1-mavzu: Voleybol o‘yinining kelib chiqishi, rivojlanish tarixi va o’yin qoidalari
-mavzu:Voleybol o’yini texnikasi va taktikasining tasnifi
Download 0.69 Mb.
|
VOLEYBOL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Voleybol o’yini texnikasi tasnifi
- Voley bol texnikasi ikkita katta bo‘lim : hujum va himoya dagi
2-mavzu:Voleybol o’yini texnikasi va taktikasining tasnifi
Reja Voleybol o’yini texnikasi tasnifi Voleybol o’yini taktikasi tasnifi Hujum texnikasi va taktik harakatlar Tayanch so’z va iboralar: «Texnika», texnikaning asosiy qismi, Texnikaning detallari, o‘yin texnikasini tasniflash, harakatlanish, Dastlabki holatlar, to‘p uzatish, to‘pni kiritish, pastdan to‘g‘ri to‘p kiritish, yuqoridan to‘g‘ri to‘p kiritish voleybol o‘yini taktikasi, birinchi tempdagi hujumchi, bog‘lovchi o‘yinchi, jamoaviy taktik faoliyat, guruhli taktik faoliyat, «To‘lqin» kombinatsiyasi, yakka tartibdagi harakatlar, jamoaning taktik harakatlari, guruhli taktik harakatlar, yakka tartibdagi taktik harakatlar Voleybol o’yini texnikasi tasnifi Voleybol o‘yin texnikasini o‘yinda qo‘llaniladigan harakat faoliyatlarining maqsadga muvofiq, aniq vazifalarni hal qilishga imkon beradigan usullari yig‘indisi deb atash mumkin. «Texnika» so‘zi yunoncha so‘z bo‘lib, «mahorat» ma’nosini anglatadi. Takomillashgan texnik usullarni egallash bilan yuqori mahoratga erishiladi. Voleybol o‘yin texnikasi o‘yinni olib borish uchun zarur bo‘lgan harakat usullari majmuasidan iboratdir. Harakatlar texnikasi turli vaziyatlarda maqsadga muvofiq, samarali harakat qilish bilan baholanadi. O‘yindagi har bir texnik usulni bajarish bir-biri bilan uzviy bog‘langan harakatlanish tizimidan tashkil topadi. Harakat texnikasi harakat vazifalarini muayyan usul bilan hal qilish uchun zarur va etarli bo‘lgan harakatning dinamik va kinematik xususiyatlaridir (kuchlarning muayyan izchilligi, gavdaning ayrim qismlari o‘rtasidagi muvofiqlik va shu kabilar). Texnikaning asosiy qismi – bu ma’lum bir harakatdagi asosiy mexanizmning eng muhim va hal qiluvchi qismidir. Texnikaning asosiy qismini bajarish nisbatan qisqa vaqt oralig‘ida katta kuch sarflanishi bilan ifodalanadi. Texnikaning detallari – harakatning asosiy mexanizmini buzmaydigan ikkinchi darajali xususiyatdir. Texnika detallari turli sportchilarda turlicha bo‘lib, bu ularning morfologik va funksional imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Texnik harakatlarni bajarishda harakatlarning vaqt jihatidan ma’lum bir fazalari farqlanadi. Odatda, harakatlarning uch fazasi: tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi fazalarini belgilab qo‘yish mumkin. Tayyorgarlik fazasini ahamiyati harakatning bosh fazada bajarish uchun qulay sharoit yaratishdan iborat. Bu sharoitlar yugurib kelish, sakrash, aylanma harakatlarni (to‘siq qo‘yganda, koptokni o‘yinga kiritganda, hujum zarbasini berishda) bajarish bilan yaratiladi. Asosiy fazadagi harakatlar bevosita asosiy harakat vazifalarini hal qilishga qaratiladi. Biodinamik nuqtai nazardan bu fazadagi eng muhim narsa harakatlantiruvchi kuchlardan tegishli vaziyatda, tegishli yo‘nalishda samarali foydalanishdan iboratdir. YAkunlovchi fazadagi harakatlar gavdaning muvozanatini saqlash maqsadida so‘nib boradi yoki keskin tormozlanadi. Voleybol juda dinamik o‘yin bo‘lganligi sababli voleybolchi turli texnik usullarni egallashi, o‘yin vaziyatidan kelib chiqqan holda ularni tanlay olishi va uni tez, aniq bajarishi lozim. Bu esa o‘yinchining texnik mahoratini belgilaydi. YUqori texnik mahorat belgilari quyidagilarda ifodalanadi: harakat usullarining aniq va samarali bajarilishi; halal beruvchi omillar (charchash, psixologik keskinlik, tashqi sharoitning salbiy ta’sirlari va boshqalar) mavjudligida harakatlarning bajarilish barqarorligi; raqib harakatlariga qarab javob harakatlarini tanlash, ularni qayta qurish va bunda harakat qismlarini boshqara olish; usullarning bajarilish ishonchliligi. Voleybol rivojlanishining har xil davrlarida texnik harakatlarni bajarish usullari, talablari, shakli, mazmuni o‘zgardi va takomillashib bordi. Texnik usullarning o‘zgarishiga o‘yin qoidalarining o‘zgarishi, taktik harakatlarning takomillashuvi, o‘yinchilar jismoniy tayyorgarlik darajasining o‘sib borishi asosiy sabab bo‘ldi. Hujum va himoyadagi o‘yin dinamikasining o‘sishi, harakatlar potensialining oshib borishi, hujum va himoyadagi kombinatsiyalar arsenalining kengayishi ham texnik usullarni yangilashga yoki qayta qurishga turtki bo‘ldi. SHunday bo‘lsa-da, o‘yin texnikasida foydalaniladigan usullarning bundan-da samaraliroq imkoniyatlari yo‘q deb bo‘lmaydi. Malakali sportchilarning funksional va jismoniy imkoniyatlari o‘yin texnikasiga yangi, ilg‘or usullarni kiritish va uni ro‘yobga chiqarish uchun istiqbol yaratadi. O‘yin texnikasining tasnifi O‘yin texnikasini tasniflash – ularni shakli, mazmuni, qo‘llaniladigan usullarning nimaga mo‘ljallanganligi, harakatlarning bir-biriga bog‘liqligi, harakatlarning kinematik va dinamik tuzilishga qarab ma’lum guruhlar va bo‘limlarga ajratishdir. Voleybol texnikasi ikkita katta bo‘lim: hujum va himoyadagi texnikalarga bo‘linadi. O‘z navbatida, yuqoridagi bo‘limlar ham texnik usullarning shakli va mazmuniga ko‘ra bir qancha guruhlarga bo‘linadi (1-jadval). Har bir guruhda texnik harakatlarning o‘ziga xos bajarish usullari mavjud bo‘ladi. Holatlar. Voleybol o‘yinida o‘yinchilar to‘p bilan qisqa vaqt ichida harakat qilishlari lozim. SHu sababli u yoki bu o‘yin sharoitida o‘yinchi to‘p bilan o‘ynashi uchun yuqori tayyorgarlik ko‘rishi talab etiladi. SHu maqsadda turli harakat usullarini bajarish uchun turlicha holatlarni egallashi kerak. 1-rasm. Hujum zarbasini berish va to‘siq qo‘yishda – baland (1 a-rasm), o‘yinga kiritilgan to‘pni qabul qilishda – o‘rta (1 b-rasm), hujum zarbasini yoki to‘siqdan pastlab qaytgan to‘pni qabul qilishda – past (1 v-rasm) holatlar egallanadi. Bunda UOM (umumiy og‘irlik markazi)ning holati navbatdagi harakatning xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. SHuni ham ta’kidlash o‘rinliki, o‘yinchining bo‘yi va uning koordinatsion qobiliyati UOMga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun ham samarali turish holati shunday bo‘lishi kerakki bunda UOM tezda tayanch chegarasidan chiqarilib, zarur harakatlanish va faoliyat ko‘rsatish imkoniyatini bera olsin. Turish holatlari navbatdagi harakatlarning qo‘llani-lish xususiyatiga qarab statik (o‘yinchining harakatsiz) yoki dinamik (asosiy tayanchni bir oyoqdan ikkinchisiga o‘tkazish bilan to‘pni qabul qilish, hujum zarbasini berish yoki to‘siq qo‘yishni kutishda) holatlarda bo‘ladi. Bu turish holatlarida qo‘llar bel barobarida, barmoqlar kaftlarga qaragan, gavda esa bir oz oldinga egilgan bo‘ladi. Gavda erkin holatda bo‘lishi kerak. Hujum zarbasini berish va to‘siq qo‘yishda – baland (1 a-rasm), o‘yinga kiritilgan to‘pni qabul qilishda – o‘rta (1 b-rasm), hujum zarbasini yoki to‘siqdan pastlab qaytgan to‘pni qabul qilishda – past (1 v-rasm) holatlar egallanadi. Bunda UOM (umumiy og‘irlik markazi)ning holati navbatdagi harakatning xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Hujum texnikasi Holatlar, harakatlanish, dastlabki holatlar SHuni ham ta’kidlash o‘rinliki, o‘yinchining bo‘yi va uning koordinatsion qobiliyati UOMga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun ham samarali turish holati shunday bo‘lishi kerakki bunda UOM tezda tayanch chegarasidan chiqarilib, zarur harakatlanish va faoliyat ko‘rsatish imkoniyatini bera olsin. Turish holatlari navbatdagi harakatlarning qo‘llani-lish xususiyatiga qarab statik (o‘yinchining harakatsiz) yoki dinamik (asosiy tayanchni bir oyoqdan ikkinchisiga o‘tkazish bilan to‘pni qabul qilish, hujum zarbasini berish yoki to‘siq qo‘yishni kutishda) holatlarda bo‘ladi. Bu turish holatlarida qo‘llar bel barobarida, barmoqlar kaftlarga qaragan, gavda esa bir oz oldinga egilgan bo‘ladi. Gavda erkin holatda bo‘lishi kerak. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling