1-mavzu. Yangi davr g‘arb falsafasi kursining predmeti va vazifalari (2 soat). Reja
-MAVZU. XVIII ASR INGLIZ FALSAFASI
Download 163.02 Kb. Pdf ko'rish
|
1-мавзу. Толланд
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jon Tolandning hayoti va ijodi.
2-MAVZU. XVIII ASR INGLIZ FALSAFASI. JON TOLANDNING HURFIKR G‘OYALARI (2 soat). REJA: 1. XVIII asrda Angliyada ma’rifatparvarlik falsafasining rivoji. Jon Tolland hayoti. 2. Jon Toland falsafasi. 3. Jon Tolandning ijodida hurfikr g‘oyalar. Falsafa tarixida Yangi davr G‘arb falsafasi alohida о‘rin tutadi. Bu davr falsafasi g‘oyat murakkab va xilma-xil fikrlarga boy bо‘lib, turlicha maktablar va qarashlarni о‘z ichiga oladi. Bu davrda insonlar hayotida, fan taraqqiyotida, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotda misli kо‘rilmagan tarixiy voqealar bо‘ldi. Bular barchasi insonning dunyoga bо‘lgan munosabatini о‘zgartirib, dunyoni yangicha chuqurroq о‘rganish va bilimni hayotga tatbiq qilishga undadi. Ayni vaqtda insonning tutgan о‘rnini, mohiyatini, о‘zligini va ichki dunyosini tо‘laroq о‘rganishga imkon yaratildi. Jon Tolandning hayoti va ijodi. Jon Toland 30 noyabr 1670 yil – shimoliy Irlandiyaning Londonderri shahri yaqinida tug‘ilgan. Kо‘r-kо‘rona e’tiqod va irimchilikka qat’iy rioya qilinadigan oilaviy sharoitda tarbiyalanadi. Bunday tarbiya Tolandda dinga qarshi ziddiyatni uyg‘otadi va unda hurfikrlikni shakllantirishga yordam beradi. Toland bilimini Anliya, Shotlandiya, Gollandiya universitetlarida oladi. Falsafa, ilohiyot gumanitar fanlarga va qadimiy tillarga qiziqadi; mustaqil ravishda jiddiy shug‘ullanadi. Asosiy yevropa tillarini ham yaxshi biladi. Asarlari: “Levitlar qabilasi” (pamflet) (1691)– ruhoniylarning faoliyati tanqid qilinadi. “Sirsiz xristianlik” – mashhurlik olib keldi, lekin din arboblari tomonidan qattiq tazyiqqa uchraydi va kо‘p yillar davomida qizg‘in bahs- munozaraga sabab bо‘ladi. Sudda jazoga tortiladi va yoqib yuborilishga hukm chiqariladi 1701-1702 yillarda Germaniya va Gannoverga sayohat qiladi. U yerda Leybnits bilan tanishadi. Berlinga boradi. Prussiya qirolichasi Sofiya Sharlottaning taklifiga binoan “Sirenaga maktublar” (1704) yozadi. 1707-1710 yillarda Germaniya, Vena, Praga va Gollandiyaga boradi. Gaagada 2 yil yashaydi. Angliyaga qaytib keladi. “Adeisidemon” (1708) – irimchilik, mо‘jizalarga ishonch, folbinlik, bashorat qilish qoralanadi; “Nazaryanin” (1718) – ilk xristianlikni iudaizm va islom bilan taqqoslaydi, diniy bag‘rikenglikka chaqiradi. Hayotining sо‘nggi yillarida muhtojlikda yashaydi. Uyini sotib, bir duradgor dо‘stining uyida (Londonning Putney shahri yaqinida) ijarada yashaydi. “Tetradimus” (1720) – bu asar 4 falsafiy traktatni о‘z ichiga olgan. “Panteistikon” – materializm va panteizm targ‘ib qilinadi. 1722 yilda 11 martda vafot etadi. Download 163.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling