1-Mavzu: Xizmat ko’rsatish jarayonidagi xatti-harakatlar. Reja


Download 129.89 Kb.
bet1/4
Sana19.02.2023
Hajmi129.89 Kb.
#1214216
  1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu Mijoz 111


1-Mavzu: Xizmat ko’rsatish jarayonidagi xatti-harakatlar.
Reja:

  1. Suhbat davrida o’zini tutish va hatti-harakatlar qilish qoidalari.

  2. Mijozlar bilan muloqot qoidalari.




  1. Suhbat davrida o’zini tutish va hatti-harakatlar qilish qoidalari.

Amaldagi etiket qoidalari odamlarning bir–birlari bilan muloqotga tushishida va salomlashishida qator talablarga rioya qilishni taqozo etadi. Ular suhbat va salomlashish davrida o‘zini tutish qoidalari deb ataladi. Bu qoidalar suhbat davrida suhbatdoshning yuziga qarab gaplashish usullarini, suhbatdosh fikrini tinglash va o‘tirish hamda imo–ishoralarni o‘z ichiga oladi.
Suhbat va munozara paytlarida suhbatdoshlar va hamkorlarning bir-birlarining yuziga qarab gaplashish qoidasi qabul qilingan. Suhbatlashish davrida suhbatdoshning yuziga qarab gapirish bu oddiy bir harakat emas, katta bir san’at hisoblanadi, chunki ba’zi bir qarashlar suhbatdoshni o‘ta noqulay holatga tushirib qo‘ysa, ba’zi qarashlar esa suhbatdoshni muloqotning ijobiy kechishiga moyil qiladi.
Bir–birlarining yuziga qarab suhbatlashish suhbatdoshning sizni diqqat va o‘z fikrini bayon qilishda salmoqli so‘zlarni gapirish uchun dalda beradi. Suhbatdoshning yuziga qarashda etiket qoidalari bir nuqtaga qarab qolishni yoki boshidan oyog‘igacha qarashni tavsiya qilmaydi, chunki suhbatlashish davrida noqulay vaziyat paydo bo‘libgina qolmasdan suhbatdoshga salbiy ruhiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday qarashlar suhbatdoshning etiket qoidalarini bilmasligiga yoki kamsitish maqsadida qilgan xarakati natijasida sodir bo‘ladi. Madaniyatli biznesmen bunday qarash uchun hech qachon harakat qilmaydi.
Amaldagi etiket qoidalari suhbatdosh yuzining faqat bir nuqtasiga tikilib qolmasdan butun yuzi bo‘yicha ko‘z yugurtirishni tavsiya qiladi. Bundan tashqari, suhbatdoshning iyagidan pastga qaramaslik kerak. SHuning uchun ham ayol biznesmenlar iyagidan pastga qarashga majbur qiladigan yoqasi o‘ta ochiq ko‘ylaklarni kiyib, rangi va o‘lchami bo‘yicha suhbatdoshning diqqatini o‘ta tortadigan taqinchoqlarni, erkaklar esa rangdor va gulli galstuklarni taqib ishga va suhbatga kelmasliklari kerak.
Kundalik uchrashuvlarda suhbatdoshning avval ko‘ziga qarash va keyin uning butun yuzi bo‘yicha ko‘z yugurtirib turish(ko‘zidan peshonasiga, peshonasidan burniga, burnidan lablariga, lablaridan qo‘loqlariga qarash) tavsiya qilinadi. Kundalik uchrashuvlarda ham suhbatdoshning yuziga tikilib qarash
taqiqlanadi. Qarash nazokatli va suhbatdoshga ozor etkazmaydigan bo‘lishi kerak. Bu qarashlarning universal usuli bo‘lib, har qanday vaziyatda ham undan foydalanishga harakat qilish kerak. Bu usul ikki biznesmenning bir–birlari bilan qarama–qarshi o‘tirib suhbatlashishida samarali hisoblanadi.
Amaldagi etik qoidalarga ko‘ra suhbatdoshning yuziga o‘ta tikilib(jiddiy) qarash ham mumkin emas. Lekin amalda bunday qarashlar tez-tez uchrab turadi. Jiddiy, ya’ni o‘ta yaqin tikilib qarash usulida iyagidan pastga qarashga ruxsat berilmaydi. Endi siz tuflingizga yoki galstugingizga diqqat bilan qarab turgan kishini ko‘z oldingizga bir keltiring-chi, sizda qanday fikr sodir bo‘ladi: «nima uchun u mening tuflimga yoki galstugimga bunday tikilib qarayapti?» - degan fikr paydo bo‘ladi va o‘zingizni birdaniga noqulay sezib boshlaysiz. SHu sababli ham biznesmenlar faoliyatida qarashlarning bu usulidan foydalanish mumkin emas. Ushbu usuldan og‘a-inilarning va bir–birlariga o‘ta yaqin kishilarning uzoq vaqt o‘tgandan keyin uchrashuvlarida
foydalaniladi.
Amaldagi etiket qoidalari suhbat yoki muzokara o‘tkazish stoli atrofida o‘tirishga ham qator talablar qo‘yadi. Ma’lumki, biznesmenlar uchrashuvlarida har bir suhbatdosh egallab turgan lavozimiga va yoshiga qarab o‘tirg‘iziladi. Suhbat davrida stol atrofida o‘tirishda ham qator etiket talablariga rioya qilinish kerak: birinchidan, stulning suyanchig‘iga suyanib tik o‘tirishni, ikkinchidan, oyoqlarini tik va elka kengligida ushlab turishni, uchinchidan, butun suhbat davrida ikkala qo‘lning ham tizza ustida bo‘lishini talab qiladi. Agar siz uchun qo‘lni tizza ustida ushlab turish qiyinroq bo‘lsa, uni stol ustida ushlab turish ham mumkin. Lekin amaldagi etiket qoidalariga ko‘ra stolga tirsagi bilan suyanib o‘tirish qat’iy man qilinadi. Qo‘llarni stolga qo‘yib o‘tirganda ham qalam, ruchka yoki ko‘zoynak bilan o‘ynab, ularni yoki stolni chertib, taqillatib o‘tirish, marjon yoki sumka bog‘isini o‘ynash, barmoqqa soch tolasini o‘rash, suhbatdoshga teginish, uning elkasiga yoki tizzasiga qo‘lini qo‘yish, elkasiga qoqish, engi yoki pidjak tugmalarini ushlab, ko‘rib o‘tirish ham tavsiya qilinmaydi. Stolda yoni bilan o‘tirish suhbatdoshga nisbatan o‘ta hurmatsizlik belgisi hisoblanadi.
Agar suhbatdoshning gaplari sizning fikringizga umuman to‘g‘ri kelmasada etiket qoidalari uning gaplarini luqma tashlamasdan va bo‘lmasdan oxirigacha eshitishni va aksincha sizning fikringiz bilan uyg‘unlik joyini topishni talab qiladi. Suhbatdosh gapini tamom qilgandan keyin siz suhbat mavzusiga nisbatan shoshmasdan va dalillar asosida xushmuomalalik bilan o‘zingizning fikringizni bildirishingiz mumkin. O‘z fikrini bildirishdan oldin suhbat tashkilotchisidan ruxsat va boshqa ishtirokchilardan kechirim so‘rash lozim. Etiket qoidalariga rioya qilmasdan suhbatdosh gapirayotganda ha deb luqma tashlayverish, savollar beraverish va qo‘li hamda gavdasi bilan imo–ishoralar qilaverish- bu tajanglik, madaniyatsizlik va hurmat qilmaslik
belgisi hisoblanadi. Bundan tashqari suhbatdoshning gapirayotganida qo‘li va butun gavdasi bilan nojo‘ya harakatlar qilish nafaqat tarbiyasizlikni, asabning tajangligini ham bildiradi. Bevosita suhbatlashish jarayonida suhbatdoshlar chehralari ochiq bo‘lishni va gaplashishda bir-birlarining ko‘zlari mehribonlik bilan qarashni talab qiladi. SHuning uchun ham suhbat davrida ko‘zi bilan boshqa tomonga qarab suhbatdosh bilan gaplashish etiket qoidalari talablariga to‘g‘ri kelmaydi.
Biznes bo‘yicha har qanday muloqot do‘stona va moyillik bilan olib borilishi kerak. Buning uchun ikkala tomonning ham suhbatga qiziqishi bo‘lishi kerak. Uning garovi sifatida ikki tomonning ham kayfiyati yaxshi bo‘lishi shart. Suhbatdosh bilan bir tekisda, ya’ni qattiq va o‘ta ham yumshoq gapirmasdan, juda ham xushmuomalali gaplashish lozim.
Xuddi shuningdek, suhbat davrida yuz-aftini burishtirib, og‘izlarini qiyshaytirib, burunlarini qimirlatib va tortib turish ham mumkin emas. Bunday hatti-harakat suhbatdoshni haqoratlashdan tashqari, bunday harakatlar qilgan kishini tasqara (kulgili) holatga solib qo‘yadi.
Bundan oldin ta’kidlanganidek, suhbat davrida sigaret chekish va saqich chaynash ham mumkin emas.
Suhbatda o‘zining bilimdonligini namoyon qilish maqsadida juda ham g‘alati va chet tili atamalarini ha deb ishlatavermaslik kerak. Bu shunday holatni keltirib chiqarishi mumkinki, suhbatdoshlarning bir guruhi atamalar mohiyatini bilmasligi sababli suhbatdoshning gapini tushunmasligi, chet tillardan xabardor bo‘lgan hamkorlarning ikkinchi guruhi uning ustidan ichida kulib o‘tirishi mumkin. SHuning uchun ham suhbat davrida shoshilmasdan, so‘zlarning oxirini yutmasdan oddiy adabiy tilda gapirish kerak. Gapirishda ham ko‘p ma’noli va suhbatdoshga og‘ir
botadigan so‘zlarni ishlatmaslikka harakat qilishi lozim. Bunda so‘zlarning aniq talaffuz qilinishiga, sheva, ko‘cha va jargon so‘zlarni ishlatmaslikka harakat qilinishi shart.
Ko‘rsatilganlardan tashqari suhbat uchun kerakli muhitni yaratish uchun hamsuhbatning, agar tengqur yoki yoshi kichik bo‘lsa, ismini tilga olib gapirish, hurmat qilish hamkor yoki tanishning gapirayotgan gapiga so‘zsiz qiziqayotganligini bildirish kerak. Uning uchun so‘zlar xushmuomalali bo‘lishidan tashqari, chin ko‘ngildan gapirilishi va suhbat mavzusi qiziqarli bo‘lishi shart. Bundan tashqari gaplarni shunday tuzish va boshlash kerakki, bo‘lajak hamkor yoki tanishda sizning fikringizga qiziqadigan va «ha, sizniki to‘g‘ri» degan tuyg‘uni keltirib chiqaraoladigan bo‘lishi kerak. SHundagina o‘z foydasi uchun masalani hal qilishi imkoniyatiga ega bo‘ladi. SHuning uchun bo‘lajak hamkor va tanishlar oldida o‘zingizning bilimdonliginggizni ko‘rsatishga va qo‘pol harakat qilishga intilmaslik kerak. Suhbat jarayonida qo‘yilgan masalani faqat o‘zining foydasiga hal qilishga intilmasdan hamkor va tanishlarning ham manfaatlarini hisobga olish zarur.
Suhbat davrida qo‘li, panjalari va ko‘zlari bilan hech qanday harakat qilmaslik kerak. Har bir so‘zsiz harakat va imo–ishora mazmunga ega bo‘lib, suhbatdoshlar tomonidan osongina anglab tushunib olinadi(jadval).
YAna shunga e’tibor berish kerakki, suhbat tamom bo‘lgandan keyin suhbatdoshlarga rahmat aytmasdan va xayrlashmasdan chiqib ketish ham mumkin emas, chunki bunday harakat etiket qoidalariga zid keladi. Agar juda ham shoshilayotgan bo‘lsangiz, boshqalardan kechirim so‘rab, xayrlashib chiqib ketish mumkin. Lekin etiket qoidalariga ko‘ra boshqa korxonalardan kelgan suhbatdoshlarni binodan chiqish eshigigacha, agar bino ko‘p qavatli bo‘lsa, liftgacha bir–birlariga yaxshi tilaklar tilab kuzatib qo‘yishlari lozim. Bu erda evropacha va sharqona etiket talablari bir–birlariga to‘liq mos keladi.

Download 129.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling