1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja


Download 383.95 Kb.
bet22/89
Sana02.12.2023
Hajmi383.95 Kb.
#1779521
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   89
Bog'liq
1-mavzu tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja-fayllar.org

Topinambur (er noki). Topinampur bu ko’p yillik, tashqi sharoitga uncha talabchan bo’lmagan, asosan janubda o’sadigan o’simlikning uncha katta bo’lmagan (50-60 g) tuganak mevasidir. Tuganaklar shakli ovalsimon, urchuqsimon, uzunchoq bo’ladi. Tuganaklarning rangi sarg’ishroq, pushti, qizil, binafsha, eti esa oq, shirinroq bo’ladi. Topinamburni qovurib, qaynatib iste’mol qilinadi va undan fruktoza, spirt kabi mahsulotlar olinadi. Topinambur tarkibida 13-20% inulin, 6% gacha qand, 5% gacha oqsil, 2% mineral moddalar va ozroq miqdorda kraxmal bo’ladi. Ma’lumki, inulin gidrolizlanganda fruktoza qandini hosil qiladi. SHu sababli topinambur fruktoza ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo hisoblanadi. Topinamburdan mollarga ozuqa sifatida ham foydalanish mumkin. Topinambur sovuqqa chidamli bo’lganligi uchun uni qishda tuproq tagida qoldirib, erta bahorda yig’ishtirib olsa ham bo’ladi.
Batat (shirin kartoshka). Janubiy Amerika, Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Yangi Zelandiya kabi mamlakatlarda keng tarqalgan issiqsevar o’simlik hisoblanadi. Respublikamiz iqlim sharoiti ham batat yetishtirishga qulay. SHu sababli batat o’zimizda ham yetishtiriladi. Batatning rangi va shakli har xil bo’lib, o’sib ketgan yon ildizlari ovqatga ishlatiladi. Batat tashqi ko’rinishi, tarkibi va saqlash sharoitlari bo’yicha kartoshkaga juda yaqin tursada, u kartoshkadan yirikroq bo’lishi bilan farq qiladi. Batatning tarkibida 20 %gacha kraxmal, 3-4 % qand, 2 %gacha oqsillar bo’ladi. Batatning uncha shirin bo’lmagan navlari birinchi ovqat tayyorlashga, sersuv, shirin navlari esa ikkinchi ovqat pishirishda qo’llaniladi. SHuningdek, batatdan chorva mollari uchun to’yimli ozuqa sifatida ham foydalaniladi.
Ildiz mevali sabzavotlar.
Sabzi. Sabzida karotin ko’p bo’lganligi uchun u A vitaminini olish uchun asosiy xom ashyo hisoblanadi. Sabzi qadimdan jigar, buyrak, oshqozon ichak, kamqonlik kasalliklarini davolashda foydalanib kelgan.
Ildiz mevasining shakli va uzunligiga qarab sabzilar yassi-dumaloq shaklli, uzunligi 3-5 sm - Parij mushak sabzisi; o’rtacha uzunlikdagi – 8-20 sm va ildiz mevasi urchuqsimon; uzun – 20-45 sm sabzilarga bo’linadi. O’zbekistonda sabzining Mshak 195, Mirzoi qizil 228, Mirzoi sariq 304, Nurli, Nantskaya 4, SHantane navlari rayonlashtirilgan.
CHakana savdo tarmoqlarida aholiga sotilayotgan sabzilar GOST 26767-85 standarti talabiga javob berishi, tayyorlanadigan va jo’natiladigan sabzilar esa GOST 1721-87 standarti talabiga javob berishi kerak.
Biz quyida chakana savdo tarmoqlarida aholiga sotiladigan sabzilarning GOST 26767-85 standarti bo’yicha qanday talablarga javob berishini keltiramiz. Bu standart talabi bo’yicha sabzilar sifatiga qarab saralangan va saralanmagan tovar navlariga bo’linadi.
Standart talabi bo’yicha sabzilarning ikala tovar navi ham yangi, butun, sog’lom, so’limagan, yorilmagan, qishloq xo’jalik zararkunandalari bilan zararlanmagan, ortiqcha namliklarsiz, shakli va rangi bo’yicha shu botanik navga mos, bandining uzunligi ko’pi bilan 2 sm bo’lishi kerak. Saralanmagan tovar navlariga kiritilgan sabzilarda po’stlog’ida chuqurligi 2-3 mm bo’lgan, bitgan yoriqlarga ega bo’lgan hamda shakli o’zgargan, lekin badburush bo’lmagan sabzilar bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Ularning hidi va ta’mi esa aynan shu botanik navga xos, begona hidlarsiz va ta’mlarsiz bo’lishi kerak.
Sabzilarning katta-kichikligi ham ularning sifatini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi. Standart talabi bo’yicha saralangan tovar naviga kiritiladigan sabzilarning uzunligi 10 sm dan kam bo’lmasligi kerak. Bu ko’rsatkich saralanmagan tovar navlari uchun esa chegaralanmaydi. SHuningdek, sabzilarning katta kichikligini baholashda katta ko’ndalang kesimining diametriga ham e’tibor beriladi. Sabzilarning saralangan tovar navlari uchun ildizmevasi katta ko’ndalang kesimining diametri 3-5 sm qilib belgilangan. Saralangan sabzi partiyalarida belgilangan o’lchamdan 0,5 sm dan ortiq farq qiladigan sabzilar bo’lmasligi kerak, saralanmagan sabzi partiyalarida esa ularning miqdori 10% gacha bo’lishiga ruxsat etiladi.
Saralangan sabzi partiyalarida uzunligi 7 sm dan ortiq singan sabzilar bo’lmasligi kerak.
Saralanmagan sabzi partiyalarida esa bu ko’rsatkich 5,0% gacha qilib belgilangan. SHuningdek, ildizmevada uzunligi 2,0 sm gacha, chuqurligi 0,5 sm dan katta bo’lmagan yoriqchali sabzilar saralangan navlarida bo’lmasligi kerak, saralanmaganlarida esa chegaralanmaydi. Bundan tashqari standartda ildizmevaga yopishgan tuproq miqdori 1,0% dan ortiq bo’lmasligi ko’rsatib qo’yilgan.
Boshqa sabzavotlardagi singari sabzi partiyalarining ikala tovar navida ham chirigan, so’lib burishib qolgan, muzlagan, o’zagigacha yorilib ketgan ildizmevalar bo’lishiga ruxsat etilmaydi.

Download 383.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling