1-mavzu: Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining predmeti va og`ishgan xulq klassifikatsiyasi Reja


Tibbiy-psixologik qayta tiklanish o‘z joniga qasd qilishni profilaktika qilish omili


Download 244.82 Kb.
bet42/75
Sana10.07.2023
Hajmi244.82 Kb.
#1659582
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75
Bog'liq
1-mavzu Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursining predmet

Tibbiy-psixologik qayta tiklanish o‘z joniga qasd qilishni profilaktika qilish omili
Ushbu uslublar “O‘z joniga qasd qiluvchilar xavfi guruhi”ning kompleks qayta tiklanish tadbirlari asosini tashkil etadi. Bu dasturlar mijozlarning umumiy holatini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.
Ma’lumki, bunday dasturlarga aholining eng zaif bo‘g‘ini: bolalar, o‘smirlar va nogironlar ehtiyoj sezadilar.
O‘z joniga qasd qilish xulqining profilaktikasiga yo‘g‘rilgan ikkita dasturni misol tariqasida keltiramiz.
Ulardan biri bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan bo‘lib, ular hayotining sezilarli qismini qamrab oladi.
Boshqasi esa jangovar harakatlar olib borilgan joylardan qaytgan harbiy xizmatchilar uchun mo‘ljallangan.
Psixolog olimlar N.Morozova va M.Ovchinnikovalar bolalar uchun tibbiy-psixologik yordam va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun kompleksli dasturning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishgan. Bunda asosiy e’tibor profilaktikaga qaratilgan.
Ularning ta’kidlashicha, bolalarning asosiy qatlami uchun kompleksli tibbiy-psixologik xizmatni shakllantirish o‘sib kelayotgan avlodni sog‘lomlashtirish yo‘lida tashlangan ishonchli qadamdir.
Xizmat jarayonining bosh yo‘nalishi-ruhiy gigienik bo‘lib, bolalar va o‘smirlarning ruhiy sog‘lomligini mustahkamlash va ko‘riqlashga qaratilgandir.
Xizmatning ajratib ko‘rsatiladigan jihatlaridan biri bu 3 tomonlama yondashish:
Ruhiy-pedagogik, tibbiy va ijtimoiy ya’ni, har xil mutaxassislarning hamkorlikda faoliyat olib borishi.
Ish yo‘nalishlarining ikkita asosiy mezonini ajratish mumkin:
-o‘qitish va tarbiyalash sharoitlarini optimallashtirish.
Bunda o‘kuvchilar shaxsiyatini shakllantirishda ularning to‘laqonli shaxs bo‘lib rivojlantirishga ko‘maklashuvchi vositalarga e’tibor qaratiladi. Bunda tashqi muhit ta’sirlaridan asrash ham muhim ahamiyatga ega.
O‘quvchilar shaxsiyatini rivojlantirishda bolalarning ruhiy-asab tizimining barvaqt shikaslanishining oldini olish bo‘yicha ogohlantirish.
Bu yo‘nalishning asosiy yo‘nalish va dasturlari ruhiy profilaktikadir.
Bu yo‘nalishning asosiy maqsadi bolaning ruhiyatiga ratogen ta’sirning oldini olish va uni yo‘qotishga qaratiladi. Bu birinchi navbatda bola rivojlanishining ruhiy-ijtimoiy muhitini sog‘lomlashtirish, ya’ni ota-onalar va pedagoglar bilan ishlashni jadallashtirishdan iboratdir.
Bundan tashqari, ota-onalarga ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatilib, tarbiyaviy ko‘nikmalarini shakllantirish, muammoli oilalar bilan ishlashga asosiy e’tibor qaratiladi.
Bolalarning o‘z tengqurlari, ulardan kattalar bilan muloqot qilishida yuzaga keladigan noqulayliklar, o‘z harakatlarini noadekvat baholashni cheklash uchun ijtimoiy treninglar guruhiy tartibda o‘tkaziladi. Tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, muammoli vaziyatlarda bolalarda stressli holatlarni yumshatishga ularni ruhiy-emotsional zo‘riqishlardan xalos etish juda muhim rol o‘ynaydi.
Individual yondashuvni amalga oshirish negizi-bu o‘quvchilarning ruhiy va psixomatik buzilishilarini, intellektual va shaxsiy rivojlanishning kamchiliklarini o‘z vaqtida aniqlashdir. Bu o‘quvchilarning ruhiy rivojlanishi va sog‘lig‘i holatining tashxisi hisoblanadi.
Tibbiy tashxis orqali o‘quvchilarda umumiy somatik va psixonervologik tekshirishlar o‘tkazilib, ular orasidan xafli guruhlar kontengenti aniqlanadi.
O‘z joniga qasd qilish holatlarning yuqori darajasida psixologik maslahat va psixoterapiyatavsiya etiladi. Bunday davolashda mijozning so‘zlarini tinglash va uning yolg‘iz emasligi hissi va tushunishi asosiy natijalardan biridir.
Bu borada viloyatdagi ta’lim muassasalarida bolani ma’naviy, ruhiy va jismoniy sog‘lomlashtirishga qaratilgan mavjud shtat birliklari doirasida tibbiy-ruhiy markazlarni tashkil etib, ularning oldiga aniq vazifalarni qo‘yib, ijrosini nazorat qilish maqsadga muvofiq.
Chunki, o‘tish davridagi bolani hayot bilan bog‘lovchi ishlar va tadbirlar qancha ko‘p bo‘lsa o‘z joniga qasd qilish ehtimoli shuncha kam bo‘ladi.
Bolalarda maxsus dastur oshkor qilmagan holda o‘z joniga qasd qilish holatlariga qarshi tura olish kayfiyati va ruhiyatini shakllantirish zarur. Bunda asosiysi, ularda hayotiy muloqotni rivojlantirish, bir-birini tushunish, yangi ijtimoiy aloqalar va ko‘nikmalarni rivojlantirish, stress holatlarini yengish qobiliyatini test yoki boshqa usullarda tekshirish hisoblanadi.
Zamonaviy hayotda o‘z joniga qasd qilish-noxush ijtimoiy holat bo‘lib hisoblanadi.
Bizning madaniyatimiz va milliy odatlarimizda o‘z joniga qasd qilish qaxramonlik yoki gunohni yuvuvchi qurbonlik sanalmasligini voyaga yetmaganlarga chuqur va har tomonlama tushuntirish lozim bo‘ladi.
O‘z joniga qasd qilish holatlarining har birida o‘z sabablari bor. Faqat ular o‘z joniga qasd qiluvchilar o‘rab olgan kishilarga tushunarli emas. Suiqasdning asosiy sabablari-jazodan qo‘rqish, ruhiy kasallik, uyda va ishdagi noxush holatlar, pul yo‘qotishlar va kambag‘allik, hayotdan “to‘yishlik”, somatik kasalliklar bo‘lib hisoblanadi.
Suiqasd qiluvchilarning bu dunyodan o‘tish yo‘llari ko‘pgina omillarga bog‘liq: madaniy, tasnifiy va boshaqalar.
O‘z joniga qasd qilishning eng ko‘p tarqalgani o‘zini osishdir.
Suiqasd holatinig rivojlanishiga ko‘pgina omillar ta’sir etadi va ko‘p holatlarda qaysi bir omil hal qiluvchi ekanligi noma’lum bo‘ladi.
Suiqasdning kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi omillarga psixologik, ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy ommillar kiradi.
O‘z joniga qasd kilmoqchi bo‘lib, qasd qilolmaganlar bilan psixologlar kamroq ishlashi uchun suiqasd holatidagi kishilar guruhi bilan reabilitatsiya va readaptatsiya maxsus dasturlari asosida ishlashi zarur.
Bu dasturlar asosan muloqotni, bir-birini tushunish, yangi ijtimoiy aloqalarni rivojlantirish hamda stress holatlarni yengib o‘tishga yo‘naltirilgan.
Psixolog mutaxassislarning ko‘payishi va mijozlar bilan ishlash texnologiyasining rivojlanishi bilan suiqasdli holatlarning paydo bo‘lishi muammolarini ko‘p hollarda hal qilish mumkin.
Ayrim chet davlatlar statistikasi tahlil qilinganda, masalan, oxirgi o‘n yil ichida Rossiyada yoshlar o‘rtasida o‘z joniga qasd etish holatlari ko‘payganligini ko‘rsatadi.
12-14 yoshdagi shaxslarning 30%ga suiqasd haqidagi fikrlar, 6% o‘g‘il bolalar, 10 % qiz bolalarda suiqasd qilish bilan bog‘liq harakatlar kuzatilmoqda.
Mutaxassislar fikricha, 10% suiqasd harakatlarning maqsadi o‘z joniga qasd etish, 90% boshqalar diqqatini o‘ziga jalb qilishdan iborat.
Statistika bo‘yicha har bir vaqtda shaxsiy fojea, halokat, muammolarga yechim topmaslik, hayot oldidagi qo‘rquvdan kelib chiqadi.
O‘z joniga qasd etish sabablarini tekshirish natijalari 62% o‘smirlarning o‘z joniga qasd etishi oilaviy mojarolar va yetishmaslikda, kattalar tomonidan zo‘ravonlik, qo‘rquv, ba’zi pedagoglar tomonidan nojo‘ya xatti-harakatlar, o‘qituvchilar, sinfdoshlar, o‘rtoqlari orasidagi mojarolar, atrofdagilarning befarqligi ekanligi aniqlangan.



Download 244.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling