1-Mavzu: XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Rossiya imperiyasi­ning siyosiy, iqtisodiy va davlat boshqaruv tizimi


–1907- yillardagi inqi­loblar va ularning natijalari


Download 33.92 Kb.
bet3/5
Sana09.05.2023
Hajmi33.92 Kb.
#1448386
1   2   3   4   5
3. 1905–1907- yillardagi inqi­loblar va ularning natijalari. Rossiyada yuz bergan bozor munosabatlariga o’tish bilan sodir bo’lgan o’zgarishlar dvoryanlarning iqtisodiy ahvoliga putur yetkazdi. Pomeshchik­lar­ning olgan vikuplari ham sarflanib ketdi. Kambag’allashayotgan dvoryanlar eski feodal tartibni xohlar edilar. Ular Rossiya imperiyasining tayanchi edilar. Rus imperiyasi feodal-dvoryanlar davlati edi. Korxonalarda ish soatlari 12–13, to’qimachilikda esa 13–14 soatni tashkil etardi. Kavkaz, Qozog’iston, O’rta Osiyoda ishchilarning ahvoli yanada og’ir edi.
Mana shularning natijasida ishchilar manfaatlari uchun kurashadigan harakatlar yuzaga keldi. 1883- yilda G. V. Plexanov “Mehnatni ozod qilish guruhi”ni tuzdi. Xuddi shunday guruh Sankt-Peterburgda bolgar talabasi Dmitriy Blagoyev tomonidan ham tuzilgan edi. 1885- yilda P. Tochisskiy guruhi ham faoliyat ko’rsatar edi. Brusnev guruhi ham ishchilarning himoyachisi bo’lgan. Shuningdek, 80–90- yillarda ijtimoiy harakat milliy o’lkalarga ham yetib bordi va Ukraina, Boltiqbo’yi, Kavkazorti va O’rta Osiyoga tarqaldi. Ushbu harakat O’rta Osiyoda jadidchilik ko’rinishida namoyon bo’ldi.
1898- yilda tuzilgan Rossiya sotsial-demokratik ishchilar partiyasi (RSDRP)ning tashkiliy zaiflig’ini his qilg’an V. Lenin, qat’iy markazlashtirish va ozchilikning ko’pchilikka bo’ysunishi asosida uni qayta tuzish rejasini taklif qildi. RSDRPning Londonda bo’lgan II s’yezdi partiyaning yangi ustavi va dasturini qabul qildi. S’yezdda partiya a’zolarining jamiyatda radikal o’zgarishlar tarafdorlari – bol’sheviklarga va mo’tadil-liberal pozitsiyani egallagan mensheviklarga ajralishi ro’y berdi.
Partiya ichidagi ajralgan guruhlar o’rtasida yarashish murosasini topishga bo’lgan muvaffaqiyatsiz urinishlardan so’ng V. Lenin bol’sheviklar fraksiyasini ajratishga qaror kildi. U “proletar intizomi”ga bo’ysunishni, partiya tashkilotlarining markazlashtirilgan va iyerarxiyaga asoslangan bo’lishini talab qiladi. “Bir qadam olg’a, ikki qadam orqaga” asarida Lenin partiya iyerarxiyasining markazlashtirilgan tamoyilda asosida qurilishida uzil-kesil to’xtaladi. “Demokratizm anarxiyaga olib boradi, deydi Lenin va bu bilan ishchilar ommasining siyosiy masalalarni hal qilishda ishtirok etish huquqini poymol qiladi. Sotsial-demokrat yakobinchi bo’lmog’i kerak; tozalash va zo’ravonliksiz inqilob va proletariat diktaturasi bo’lmaydi”1.
1905- yil 9- yanvarda Peterburg’da ro’y berg’an “Qonli yakshanba”da ishchilarning shafqatsiz jazolang’anlig’i haqidag’i xabar Jenevag’a yetib borg’anida rus emigrantlari kuchli hayajonga tushdilar.
1905- yilning’ bahorida Londonda o’tgan bol’sheviklar partiyasining III s’yezdi (bir vaqgning o’zida mensheviklar ham Jenevada o’z s’yezdlarini o’tkazdilar) ish tashlash “partiyaning eng dolzarb vazifalaridan biridir” degan qaror qabul qildi va mahalliy partiya tashkilotlariga darhol ish tashlash uchun tashviqot qilishga, ishchilarni qurollantirish va jangovar guruhlar tashkil etishga kirishish topshirig’ini berdi. V. Lenin ma’lum darajada shafqatsiz zo’ravonlik qo’llangan holda partizanlik uslublari asosida qurilgan bu jang’ovar guruhlar faoliyatining’ taktikasini mustaqil ishlab chiqdi. Marksizmning’ harbiy mutaxassisi hisoblangan F. Eng’yelsning’ asarlarini o’qish o’z mahsulini berdi. Uning “urush singari qo’zg’olon ham san’at va u ma’lum bir qoidalarg’a asoslanadi”, deg’an tamoyilda V. Lenin uchun hal qiluvchi bo’ldi. V. Lenin askarlarning rus-yapon urushi maydonidan qaytishini, shuningdek, dehqonlar noroziliklari kuchayishini kutish va 1906- yilning bahorida zarba berish kerak, deg’an fikrda edi. Biroq 1905 yilning sentyabrida ish tashlashlar to’lqinining ko’tarilishi V. Leninni Rossiyaga qaytish zarurligig’a ishontirdi.
1904- yilda ijtimoiy harakatlar Peterburgda qayta jonlandi. 250000 ishchi bo’lgan poytaxt fuqarolari urushga qarshi qo’zg’aldi. Ular non, ish talab qildilar. Imperiyaning qo’riqlash xizmati tavsiyasi bilan ruhoniy pop Gapon “Sankt-Peterburg shahrining rus fabrika-zavod ishchilari yig’ilishi” degan jamiyat tuzdi. U ishchilarni kurashmasdan, podshoga “iltimosnoma” bilan murojaat qilishga chaqirdi. Unda Ta’sis Majlisini chaqirish, demokratik erkinliklar berish, urushni to’xtatish kabi talablar yozilgan edi.
1905- yil 9- yanvarda yuz minglab ishchilar xotin-bolalarini olib, podshohga arz qilishga jo’nadilar. Ammo imperator ularni o’q bilan qarshi oldi. 5000 dan ortiq kishi o’ldi va yarador bo’ldi. “Qonli yakshanba” deb tarixga kirgan ushbu xunrezlikdan butun mamlakat ishchilari Moskva, Riga, Varshava, Boku va boshqa joylarda ish tashladilar. 1905- yil 12- mayda Ivanovo-Voznesenskda yirik ish tashlash sodir bo’lgan bo’lsa, 1905- yilning yozida esa Qora dengiz flotida matroslar qo’zg’oloni bo’lib o’tdi.
Bundan qo’rqib ketgan podsho hukumati Dumaga saylovlarga ruxsat berdi. Ammo Dumaga o’tkazilgan saylovlar natija bermadi. Duma tarqatib yuborildi. 1907–1912- yillar Rossiya tarixida chor hukumati raisi Pyotr Arkadevich Stolipin nomi bilan “reaksiya yillari” deb ataldi.

Download 33.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling