1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja


Download 0.51 Mb.
bet23/82
Sana04.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1158077
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82
Bog'liq
ҚХМСДИТдан МАЪРУЗА МАТНИ (rasmsiz)

Pomidorsimon sabzavotlar: Pomidorsimon sabzavotlarga pomidor, qalampir, boyimjon kiradi. Bular issiqqa, namlikka va tuproqdagi oziq moddalarga talabchan janubiy ekin hisoblanadi.
Pomidor. Eng muhim va qimmatli sabzavot ekinlaridan biri hisoblanadi. Pomidorning vatani Janubiy Amerika hisoblanadi. Respublikamizda sabzavot ekinlari orasida maydoni va yalpi hosili bo’yicha birinchi o’rinda turadi.
Pishgan pomidor nihoyatda lazzatliligi, parhezligi bilan ajralib turadi. Tarkibida turli vitaminlar, mineral tuzlar, organik kislotalar va uglevodlar bor. O’rta hisobda pomidorning kimyoviy tarkibi quyidagicha (%): qand – 4,5-5,0, oqsil – 0,95-1,0, yog’lar – 0,2-0,3, tsellyuloza – 0,8-0,9, kul – 0,6, organik kislotalar – 0,5-0,6. Bundan tashqari pomidor tarkibida mineral moddalardan kaliy, natriy, magniy, fosfor, temir tuzlari va vitaminlar (S, V1, V2, RR, karotin) bor. qizil pomidorning rangi likopin pigmenti, sarig’ining rangi esa karotin va ksantofill pigmentlari borligidan dalolat beradi. Lekin, pomidor mevasining tarkibi o’zgaruvchan bo’lib, u ekin naviga, mevalarning pishish darajasiga, hosilni yig’ish muddatiga, o’stirish agrotexnikasi va boshqa omillarga bog’liq bo’ladi.
Pomidor ho’l sabzavot sifatida iste’mol qilinadi, shuningdek, pomidor sharbatini qaynatib tomat pyure, tomat-pasta, tomat sharbati mahsulotlari olinadi.
Pomidor navlari shakliga qarab olchasimon, noksimon, uzunchon, olho’risimon, yapasqi holatlarda bo’lib, yuzasi esa silliq, qirrali bo’lishi mumkin. Urug’donlari qanchaligiga qarab pomidorlar urug’doni kam va urug’doni ko’p bo’ladi.
O’zbekistonda ekiladigan asosiy pomidor navlariga Talalixin-186, Temno-krasno’y-2077, Maykopskiy, Vostok-36, Volgogradskiy-595, Progressivno’y, Yusupov navlari kiradi.
Pomidorlar qaysi maqsadda foydalanishiga qarab yangiligida ovqatga to’g’ridan-to’g’ri ishlatiladigan, butun holatda konservalashga va tuzlashga mo’ljallangan turlariga bo’linadi. Bu uchchala turiga ham qo’yiladigan talablar GOST 1725-85 standartida keltirilgan. Bu standart talabi bo’yicha pomidor yangi, butun, toza, sog’lom, kasalliklarga chalinmagan, pishib o’tib ketmagan, oftob urmagan, mexanik shikastlanmagan, boldoqsiz, shakli esa aynan shu botanik navga mos bo’lishi kerak.
Hidi va ta’mi o’ziga xos, begona hidlarsiz va ta’mlarsiz bo’lishi talab etiladi. Pomidorlarning sifatini baholashda qayd etiladigan ko’rsatkichlardan biri ularning pishganlik darajasi hisoblanadi. Standart talabi bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri iste’molga mo’ljallangan pomidorlar yaxshi pishib yetilgan, qizil yoki pushti rangda bo’lishi kerak.
Pomidorlar uchun ham muhim ko’rsatkichlardan yana biri pomidor katta ko’ndalang kesimining diametri hisoblanadi. Bu ko’rsatkich tabiiy sharoitda yetishtiriladigan pomidorlarning hamma navlari uchun 4 sm dan, uzunchoqsimon, mayda pomidor navlari uchun esa 3,0 sm dan kam bo’lmasligi kerak. Pomidorlar massasida o’lchamlar bo’yicha standart talabiga javob bermaydigan pomidorlar miqdori 5% dan ko’p bo’lmasligi standartda ko’rsatib qo’yilgan. SHuningdek, pomidorlarni iste’molchilarga sotish jarayonida yoriqlari bitmagan, ko’m-ko’k, ezilgan, chirigan, kasalliklarga chalingan, qishloq xo’jalik zararkunandalari bilan zararlangan, so’lib qolgan, muzlagan, ezilib pishib ketgan pomidorlar bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. SHuningdek, standart talabi bo’yicha pomidor mevasiga yopishib qolgan qum, tuproqlar bo’lishiga ham yo’l qo’yilmaydi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling