1-mavzu. Yangilanish davrida ona tili ta’limini o‘qitishning huquqiy-me’yoriy asoslari. Reja


Download 43.57 Kb.
bet2/7
Sana25.12.2022
Hajmi43.57 Kb.
#1064836
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu kompitentlik

Ikkinchisi. Prezidentning 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son Farmoni asosida 2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlanib, unda hayotimizning barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanish, ta’lim tizimida davlat tilini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish bilan bog‘liq vazifalar belgilandi. Xususan: davlat tilining sofligini saqlash, boyitib borish va aholi nutq madaniyatini oshirish; davlat tilining zamonaviy AKTlariga faol integratsiyalashuvini ta’minlash; davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish; mamlakatimizdagi barcha millat va elatlar tillarini rivojlantirish maqsadida keng va teng imkoniyatlar hamda ularga davlat tilini o‘rganish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; 2025-yilga qadar davlat MTTlarida o‘zbek tilli guruhlar qamrovini 72 foizga, 2030-yilgacha esa 80 foizga etkazish; 2030-yilga qadar umumta’lim maktablarida o‘zbek tili fanini o‘qitish ko‘lamini amaldagi haftada 84 soatdan 110 soatgacha oshirish; OTMlarda o‘zbek tili kafedralari sonini 2025-yilga qadar 120 taga, 2030-yilgacha esa 140 taga etkazish; lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida “O‘zbekiston milliy qomusi” jildlarini nashr etishni bosqichma-bosqich ko‘paytirib borish; 2030-yilga qadar xorijiy OTMlarida o‘zbek tilini o‘rgatuvchi markazlar sonini amaldagi 17 tadan 60 tagacha ko‘paytirish; ko‘p jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning to‘ldirilgan yangi nashrini chop etish shular jumlasidandir.
Uchinchisi. Davlatimiz siyosatida o‘zbek tili bilan bir qatorda xorijiy tillarni o‘qitish masalalariga ham ustuvor ahamiyat berilmoqda. Masalan, “YOshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturida xorijiy tillarni o‘rganishda keng imkoniyat yaratish maqsadida bepul til o‘rganish elektron platformalari yaratish, ixtisoslashgan maktablari faoliyatini yo‘lga qo‘yishda xorijiy mamlakatlardan o‘qituvchilarni jalb etish masalalari alohida ko‘rsatib o‘tilgan5.

Download 43.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling