Kuzatish metodi. Yosh davri psixologiyasida bu metodning ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (o`zini-o`zi) kuzatish turlari bor. Inson psixikasida o’zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: 1) kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi; 2) kuzatiladigan ob’ekt tanlanadi; 3) sinaluvchining yoshi jinsi aniqlanadi; 4) tadqiqot o’tkazish vaqti rejalashtiriladi; 5) kuzatish qancha davom etishi qat’iylashtiriladi; 6) kuzatish insonning qaysi faoliyatida amalga oshirilishi tavsiya qilinadi; 7) kuzatishning shakli (yakka guruh, jamoa bilan o’tkazilishi) tayinlanadi; 8) kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitafon, vidiomagnitafon va boshqalar) taxt qilinadi. - Kuzatish metodi. Yosh davri psixologiyasida bu metodning ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (o`zini-o`zi) kuzatish turlari bor. Inson psixikasida o’zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: 1) kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi; 2) kuzatiladigan ob’ekt tanlanadi; 3) sinaluvchining yoshi jinsi aniqlanadi; 4) tadqiqot o’tkazish vaqti rejalashtiriladi; 5) kuzatish qancha davom etishi qat’iylashtiriladi; 6) kuzatish insonning qaysi faoliyatida amalga oshirilishi tavsiya qilinadi; 7) kuzatishning shakli (yakka guruh, jamoa bilan o’tkazilishi) tayinlanadi; 8) kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitafon, vidiomagnitafon va boshqalar) taxt qilinadi.
- Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi. Inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va xayolning xususiyatlarini aniqlash maqsadida metod yosh davri psixologiyasida keng qo`llanadi. Bolalar chizgan rasmlar, yasagan o’yinchoqlar, modellar, yozgan she’rlarni tahlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, texnik, badiiy va adabiy qobiliyati, ijodiy xayoli yuzasidan materiallar to’plash mumkin. Mazkur metoddan foydalanishda mahsulotni yaratgan shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Obyekt bilan sub’ekt o’rtasida muloqot o’rnatish uchun shaxsning psixikasi to`g`risida sirtdan muayyan xulosa chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |