1-mavzu. Yozma yodgorliklarda nutq odobi, muomala madaniyati masalalari. “Qobusnoma”, “qutadg‘u bilig” asarlari tahlili savollar


Download 26.25 Kb.
bet3/3
Sana09.01.2022
Hajmi26.25 Kb.
#265363
1   2   3
Bog'liq
1-топшириқ

Yoki ilmli bo‘l, yoki ilmga tayanib ish tutadigan bo‘l, loaqal ilmni tinglab eshitadigan bo‘l, ammo to‘rtinchisi bo‘lma, chunki kasodga uchrab halok bo‘lasan.
Yomon fikr sohiblari ham, kufroni ne’mat qiluvchilar ham yovvoyi qobonlar misoli Alloh taoloning mag‘firatidan yiroqdirlar.
Odamning umri avvalida qilgan ishlari umrining oxiridagi ishlariga ham dalolatdir.
Alloh taolodan astoydil iltijo bilan o‘tinib so‘ragan kimsaning nidosi sira noumid qolmaydi.

Ko‘pincha til bilan yetkazilgan jarohat qilich bilan yetkazilgan jarohatdan og‘irroqdir.
O‘zi sazovor bo‘lmagan hamdu sano va maqtovlarni talab qilish uyatsiz, telba odamlarning odatlaridandir.
Quyosh nurlarini berkitib bo‘lmaganidek, haqiqatning chirog‘ini ham so‘ndirib bo‘lmaydi.
Yolg‘onchining qasami bor (haqiqiy) ilmining soxtaligini oshiradi.
Ko‘p ortiqcha so‘zlashuv eshituvchini ranjitadi.
Agar tilingning ortiqcha so‘zlashiga ega bo‘la olmasang, unda tizgining jilovini shaytonga topshirgan bo‘lasan.
Tilingdan chiqqan sadaqang (ya’ni, pandu nasihating va ma’viza-yu hasanang) ba’zan qo‘lingdan chiqqan sadaqangdan xayrliroqdir.

Bu hikmatlardan ko’rinib turibdiki Zamahshariy bobomiz o’z asarlarida va hikmatlarida nutq odobi masalalariga katta e’tibor qaratgan.

9. Alisher Navoiyning muxlisi, shogirdi va do‘sti bo‘lgan Husayn Voiz Koshifiy SHarqning mashhur allomalaridan biri bo‘lgan. U axlok, tarix, tasavvuf, nujum (astranomiya) riyoziyot, fiqh sohalariga doir qirqdan ortiq asar yaratgan. Uning «Futuvvataomai sultoniy», «Axloki Muhsiniy». «Javoxir ut - tafsir», kabi o‘nlab asarlari besh yuz yildan beri sharqona odob va axloq dasturi sifatida yurtma-yurt, qo‘lma - qo‘l o‘qib kelinmoqda.

Husayn Voiz Koshifiyning nutqlari o‘zining jozibadorligi bilan har qanday kishini jalb qila olgan. Aytishlaricha, uning bunday so‘z san`atidagi mahoratini Alisher Navoiy bilan birga Sulton Xusayn Boyqaro ham yuksak baholagan va ular o‘z asarlarini aholi o‘rtasida rasmiy ijro etish lozim bo‘lgan paytlarda bu ishga Xusayn voizni munosib ko‘rganlar. 898 (1492) yil 8 - noyabr kuni buyuk shoir, Navoiyning ustozi Abdurahmon Jomiyning dafn marosimida Alisher Navoiy o‘zining bag‘ishlov she`rini o‘qib eshittirishni, shu marosimda va`z aytgan Xusayn voizga topshirganligi buning dalilidir.



Mahoratli voiz va voizlik san'atining ulkan bilimdoni Husayn Voiz Koshifiy turli fan sohalariga oid asarlar bilan bir qatorda "Futuvvatnomayi Sultoniy", "Axloqi Muhsiniy" kabi bir qancha kitoblar ham yaratganki, ularda axloq, nutq odobi va voizlik san'atining o’ziga xos siru sinoatlari batafsil bayon qilingan. Uning bu asarlari o’z davridayoq madrasalarda darslik sifatida qo’llanilgan. Voizlikning bir qancha ko’rinishlari ham mavjud bo’lgan: dabirlik, xotiblik, muzakkirlik kabi. Davlat ahamiyatiga molik yozishmalarni o’qib bеradigan voizning faoliyati "dabirlik", juma namozlari, bayram va tantana kunlarida odob-axloq, islom qoidalariga oid masalalarni sharhlaydigan voizning faoliyati "xatiblik", tarixiy voqеa-hodisalarni ommaga so’zlab bеrish bilan mashg’ul voizning amali esa "muzakkirlik" dеb nomlangan.

Koshifiy nutqda so’zning o’rni, uni tanlashda voizning didi, nazokati, tinglovchining umumiy saviyasini hisobga olish zaruriyati, rost nutqning xosiyati, voizning surati va siyrati kabi masalalarga alohida e'tibor bеrish lozim-ligini ta'kidlagan. Juda katta ist'dodi va qamrovli bilimi bilan shoh Husayn Boyqaroning e'tibori, Alishеr Navoiyning e'tirofiga sazovor bo’lib, davlat voizi sifatida nom qozongan Koshifiy va'z, uni tayyorlash va aytishda zarur bo’ladigan sifatlarning hеch birini, kattasini ham, kichigini ham nazardan soqit qilmagan. U nutqni ta'sirchan va jozibador, aniq va ravon, maqsadli va jo’yali bo’lishida ovozning baland-pastligi, tovlanishlarining ahamiyati haqida gapirgan. Va'zxonning o’zini tutishi, tashqi qiyofasi, so’zlash tarzi, mimikasi, bosh, yuz, qo’l, umuman, tana harakatlarining nеchog’lik muhimligiga diqqat qilgan.
Download 26.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling