1-mavzu. Yangilanish davrida ona tili ta’limini o‘qitishning huquqiy-me’yoriy asoslari. Reja
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining
Download 43.57 Kb.
|
1-mavzu kompitentlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘zbek tili (ta’lim o‘zbek tilidan boshqa tillarda olib boriladigan ta’lim muassasalari uchun) fanini o‘rganish bosqichlari
2. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining
kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlari Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti o‘quvchilar umumiy o‘rta tayyorgarligiga, saviyasiga qo‘yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi. Davlat ta’lim standarti ta’lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini, uning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunining o‘zagi hisoblangan standart vositasida mamlakat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan turli muassasalarda (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. Davlat ta’lim standarti o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘quv dasturlari, darsliklar, qo‘llanmalar, nizomlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti o‘zining tuzilishi va mazmuniga ko‘ra davlat, hudud, maktab manfaatlari va vositalari muvozanatini aks ettiradi hamda , eng asosiysi, o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqadi. Davlat ta’lim standartini bajarish O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. Davlat ta’lim standartlari, shu jumladan, davlat tili davlat ta’lim standarti ham ta’lim jarayoni oldiga qo‘yilgan ijtimoiy talablardan kelib chiqqan holda belgilab beriladi. Davlat tili ta’limi oldiga qo‘yilgan ijtimoiy buyurtma o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga va shu fikr mahsulini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga, ya’ni kommunikativ savodxonlikni rivojlantirishga o‘rgatishdan iborat. Shundan kelib chiqqan holda davlat tili ta’limi oldiga ijtimoiy jihatdan mukammal shakllangan, mustaqil fikrlay oladigan, nutq va muloqot madaniyati rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish maqsadi qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori ta’lim-tarbiya sohasini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish, o‘qitish sifati va samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida ta’lim sohasi tubdan yangilanib, o‘qitishning ilg‘or usul va metodlarini amalda qo‘llash bo‘yicha ulkan tajriba to‘plandi. Ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, o‘quv-laboratoriya anjomlari, zamonaviy o‘quv-metodik baza tatbiq etilmoqda. Bugun zamon shiddatli tarzda rivojlanyapti. Demak, umumiy o‘rta ta’lim fanlarini o‘qitishga zamon talablari asosida yondashish, ta’limda eng ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash davr talabi. Umumiy o‘rta ta’lim fanlarini o‘qitishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomilashtirish, o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish maqsadida qabul qilingan mazkur qaror ta’lim-tarbiya jarayonini yanada rivojlantirishda muhim omil bo‘ladi. “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonun, Kadrlar tayyorlash miliy dasturi talablari asosida qabul qilingan qarorda umumiy o‘rta ta’limning yangi davlat ta’lim standartlari ilova tarzda berilgan. Yangi DTSning maqsadi – umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy - iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm -fan v a zamonaviy axborot -kommunikatsiya texnologiyalariga asosslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat. Amaldagi davlat ta’lim standartlarining mazmuni: bilim, ko‘nikma va malakalar majmui ; tayanch o‘quv reja; o‘quv dasturlari; baholash mezonidan iborat edi. Yangi, ya’ni kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standarti tarkibidan: o‘quv fanining maqsad va vazifalari; umumiy o‘rta ta’lim fanlarini o‘rganishning mazmuni; tayanch va fanga oid kompetensiyalar; umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb -hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilariga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablari; tayanch o‘quv reja; o‘quv dasturlari joy oldi. Ta’kidlash joizki, o‘quvchilarning egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini amalda qo‘llash layoqatini rivojlantirishga qaratilgan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari loyihasi uch yil davomia respublikamizning 70 ta ta’lim muassasalarida va Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi 6 ta ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o‘rta maktabida tajriba - sinovdan o‘tkazilib, takomillash tirildi. Xususan, yangi DTSga fanga oid kompetensiyalar bilan birga kommunikativ, axborot bilan ishlash, o‘z -o‘zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, miliy va umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kabi tayanch kompetensiyalar elementlari ham kiritildi. Endilikda o‘quvchilar yoshi, o‘zlashtirish qobiliyati va iqtidoridan kelib chiqqan holda egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar belgilanadi. Ya’ni, majburiy minimal ta’lim mazmuni har bir ta’lim bosqichi uchun uzviylik,uzluksizlik asosida taqsimlandi. Jumladan, umumiy o‘rta tizimida fanlarni o‘rganish bosqichlari shunday tartibda belgilandi: umumiy o‘rta maktablarining boshlang‘ich ta’limi, ya’ni 4 –sinf bitiruvchilari A1daraja; umumiy o‘rta fanlari chuqurlashtirib o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarning 4 -sinf bitiruvchilari A1+daraja; umumiy o‘rta maktablarining 9 - sinf bitiruvchilari A2 daraja; umumiy o‘rta fanlari chuqurlashti rib o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarning 9 -sinf bitiruvchilari A2+ daraja; umumiy umumiy o‘rta fanlariga ixtisoslashtirilmagan o‘rta maxsus, kasb - hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari B1 daraja; umumiy o‘rta maktablarining 9 -10-sinflari hamda umumta’lim fanlariga ixtisoslashtirilgan o‘rta maxsus, kasb - hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari B1+darajada bilimga ega bo‘lishi zarur. Masalan, Davlat tili bo‘yicha davlat ta’lim standarti talablarini olaylik. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘zbek tili (ta’lim o‘zbek tilidan boshqa tillarda olib boriladigan ta’lim muassasalari uchun) fanini o‘rganish bosqichlari
Download 43.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling