor. Ularning ichida tug`ilgan kuni bir oyda bo`lgan 3 ta o`quvchi topiladi deb tasdiqlash mumkinmi ? 3.Umumiy o`rta ta`lim maktabida 28 ta sinf bo`lib, unga yaqin “Istiqlol” mahallasida maktabning 32 ta o`quvchisi yashaydi.Bu o`uvchilar ichidan hech bo`lmaganda 2 tasi albatta sinfdosh ekanligini tasdiqlash mumkinmi ? 4.Kartochkalarga ikki xonali sonlar yozilgan bo`lib, ular ag`darib qo`yilgan. Nechta kartochkani olgandan so`ng ularda yozilgan sonlardan hech bo`lmaganda bittasi a) 3 ga qoldiqsiz bo`linadi ? b)5 ga qoldiqsiz bo`linadi ? d)3 ga va 5 ga qoldiqsiz bo`linadi ? 5.Kartochkaga 15, 28, 33 va 63 sonlari yozilgan va ag`darib qo`yilgan.Kartochkani olgandan so`ng, ularda yozilgan sonlardan hech bo`lmaganda ikkitasi 3 ga qoldiqsiz bo`linadi? 6.Xaltada bir xil o`lchamdagi 8 juft qora va 8 juft oq rangli poyabzallar bor.Xaltadan nechta poybzal olgandan so`ng, ular orasida bir xil rangdagi bir juft poyabzal bo`ladi ? 7.Xaltada 12 ta qizil ruchka va 12 ta qora ruchka bor. Xaltadan nechta ruchka olgandan so`ng, ular orasida bir xil rangdagi 2 ta ruchka bo`ladi ? 8.Xaltada 2 ta yashil va 4 ta qizil sharchalar bor.Xaltadan eng kam sondagi nechta sharchalar olinganda, ular orasida, albatta: 1)hech bo`lmaganda 1 ta qizil sharcha; 2) hech bo`lmaganda 1 ta yashil sharcha; 3)hech bo`lmaganda 1 ta qizil va 1 ta yashil sharcha bo`ladi. 9. Kartochkalarga 81 gacha ikki xonali sonlar yozilgan bo`lib, ular ag`darib qo`yilgan. Nechta kartochkani olgandan so`ng ularda yozilgan sonlardan hech bo`lmaganda bittasi a) 4 ga qoldiqsiz bo`linadi ? b)5 ga qoldiqsiz bo`linadi ? d)4 ga va 5 ga qoldiqsiz bo`linadi ? 10.Xaltada 2 ta yashil,3 ta qora va 1 ta sariq sharchalar bor.Xaltadan eng kam sondagi nechta sharchalar olinganda, ular orasida, albatta: 1)hech bo`lmaganda 1 ta qora sharcha; 2) hech bo`lmaganda 1 ta yashil sharcha; 3) hech bo`lmaganda 1 ta sariq sharcha bo`ladi. 11. Kartochkalarga 50 gacha sonlar yozilgan bo`lib, ular ag`darib qo`yilgan. Nechta kartochkani olgandan so`ng ularda yozilgan sonlardan hech bo`lmaganda bittasi tub son bo`ladi ? 12. Sinfda 24 ta o`quvchi bor. Ularning ichida tug`ilgan kuni bir oyda bo`lgan 3 ta o`quvchi topiladi deb tasdiqlash mumkinmi ? 13. Sinfda 23 ta o`quvchi bor. Ularning ichida tug`ilgan kuni bir oyda bo`lgan 2 ta o`quvchi topiladi deb tasdiqlash mumkinmi ? 14. Kartochkalarga 25 gacha sonlar yozilgan bo`lib, ular ag`darib qo`yilgan. Nechta kartochkani olgandan so`ng ularda yozilgan sonlardan hech bo`lmaganda bittasi bir xonali son bo`ladi ? 15. Kartochkalarga 30 gacha sonlar yozilgan bo`lib, ular ag`darib qo`yilgan. Nechta kartochkani olgandan so`ng ularda yozilgan sonlardan hech bo`lmaganda bittasi ikki son bo`ladi ? 3-mavzu. Kechib o`tishga doir mantiqiy masalalar 1.Qayiqchi ayiq, asal va quyonni daryoning bir qirg`og`idan ikkinchi qirg`og`iga qayiqda o`tkazib qo`yish kerak: Har bir kechib o`tishda u faqat bitta passajirni olib o`tishi mumkin. Lekin ayiq va quyonni, hamda ayiq va asalni qarovsiz qoldirib bo`lmaydi. Qayiqchi barchani qanday qilib daryoning bir qirg`og`idan ikkinchi qirg`og`iga olib o`tishi mumkin ? 2. Qayiqchi sher, echki va pichanni daryoning bir qirg`og`idan ikkinchi qirg`og`iga qayiqda o`tkazib qo`yish kerak: Har bir kechib o`tishda u faqat bitta passajirni olib o`tishi mumkin. Lekin sher va echkini, hamda echki va pichanni qarovsiz qoldirib bo`lmaydi. Qayiqchi barchani qanday qilib daryoning bir qirg`og`idan ikkinchi qirg`og`iga olib o`tishi mumkin ? 3.Ona va uning ikki qizi daryodan o`tishi kerak. Qirg`oqda bitta qayiq bo`lib, u faqat onani yoki ikkita qizni ko`tara oladi, xolos. Ona va qizlar qanday qilib daryoning u qirg`og`iga o`tishi mumkin ? 4. Murabbiy va uning ikki shogirdi daryodan o`tishi kerak. Qirg`oqda bitta qayiq bo`lib, u faqat murabbiyni yoki ikkita shogirdni ko`tara oladi, xolos. Murabbiy va shogirdlar qanday qilib daryoning u qirg`og`iga o`tishi mumkin ? 5.Uchta turist daryoning bir qirg`og`idan ikkinchi qirg`og`iga o`tishi lozim. Qirg`oqda 120 kg yukni ko`tara oladigan eski qayiq bor. Turistlardan birining massasi 50 kg, ikkinchisiniki 70 kg, uchinchisiniki 90 kg. Daryoning bir qirg`og`idan ikkinchi qirg`og`iga o`tib olish uchun ular qanday harakat qilishlari lozim. 6. Uchta turist daryoning bir qirg`og`idan ikkinchi qirg`og`iga o`tishi lozim. Qirg`oqda 110 kg yukni ko`tara oladigan eski qayiq bor. Turistlardan birining massasi 50 kg, ikkinchisiniki 60 kg, uchinchisiniki 70 kg. Daryoning bir qirg`og`idan ikkinchi qirg`og`iga o`tib olish uchun ular qanday harakat qilishlari lozim 1.Fermada quyonlar va tovuqlar bor. Ularning boshlari soni 36 ta, oyoqlari soni esa 100 ta. Fermada nechta tovuq va nechta quyon bor ? 2.Fermada quyonlar va tovuqlar bor. Ularning boshlari soni 21 ta, oyoqlari soni esa 70 ta. Fermada nechta tovuq va nechta quyon bor ? 3.Fermada qo`ylar va tovuqlar bor. Ularning boshlari soni 28 ta, oyoqlari soni esa 96 ta. Fermada nechta tovuq va nechta qo`y bor ? 4.Fermada qo`ylar va tovuqlar bor. Ularning boshlari soni 19 ta, oyoqlari soni esa 68 ta. Fermada nechta tovuq va nechta qo`y bor ? 5.Fermada sigirlar va xo`rozlar bor. Ularning boshlari soni 19 ta, oyoqlari soni esa 70 ta. Fermada nechta xo`roz va nechta sigir bor ? 6. saltanatida 3 boshli va 5 boshli ajdarholar yashaydi. Ularning tanalari soni 18 ta, boshlari soni esa 80 ta. Bu saltanatda nechta 3 boshli va 5 boshli ajdarho yashaydi? 7. saltanatida 2 boshli va 6 boshli ajdarholar yashaydi. Ularning tanalari soni 30 ta, boshlari soni esa 104 ta. Bu saltanatda nechta 2 boshli va 6 boshli ajdarho yashaydi? 8. saltanatida 8 boshli va 5 boshli ajdarholar yashaydi. Ularning tanalari soni 23 ta, boshlari soni esa 160 ta. Bu saltanatda nechta 8 boshli va 5 boshli ajdarho yashaydi? 9. saltanatida 3 boshli va 5 boshli ajdarholar yashaydi. Ularning tanalari soni 20 ta, boshlari soni esa 74 ta. Bu saltanatda nechta 3 boshli va 5 boshli ajdarho yashaydi? 10. saltanatida 2 boshli va 5 boshli ajdarholar yashaydi. Ularning tanalari soni 28 ta, boshlari soni esa 80 ta. Bu saltanatda nechta 2 boshli va 5 boshli ajdarho yashaydi? 11.Mars sayyorasida 2 ko`zli va 3 ko`zli mavjudotlar yashaydi. Ularning tanalari soni 18 ta, ko`zlari soni esa 42 ta bo`lsa, bu sayyorada nechta 2 ko`zli va 3 ko`zli mavjudotlar bor ? 12.Mars sayyorasida 3 ko`zli va 5 ko`zli mavjudotlar yashaydi. Ularning tanalari soni 14 ta, ko`zlari soni esa 64 ta bo`lsa, bu sayyorada nechta 3 ko`zli va 5 ko`zli mavjudotlar bor ? 13.Mars sayyorasida 1 ko`zli va 4 ko`zli mavjudotlar yashaydi. Ularning tanalari soni 12 ta, ko`zlari soni esa 36 ta bo`lsa, bu sayyorada nechta 1 ko`zli va 4ko`zli mavjudotlar bor ? 14.Xonada 3 oyoqli va 4 oyoqli stullar bor. Agar xonadagi jami stellar soni 15 ta, stul oyoqlari soni 52 ta bo`lsa, xonada har bir stuldan nechtadan bor ? 15. Xonada 3 oyoqli va 4 oyoqli stullar bor. Agar xonadagi jami stellar soni 18 ta, stul oyoqlari soni 61 ta bo`lsa, xonada har bir stuldan nechtadan bor ? 6-mavzu. Tarozida tortishga doir mantiqiy masalalar. 1.6 ta tanganing bittasi qalbaki. Uning massasi boshqa tangalar massasidan yengil. Toshsiz pallali tarozida ikki marta tortish orqali qalbaki tangani qanday aniqlash mumkin ? 2. 27 ta tanganing bittasi qalbaki. Uning massasi boshqa tangalar massasidan yengil. Toshsiz pallali tarozida uch marta tortish orqali qalbaki tangani qanday aniqlash mumkin ? 3. 18 ta tanganing bittasi qalbaki. Uning massasi boshqa tangalar massasidan yengil. Toshsiz pallali tarozida uch marta tortish orqali qalbaki tangani qanday aniqlash mumkin ? 4. 10 ta tanganing bittasi qalbaki. Uning massasi boshqa tangalar massasidan yengil. Toshsiz pallali tarozida ikki marta tortish orqali qalbaki tangani qanday aniqlash mumkin ? 5. 11 ta tanganing bittasi qalbaki. Uning massasi boshqa tangalar massasidan yengil. Toshsiz pallali tarozida ikki marta tortish orqali qalbaki tangani qanday aniqlash mumkin ? Download 65.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling