1-mavzu: XILL reaksiyasi va uning mexanizmi
-MAVZU: NAFAS OLISHGA QURG’OQCHILIKNING VA CO
Download 295 Kb.
|
MUSTAQIL OXIRGI
24-MAVZU: NAFAS OLISHGA QURG’OQCHILIKNING VA CO2 NING TA’SIRI
Qurg'oqchilik sharoitlda nafas olish jarayoni. Fotosintez jarayonidan farqli o’laroq oldin anchagina kuchayadi, so'ngra pasayadi. Bu holatga avval aytib o'tganimizdek. qurg'oqchilikda ro'y beradigan polisaxaridlarning parchalanishidan hosil bo'ladigan qandlar miqdorining keskin oshib kelishi sabab bo'lishi mumkin. Chunki, nafas clish jarayoni uning asosiy tarkibiy qismi bo'lgan qandlarga chambarchas bog'liqdir. O'simlikka suv yetishmasligi natijasida uning o'sishi to'xtaydi, ayniqsa barglar va poyalarr.ing o'sishi juda sekinlashadi. Bu holat hujayralarning bo'linishining va ularr.i tuzilishini sekinlashishi natijasida ro'y beradi. Ildizlarning o'sishi esa kuchayadi. Masalan, makkajo'xori, har xil namlikdagi tuproqli idishlarda o'stirilganda ildiz to'qimalari soni va ildiz uzunligi tuproq namligiga teskari tartibda bo'lishi aniqlangan, ya'ni makkajo'xori suvda o'stirilganda tuklar mutlaqo hosil bo'lmagan, tuproqda esa u qanchalik quruq bo'lsa, tuplar soni shunchalik ko'p bo'lgan. Agar tuproqda uzoq vaqt suv yetishmasa, ildizlarning o'sishi ham susayadi. Shuningdek, ildizlarda po'kak hosil bo'lishi ro'y beradi va meristemadan chiqayotgan hujayralaming differensiyalashishi kuchayadi. O'simliklarning haddan tashqari isib ketishdan saqlovchi hollardan biri ularda ketadigan va baquvvat ildiz sistemasi orqali ta'minlanadigan suv bug'lantirish hodisasidir. Qishloq xo'jaligida o’simliklarning issiqqa chidamliligini oshirish uchun ularni barglari va tanasi rux tuzining 0,05%li eritmasi bilan ishlanadi. C02 gazining ta'siri. O'simlik hujayralarida oxirgi mahsulot sifatida C02 miqdorining ko'payib ketishi nafas olish jadalligini pasaytiradi. Chunki hujayralarda C02 miqdorining ko'payib ketishi dekarboksillanish jarayoni to'xtaydi, NOK kamayadi va CO2 gazining ajralishi kamayib, suksinatdegidrogenaza fermenti faolligi ham keskin pasayib ketadi. Shuningdek, C02 yog'larda yaxshi eriganligi uchun uning hujayralarda ko'payib ketishi membranalar o'tkazuvchanligiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. O'simliklarga ushbu gazning narkotik ta'siri ham bo'lishi mumkin. Anaerob sharoitda o'simliklar metabolizmi CO2 tufayli boshqariladi degan fikrlar ham yo'q emas. Barglardagi CO2 gazining yuqori miqdori uning og'izchalarining yopilishiga olib kelib nafas olish jarayoniga ham ta'sir qilishi mumkin. Atmosfera havosida ushbu gaz miqdorining ko'payishi o'simlik to'qimalarida nafas olish tezligining pasayishiga olib keladi. Shuning uchun ham urug' po'stida CO2 qanchalik ko'p bo'lsa, u o'zining unib chiqish qobiliyatini shunchalik yo'qotmaydi. Qishloq xo'jalik mahsulotlari saqlanayotgan omborlarida meva va poliz mahsulotlarining uzoq saqlanishi, muhitdagi C02 miqdoriga bog'liq, ya'ni ushbu gaz miqdorining ko'p bo'lishi ularning nisbatan uzoq saqlanishiga olib keladi. Binobarin to'qimalarda С02 miqdorining ko'p bo'lishi urug'larning uzoq vaqt tinim holatida bo'lishigayordam beradi. Download 295 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling