1-Mavzu: Xizmat ko’rsatish jarayonidagi xatti-harakatlar. Reja


Tashkiliy madaniyatning asosiy maqsadi


Download 0.89 Mb.
bet37/42
Sana19.02.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1214233
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
Mijoz

Tashkiliy madaniyatning asosiy maqsadi - bu xodimlarning eng samarali ishlashini ta’minlash, bajarilgan ishdan qoniqish olish. Begona madaniy muhitda bo'lgan odam etarli darajada samarali ishlamaydi, uning faoliyati cheklangan va chegaralangan bo’ladi. Agar uning qadriyati tashkilot madaniyatiga mos keladigan bo'lsa, xodim umumiy maqsadda ishtirokini his qiladi va to'liq fidoyilik bilan ishlashga harakat qiladi.



Tashkiliy madaniyatni boshqarish modeli.
Yuqorida keltirilgan 1-rasmda tashkiliy madaniyatni boshqarish madeli ko’rsatilgan va rasmdan ko’rinib turganidek tashkiliy madaniyat yangi tashkil qilingan korxona va mavjud korxona uchun turli tartibda amal qiladi. Dastlab korxona uchun bozor va jamiyat talabini hisobga olgan holda tashkilot vazifasi va strategiyasi ishlab chiqiladi, so’ngra esa tashkiliy madaniyat shakillantiriladi. Yangi tashkil etilayotgan korxonalarda tashkiliy madaniyatni shakllantirishda ishchilar milliy, diniy qadryatlarini inobatga olgan holda shakillantirish lozim, shundagini tashkiliy madaniyatni hodimlarga singdirish oson kechadi.
Shunday qilib, tashkilot madaniyatini shakllantirish murakkab jarayon bo'lib, ko’p vaqt va menejerlarning yuqori professionalligini talab qiladi. Aslida, tashkilot madaniyatining shakllanishi tashkilotning barcha xodimlariga umumiy qadriyatlarni "singdirishni" nazarda tutadi. Bu muammoni hal qilishdagi muvaffaqiyat, rahbariyat e'lon qilgan tashkiliy qadriyatlar xodimlarning shahsiy qadriyat yo'nalishlariga qanchalik mos kelishiga bog'liq. Agar xodimlar va tashkilot rahbariyatining qadiryat yo'nalishlari bir-biriga mos kelmasa, bu turli xil nizolarga, umidsizlikka olib keladi, bu esa tashkilot faoliyati natijalarining pasayishini keltirib chiqaradi.
Tashkilotning tashkiliy madaniyatini shakillantirish korxonaning ishlashi va samaradorlikka erishishida muhim ahamiyatga ega. Kuchli ichki madaniyatga ega bo'lgan tashkilot tashqi muhitdan kelgan signallarga e'tibor bermaydi. Tashqi muhit sharoitlari va chki talablar doimiy ravishda o’zgarib boradi, shuning uchun kompaniya doimo yangi maqsadlar va qadriyatlarni shakllantirib borishi kerak.


  1. Download 0.89 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling