1-mavzu: XILL reaksiyasi va uning mexanizmi
Download 295 Kb.
|
MUSTAQIL OXIRGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13-MAVZU: FOTOSINTEZDA KVANT CHIQISH VA KVANT SARFLANISH
Kislorodning ta'siri. Fotosintez odatda aerob sharoitda o'tishi
tufayli ushbu jarayonda kislorodning o'rni beqiyosdir. Bu esa kislorod bilan muqobil ta'minlanishni talab qiladi. Ammo havoda kislorodning ko'payib ketishi fotosintezga salbiy ta'sir etishi ham mumkin. Shuni aytib utish lozimki, hozirgi vaqtda kislorodning atmosfera havosidagi miqdori fotosintez jarayoni uchun ko'plik qiladi. Masalan, havoda kislorodni ma'lum darajada kamayishi (3%), yorugMikda nafas olish kuchli bo'lgan dukkakli o'simliklarda fotosintezni nisbiy darajada jadallashtirganligi kuzatilgan. . Kislorodning yuqori (25-30%) miqdorlari fotosintez samaradorligini pasaytiradi (Varburg samarasi). V.V.Polevoyning (1989) fikricha bunga quyidagilar sababchi bo'lishi mumkin. Kislorodning parsial bosimining oshishi va C02 miqdorining kamayishi yorugMikda nafas olish jarayonini kuchaytiradi. Shuningdek, kislorod RDF-karboks.laza femienti faolligini ham pasaytirishi mumkin va oxir oqibatda 02 fotosintezning birlamchi mahsulotlarini ham oksidlashi mumkin. 13-MAVZU: FOTOSINTEZDA KVANT CHIQISH VA KVANT SARFLANISH Xlorofill molekulasi yorug'lik energiyasini kvantlar yoki fotonlar holida yutadi. Buning natijasida xlorofilldagi elektronlar qo'zg'algan holatga o'tadi va pigment ham qo'zg'aladi. Bunda elektron asosiy darajadan (C°) birinchi singlet darajaga (C1) o'tadi va bu juda qisqa vaqt davom etadi (10'9 sek.). Shu qisqa vaqt ichida elektron energiyasi sarflanib, pigment awalgi tinch holatiga (C1 → C°) qaytadi va yangidan boshqa kvanti yutishi mumkin. Agar elektron to'lqin uzunligi cjisqa ko'k binafsha nurlardan bir kvant yutsa yanada yuqoriroq singlet (C") darajasiga o'tadi (C° — C2). Elektronlar qisqa vaqt ichida (10-13 sek.) ikkinchi singlet darajadan birinchi singlet darajaga tushadi (C2 → C1). Bu vaqtda kvant energiyasining bir qismi, issiqlikka aylanib sarf bo'ladi. Fotokimyoviy jarayonlarda, asosan, birinchi singlet (C1) holatdagi elektronlar, ayrim hollarda esa triplet (T1) holatdagi elektronlar ishtirok etadi. Yuqoridagilardan kelib chiqiladiki, xlorofill molekulasi yutgan kvant energiya, asosan, fotosintetik reaksiyalarning sodir bo'lishi uchun sarf bo'ladi va molekuladan yorug'lik yoki issiqlik energiyasi holida ajraladi. Yorug'lik energiyasining fotosintetik reaksiyalardagi samaradorligi yutilgan kvant hisobiga fotosintez jarayonida ajralib chiqqan O2 yoki o'zlashtirilgan CO2 miqdori bilan belgilanadi. Fotosintez jarayonida bir molekula C02 to'la o'zlashtirilishi uchun 502 kJ energiya sarflanadi. Demak, C02+H2 О → [CH20]+02 jarayonini to'la amalga oshishi uchun 700 nm nurning uch kvanti zarur. Chunki ushbu nurning har bir kvanti 171 kJ energiyaga ega. Yutilgan qizil nurlarning foydali ish koeffitsiyenti 40% atroflda ekanligi sababli haqiqatda esa bir molekula C02 o'zlashtirilishi uchun 8 kvant quyosh energiyasi zarur. Download 295 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling