1-mavzu uchun keys
Download 4.12 Kb.
|
1-mavzu
№1-MAVZU UCHUN KEYS: “Merkuriy Ltd.” savdo firmasi o’z faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish maqsadida mutaxassislarni taklif qildi. Mutaxassislar firma ehtiyoj va istaklaridan kelib chiqib savdo jarayonlarini avtomatlashtirish uchun zarur bo’lgan hisoblangan summa firma rahbariyatini qanoatlantirmadi. Shundan so’ng mutaxassislar avtomatlashtirish eng zarur bo’lgan bo’limni aniqlab, loskutli avtomatlashtirish texnologiyasini qo’llagan holda, boshlanishiga sotuv bo’limi faoliyatini avtomatlashtirishga qaror qilishdi. Sotuv bo’limida 4 nafar xodim ishlagan bo’lsa, keyinchalik ham xodimlar soni o’zgargani yo’q. Ammo sotuv ishlarini avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga o’tkazilgandan so’ng sotuv xajmi “x” foizga o’sdi. Foyda esa “u” foizga. Firma bir jinsli mahsulot ishlab chiqaradi va realizatsiya qiladi. Agar boshqa omillarni hisobga olmaydigan bo’lsak, faqat sotuv xajmining o’sishi hisobiga firmaning avtomatlashtirish xarajatlari qancha muddatda qoplanishini hisoblang. Boshlang’ich savdo xajmi – A dona. 1 dona mahsulot narxi – S sh.b. (shartli birlik) Avtomatlashtirish uchun ketgan xarajatlar – B sh.b. Download 4.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling