Faoliyat turiga ko‘ra:
1. Ommaviy bozor turoperatorlari. Ular ommaviy turizm joylariga charter aviareyslardan foydalangan holda turpaketlar sotadilar.
2. Maxsuslashgan turoperatorlar - bozorning ma’lum segmenti yoki mahsulotiga maxsuslashgan turoperatorlardir. Bular o‘z navbatida quyidagilar bo‘lishi mumkin:
maxsus qiziqishlar turoperatorlari (masalan, sport-sarguzasht turizmi, Afrikada safari uyushtirish va boshqalar);
maxsus boriladigan joylar turoperatorlari (masalan, Angliya, Frantsiya va boshqa joylarga safarlar);
ma’lum mijozlar guruhi turoperatorlari (yoshlar, oilalar, ish odamlari va boshqalar);
maxsus joylashtirish joylari turoperatorlari (dam olish uylari, turbazalar va hokazo);
ma’lum transport turlaridan foydalanadigan turoperatorlar (teploxod, poezd va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |