1-Mavzu: Xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqiyoti. Peja


“Kun”, “hafta”, “oy” va “yil” tushunchalari


Download 96.77 Kb.
bet5/13
Sana31.10.2023
Hajmi96.77 Kb.
#1735560
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1-Mavzu Xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqiyoti. Pe-www.hozir.org

2.“Kun”, “hafta”, “oy” va “yil” tushunchalari.

Yil — vaqt oʻlchov birligi: Yerning Quyosh atrofida bir marta toʻla aylanib chiqadigan vaqtga yaqin. Uning davomiyligiga olimlar qadimdan qiziqqanlar. Qad. Xitoy va Misrda Yil ancha aniq hisoblangan. Yunon olimi Gipparx mil. av. 2-asrda Yil "1/300 kuni kam 365 1/4 kun" ekanligini aniqlagan. Bu esa hozirgidan farq qiladi (qarang Kabisa yil). Hoz. vaqtda turli Yil tushunchalari qoʻllaniladi. Mac, Quyoshning koʻrinma harakatida uning yulduzlarga nisbatan ketma-ket 2 marta bir xil vaziyatni egallashi orasida oʻtgan davr yulduz Y.i (siderik Y.) deyiladi; uning davomiyligi 365,256360 oʻrtacha sutkaga teng . Quyoshning bahorgi teng kunlik nuqtasidan ketma-ket 2 marta oʻtishi orasidagi davr tropik Yil deyiladi, u 365,242196 oʻrtacha sutkaga teng . Bundan tashqari, anomalistik Yil — Quyoshning perigeliydan ketma-ket 2 marta oʻtish orasidagi davr (365,259641 oʻrtacha sutka), ajdar Yil — Quyoshning Oy orbitasi tugunlarining biridan (koʻtariluvchi yoki pasayuvchi) ketma-ket ikki marta oʻtishi orasidagi davr (346,620047 oʻrtacha sutka) va boshqa Yil hisoblari mavjud. Shuningdek, Yilning fasl, oylarga boʻlinishi va davomiyligiga qarab hijriy- qamariy, hijriy-shamsiy Y. hisoblari va h.k. mavjud

Oy — kalendarlarda foydalaniladigan vaqt oʻlchov birligi hisoblanib, u Oy tabiiy yoʻldoshining Yer sayyorasi atrofida aylanish davriga teng. Bir yil — Grigoriy taqvimida 12 oydan iborat.

Oy (vaqt) — Oyning Yer atrofida bir marta aylanishi davriga yaqin vaqt oraligʻi; oʻlchov birligi. Quyidagi turlari farq qilinadi: 1) sinodik O. — Oyning ketma-ket kelgan ikki bir xil fazasi orasidagi (O. kalendariga asos qilib olingan) vaqt, 29 kun 12 soat 44 min. 2,28 sek.; 2) siderik O. — Oyning yulduzlarga nisbatan ikki ketma-ket kelgan bir xil vaziyati ora-sida oʻtgan vaqt, 27 kun 7 soat 43 min. 11,51 sek.; 3) tropik O. — Oyning bir xil astronomik uzunlamalardan utishi orasida oʻtgan vaqt, 27 kun 7 soat 43 min. 4,68 sek.; 4) anomalistik O. — Oyning perigeydan ikki marta ketma-ket oʻtishi orasidagi vaqt, 27 kun 13 soat 18 min 33,16 sek; 5) ajdar O. — Oyning koʻtarilish tugunidan ikki marta ketma-ket oʻtishi orasidagi vaqt, 27 kun 5 soat 5 min. 35,81 sek. Grigoriy kalendarika bir yil 12 oyga boʻlinadi; bunda O.lar 28 (29), 30, 31 kundan iborat boʻladi. Quyosh kalendaridagi kalendar O. Oy fazalariga bogʻliq boʻlmaydi. O. uzunligi ham 28—31 kunga teng boʻladi

Hafta (fors.-toj.) — vaqt oʻlchov birligi. Yetti sutka (dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba, yakshanba) dan iborat. H. deyarli barcha xalqlarda qadimdan mavjud. Yetti kunlik H. dastlab Sharkda qoʻllangan, milodiy 1-asrdan Rimda ishlatilgan. Qadimda xalqlar nazarida 7 raqami gʻayri tabiiy "muqaddas" son hisoblangan. Astronomik jihatdan esa H. oy fazalariga qarab belgilangan. Mas, qadimgi bobilliklar.oy fazasining taxminan 29,5 kunda oʻzgarib turishini aniqlaganlaridan soʻng oy deb atalgan vaqt oʻlchovi birligi boʻlganligi uchun 1 oyning har biri 7 kunga teng cho-rakka boʻlingan. Baʼzi xalqlarda besh kunlik va oʻn kunlikdan iborat H. boʻlinishlari boʻlgan; mas, oʻn kunlik H. (dekada) qadimgi misrliklarda, keyinchalik fransuz burjua inqilobi kalendarida mavjud boʻlgan

Kun — Yerning Quyoshga nisbatan toʻla aylanish davri; bir kecha-kunduzga teng boʻlgan vaqtsutka. Davomiyligi 24 soat bilan oʻlchanadi. Bu vaqt ikki xil — haqiqiy Quyosh sutkasi (HQS) va oʻrtacha Quyosh sutkasi (OʻQS) deyiluvchi oʻlchovlarga ega. HQS ikkita ketma-ket keladigan haqiqiy tush (yoki haqiqiy yarim kecha) vaqtlari orasidagi vaqt bilan oʻlchanadi. HQS, Quyosh yillik koʻrinma yoʻlining osmon ekvatoriga qiyaligi (ogʻish burchagi 23° 26’) va ekliptika (Quyosh yillik koʻrinma yoʻli) boʻylab harakatning notekisligi tufayli oʻzgarib turadi va shu tufayli undan amalda foydalanib boʻlmaydi. Amalda HQS ning yil davomida oʻrtacha qiymati — oʻrtacha Quyosh sutkasi — kunning uzunligi sifatida foydalaniladi. Bu vaqt osmon ekvatori boʻylab, yil davomida, tekis harakatlanadigan oʻrtacha Quyosh deyiluvchi faraziy Quyosh markaziga nisbatan Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanish davri bilan oʻlchanadi.


Download 96.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling