1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


Download 3.09 Mb.
bet29/108
Sana15.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1776812
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   108
Bog'liq
xorijiy investitsiya maruza (2)

Tarkibiy islohotlar — iqtisodiyot sektorlari o’rtasidagi nisbatlarning o’zgarishi, yangi soha va tarmoqlarning rivojlanishi va yirik kompaniyalar darajasidagi tashkiliy-huquqiy o’zgarishlarning amalga oshirilishidir.
Iqtisodiyotning tarmoq tarkibi — ayrim tarmoqlarning YaIMdagi, asosiy ishlab chiqarish fondlaridagi, ishlayotganlarning sonidagi ulushi bilan belgilanadi.
Iqtisodiyotning texnologik tarkibi — ishlab chiqarishning texnologik bazasini belgilovchi texnologik ukladlarning yig’indisi bilan belgilanadi.
Iqtisodiyotning mintaqaviy tarkibi — milliy xo’jalik sub’ektlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotini ishlab chiqarishdagi ulushi bilan belgilanadi.
Iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy tarkibi - mamlakatdagi mulk shakllarining yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarishdagi, band bo’lganlarning umumiy soni, asosiy kapitalga sarflangan investitsiyalardagi ulushi bilan belgilanadi.
Kapitalning kontsentratsiyalashuvi, kooperatsiyalashuvi va markazlashuvini aks ettiruvchi iqtisodiyot tarkibi — kichik, o’rta, yirik korxonalar, moliya-sanoat guruxlari, transmilliy kompaniyalarning YaIMni ishlab chiqarishdagi o’rni bilan belgilanadi.
3-mavzu: O’zbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning huquqiy asoslari va xorijiy investorlarga yaratilgan shart-sharoitlar

3.1. Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning huquqiy asoslari


3.2. Xorijiy investorlarning huquq va majburiyatlari hamda ularga berilgan kafolatlar
3.3. Xorijiy sarmoyadorlarga yaratilgan imtiyozlar va rag’batlantirish omillari


3.1. Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning huquqiy asoslari

Respublikada qulay investitsiya muhitini shakllantirish bo’yicha ishlarni yanada kuchaytirish uzoq muddatga mo’ljallangan strategik vazifa hisoblanadi. Ichki kredit manbalarini safarbar etash chora-tadbirlari bilan birgalikda xorijiy investitsiyalarni rag’batlantirishga xizmat qiladigan qulay muhit yaratish masalasi biz uchun o’ta muhim strategik ahamiyatga ega.


Mamlakatdagi siyosiy va makroiqtisodiy barqarorlik, xorijiy investorlar huquqlarini himoya qilishning kuchli kafolati va keng imtiyozlar tizimi kabi omillar tadbirkorlar uchun eng qulay shart-sharoit yaratmoqda. Bundan tashkari, ishlab chiqarish uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi xom ashyo, materiallar, energiya resurslari va yuqori malakali ishchi kuchi bahosi qo’shni mamlakatlarga nisbatan arzon bo’lishi xorijiy investitsiyalarni mamlakatimizga jalb qilmoqda.
O’zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni jadallashtirishga yo’naltirilgan faol siyosat olib borilmoqda. Milliy valyutaning joriy operatsiyalar bo’yicha konvertatsiyasining ta’minlanishi va islohotlarni amalga oshirish strategiyasi O’zbekistonda iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va xorijiy kapital ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay asosni shakllantiradi.
O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatiga doir huquqiy hujjatlar tizimida xorijiy investitsiyalar masalasiga bevosita taalluqli bo’lgan qonunlar muhim o’rin tutadi. Xorijiy investorlarning samarali faoliyat ko’rsatishi kafolatlarini ta’minlash, xorijiy moliyaviy va boshka resurslarni zamonaviy chet el texnologiyasi va boshqaruv tajribasini jalb qilish xamda undan okilona foydalanish maqsadida mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga, shuningdek uning jahon tizimiga integratsiyalashuviga ko’maklashish uchun 1994 yil 5 mayda O’zbekiston Respublikasining “Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida”gi Qonuni qabul qilindi. Shuningdek O’zbekistondagi investitsion takliflarni tayyorlash va amalga oshirishda xorijiy investorlar va mahalliy hamkorlarga amaliy yordam ko’rsatish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 21 avgustdagi Farmoni bilan nohukumat tashkilot maqomiga ega bo’lgan xorijiy investitsiyalar bo’yicha Agentlik tashkil etildi. Vaqt o’tishi bilan iqtisodiy o’sishning jadal borishini ta’minlash, respublika iqtisodiyotiga xorijiy mamlakatlarning ilg’or texnologiyalarini jalb qilish va umuman jahon andozalariga erishish uchun xorijiy investitsiyalar sohasidagi mavjud qonunchilik bazasini qayta ko’rib chiqish zarurati ob’ektiv ravishda paydo bo’ldi.
Shu munosabat bilan 1998 yil 30 aprelda Oliy Majlis tomonidan yangi hujjat — “Chet el inves­titsiyalari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni va “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolat­lari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida”gi Qonun qabul qildi.
Keyingi yillarda respublikaning investitsiya faoliyati ortib borayotganligini ham aytib o’tish kerak Xorijiy sarmoyani keng jalb qilish asosan tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirishga, iqtisodiy sohani mustaxkam moddiy-texnika bazasini yaratishga, mamlakatning makroiqtisodiy barqarorligini va iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan.
Investitsiyalarni mamlakatga jalb qilishda huquqiy asoslarga taalluqli hozirgi vazifa — bu hukumatning xorijiy investitsiyalar bo’yicha uzoq, muddatli barqaror pozitsiyalarini shakllantirish va uni potentsial xorijiy investorlarga etkazishdan iboratdir.
Respublikamizda xorijiy investorlar uchun huquqiy kafolatlar va imtiyozlarning keng qamrovli tizimi shakllantirilgan. Bu tizim “Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi, “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida”gi va “Qimmatli qog’ozlar bozorida xorijiy investorlar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi qonunlarga asoslangan. Ushbu qonunlar xorijiy investorlarning teng huquqli va adolatli shart-sharoitda faoliyat olib borishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatini rag’batlantirish maqsadida soliq imtiyozlari va preferentsiyalarni o’z ichiga oluvchi qo’shimcha chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilgan.
O’zbekiston Respublikasida xorijiy investorlar faoliyati 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni bilan kafolatlanadi.
Xorijiy investorlar huquqlarini kafolatlashda davlat mas’ul organ hisoblanadi. Xususan, Adliya vazirligiga xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyali korxonalarga nisbatan nazorat qilish organlari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralarining investorlar huquklarini buzuvchi qarorlarini to’xtatib qo’yish, tegishli davlat va boshqaruv organlariga bunday qarorlarni bekor qilish borasida takliflar kiritish huquqi berilgan. Bunday yondashuv xorijiy investorlar faoliyati bilan bog’liq munosabatlarda qonun ustuvorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlat O’zbekiston Respublikasi hududida chet ellik investorlar investitsiya faoliyatini amalga oshirishlari chog’ida ularning barcha huquqlarini kafolatlaydi va himoya qiladi.
Chet ellik investorlar va chet el investitsiyalari uchun adolatli va teng huquqli rejim, ularning to’liq va doimiy himoyasi hamda xavfsizligi ta’minlanadi. Bunday rejim O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilab qo’yilgan rejimga qaraganda noqulayroq bo’lishi mumkin emas.
Chet el investitsiyalarining huquqiy rejimi O’zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiyalarning tegishli rejimiga qaraganda noqulayroq bo’lishi mumkin emas.
O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan normalariga muvofiq O’zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligi manfaatlarini himoya etish maqsadida iqtisodiyot va faoliyatning muayyan sohalarida chet el investitsiyalari uchun cheklashlar yoki ta’qiq nazarda tutilgan bo’lishi mumkin.
Chet ellik investorlarning O’zbekiston Respublikasi qonunlari bilan kafolatlangan huquqlari va manfaatlari buzilganda ularni tiklash O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadi.
Investitsiya faoliyati bilan bog’liq holda O’zbekiston Respublikasida bo’lib turgan chet ellik investorlar, ularning vakillari va chet ellik xodimlar O’zbekiston Respublikasining butun hududida erkin yurish huquqiga egadirlar. Basharti, O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida erkin yurishga cheklovlar belgilangan bo’lsa, faqat milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadlarini ko’zlab muayyan cheklovlar qo’llanilishi mumkin.
Investitsiyalar va chet ellik investorlarning tavakkalchiligini sug’urta qilish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.
Chet ellik investorlar mamlakatning o’z investorlari bilan teng ravishda O’zbekiston Respublikasi hududida qonuniy faoliyat ko’rsatayotgan har qanday sug’urta himoyasi huquqidan foydalanadilar. Chet el investitsiyalarini siyosiy va boshqa xavflardan sug’urta qilish xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning eksport kredit agentliklari, boshqa sug’urta kompaniyalari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Investitsiyalarni rag’batlantirishning muhim tadbirlaridan biri jadallashtirilgan amortizatsiya hisoblanadi. Jahon amaliyotida amortizatsiya ajratmalarining turli usullari qo’llaniladi: eskirishni bir tekisda hisoblash; yillar yig’indisi usuli; ikki marta kamayib boruvchi qoldiq usuli; foydalanish birligi usuli. Amortizatsiyani hisoblashda talab qilinadigan usuldan oqilona va omilkorlik bilan foydalanishi korxonalar uchun moliyaviy vositalarning katta qismini, agar bu mablag’lar investitsiyalarga yo’naltiriladigan bo’lsa, foyda solig’iga tortilishdan ozod qilish imkoniyatlarini yaratadi. Bunday sharoitda foydadan moliyalashtiriladigan investitsiyalar uchun imtiyoz olish zaruratiga o’rin qolmaydi.
Jadallashtirilgan amortizatsiya usullari investitsiyalarni rag’batlantiradi, chunki soliqqa tortiladigan daromadni, demak, soliqlar summasini ancha qisqartirish imkonini yaratadi. Bundan tashqari, inflyatsiya mavjud bo’lgan sharoitlarda bu usullar hisoblangan amortizatsiyalarning joriy qiymatini saqlash imkoniyatini beradi, ularni bir tekisda hisoblash usulida esa joriy qiymatni saqlab qolib bo’lmaydi. Shuning uchun, bizning fikrimizcha, inflyatsiya mavjud bo’lgan sharoitlarda amortizatsiya normasini inflyatsiyaning istiqbollangan darajasini hisobga olib o’zgartirish maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Turli mamlakatlarning tajribalari tasdiqlashicha, jadallashtirilgan amortizatsiya:
- kapital jamg’arilishini tezlashtirish (chunki yashirilgan foydaning jami summasi kapital qo’yilmalarga ketadi);
- asosiy kapitalning yangilanishini jadallashtirish, muayyan darajada uni inflyatsiyadan bexatar qilish va raqobatbardoshlikni ko’tarish;
- investitsiyaga yo’naltiriladigan foydani soliqqa tortishdan qonuniy ravishda ozod qilish imkoniyatlarini beradi.
Xullas, O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan quyidagilar ta’minlanadi: investitsiya faoliyatining milliy va chet ellik sub’ektlari uchun barcha qulayliklar; chet ellik investorlarning huquqlarining davlat kafolatlari, zarur hollarda qo’shimcha kafolatlar va himoya tadbirlari; milliylashtirishdan, mablag’lardan foydalanish kafolatlari; mablag’larni o’tkazish kafolatlari, investitsiya faoliyati to’xtatilishi munosabati bilan chet el investitsiyalarini qaytarish kafolatlari; ochiq axborotlardan erkin foydalanish.
Iqtisodiy islohotlarning xozirgi bosqichida xorijiy investitsiyalar, ayniqsa to’g’ridan-to’g’ri xususiy chet el investitsiyalari uchun qator imtiyozlar berildi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash masalalari diqqat markazida bo’lganligi tufayli so’nggi yillarda rag’batlantirish tizimini yanada takomillashtirish, soliq krediti va imtiyozlaridan kengroq foydalanish imkoniyatlari yaratildi.



Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling