1-Mavzu: Xizmat ko’rsatish jarayonidagi xatti-harakatlar. Reja


Ichki trening va kasbiy tanlovlarda ishtirok etish


Download 0.89 Mb.
bet11/42
Sana19.02.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1214233
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42
Bog'liq
Mijoz

Ichki trening va kasbiy tanlovlarda ishtirok etish.

Trening mashg‘ulotlari uchun maxsus vaziyat, aniq maqsad, shaxsiy ehtiyojlar hamda mashg‘ulotlarni o‘tkazuvchi shaxs yoki boshlovchi bo’lishi zarur.
Trening — emotsiyaga boy, noan’anaviy mashg’ulot bo’lib, shaxsning muloqot usulini o’zgartirish, uyg’unlashtirishga, shaxslararo munosabatlarni yaxshilash, boshqa odamlar bilan muloqotda yuzaga keladigan qarama-qarshiliklarni hal etishga yo’naltirilgan.
Trening maqsadlari inson psixologiyasining murakkab jarayonlariga, nozik tomonlariga ta’sir etishi mumkin, shuning uchun t renerning ishini qimmatbaho toshga ishlov berayotgan zargar mehnati bilan taqqoslashgan. Shuningdek, trenerning zargarlik mahorati guruhda intizomni (ayniqsa guruh maktab yoshidagi bolalar va o’smirlardan tashkil topgan bo’lsa) o’rnatishdan, treningni yangi g’oyalarni qo’llash bilan boshlanadi.
Eng muhimi guruhni tashkil qilish bosqichi bo’lib, bunda quyidagi jihatlarga e’tibor berish kerak:

  • Har qanday treningda (faqat nogironlar bilan o’tkaziladigan maxsus treninglarni hisobga olmaganda) tashqi jismoniy defektga ega bo’lgan va psixik holatida buzilishlar bo’lgan kishilar ishtirok etmasligi lozim. Negaki, bunday holatlarda aynan ana shunday kamchilikka ega bo’lganlarda aks ta’sir bo’lishi ehtimoli kuchliroqligi har qanday mutaxassis uchun tushunarli bo’lsa kerak.

  • guruh a’zolarining soni 8 tadan 12 tagacha (ba’zi hollardagina 20 tagacha) bo’lgani ma’qul.

  • ishtirokchilarning yoshi iloji boricha taxminan teng bo’lishi, ya’ni ular orasidagi farq 4-5 yoshni tashkil etishi mumkin (Alohida qayd etish lozim, 45-50 yoshdan kattalar uchun trening juda katta va ahamiyatli ta’sirga ega bo’lmasligi va ular kutganchalik natija bermasligi ham mumkin).

  • ishtirokchilar orasida ayol va erkaklar soni imkoni boricha teng bo’lishi kerak.

  • Bundan tashqari yana quyidagilarga ham e’tibor berish lozim bo’ladi:

  • Treningda muammosi bir xil bo’lgan odamlarni to’plash kerak.

  • Trening ishtirokchilari iloji boricha bir-biriga notanish bo’lishlari lozim.

  • Trening o’tkaziladigan xona albatta izolyatsiyalangan bo’lishi shart, ya’ni hech kim ularni bezovta qilishi mumkin emas va ular ham boshqalarga halaqit bermasligi kerak.

  • Rasmiylashgan guruh bo’lishiga yo’l qo’ymaslik lozim.

  • Trenerdan auditoriya erkin bo’lishini ta’minlash va auditoriyani yaxshi bilish talab etiladi.

Trening insonga eng ko'p yo'naltirilgan investitsiya hisoblanadi, chunki trening jarayonida inson muayyan maqsadlarga erishish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni shaxslararo munosabatlarda shakllantiradi. Trening mashg'ulotning turli shakllarini - ma'ruzalar, vaziyatlarni tahlil qilish, biznes o'yinlari, shaxsning muayyan muammolarini hal qilishga qaratilgan zarur ko'nikmalarni rivojlantirish uchun turli mashqlar to’plamidir. Muloqot treninglarining turli shakllarining mohiyati an'anaviy mashg’ulotlarga qaraganda ancha samarali chiqishini ta’minlaydi. Jumladan:

    • muloqot jarayonida axborot almashish;

    • o'zaro ta'sir va o'zaro tushunish;

    • samarali aloqa ko'nikmalarini rivojlantirish;

    • muloqotda to'siqlarni engib o'tish istagini uyg'otish;

    • inson hayotiy ehtiyojlaridan biri bo'lgan aloqaga qiziqish;

    • har xil aloqa vaziyatlarida aloqa o'rnatish imkoniyatlarini kengaytirish;

    • boshqa odamlarni, o'zlarini, shuningdek odamlar o'rtasidagi munosabatlarni tushunish ko'nikmalarini rivojlantirish;

    • samarali tinglash ko'nikmalarini o'zlashtirish;

    • o'zini o'zi bilish va o'zini anglash jarayonini faollashtirish;


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling