1. Mavzu: Yuridik psixologiyaning maqsadi va umumiy vazifalari Mavzu rejasi


Mavzu. Yuristning kasbiy faoliyatidagi muloqot


Download 393.29 Kb.
bet18/43
Sana01.03.2023
Hajmi393.29 Kb.
#1241949
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43
Bog'liq
Majmua Yuridik

5.Mavzu. Yuristning kasbiy faoliyatidagi muloqot
Mavzu rejasi:

  1. Yuristning kasbiy faoliyatida muloqot oʻrni. Muomala psixologiyasi.

  2. Muomalada oʻzaro bir-birini tushunish.

  3. Muomala funktsiyalari va ularning mazmuni. Muomala muloqot vositasi ekanligi.



Tayanch so’zlar: Muloqot, nutq, muloqot turlari, muloqot vazifalari, muloqotning verbal va noverbal vositalari, muloqot shaxslararo o‘zaro ta’sir etish sifatida, muloqot insonlarning bir-birini tushunishi, muloqot texnikasi va usullari, muloqotning psixologik asosi, muloqotning ijtimoiy-psixologik jihatlari, shaxslararo munosabatlar, muloqot tomonlari, muloqotning kommunikativ tomoni, muloqotning interaktiv tomoni, muloqotning perseptiv tomoni, emotsional va ijtimoiy intellekt, ijtimoiy psixologik trening.


1.Yuristning kasbiy faoliyatida muloqot oʻrni. Muomala psixologiyasi.
Muomala psixologiyasi. Muomalada o‘zaro bir-birini tushunish. Muomala funksiyalari va ularning mazmuni. Muomala muloqot vositasi ekanligi. Nutq rasmiy muomalaning bir turi sifatida. Ishontirish va ta’sir qilish. Ijtimoiy guruhlarda shaxslararo munosabat. Ijtimoiy guruhlar tushunchasi va turlari. SHaxs dunyoqarashini tartibga soluvchi omil sifatida sotsial (ijtimoiy) normalar (maromlar) va ijtimoiy nazorat.Guruhiy ong. Ijtimoiy guruhda dunyoqarash stereotipining shakllanishi. Ijtimoiy guruxda shaxslarning psixologik xurfikrliligi. Ijtimoiy guruhda (liderlik) boshchilik qilish.SHaxsning ijtimoiy-moslashgan dunyoqarashi tushunchasi. Huquqiy tartibga solish. Huquq obro‘si. Huquqiy ong. Uni bilish, baholash va tartibga solish funksiyalari. Ommaviy, guruhiy va shaxsiy huquqiy ong. Huquqga bo‘ysunishlik dunyoqarashini shakllantirish, huquqbuzarlikka qarshi kurashning psixologik jihatlari.
Muloqot faqat insonlarga xos bo’lgan jaraѐndir. Kishilarda faoliyat jaraѐnida bir - birlariga nimanidir aytish istagi tug’iladi. Muloqot - odamlar o’rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiѐjlaridan kelib chiqadigan bog’lanishlar rivojlanishining ko’p qirrali jaraѐnidir Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat ko’rsatuvchilar o’rtasida axborot ayirboshlashni o’z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning o’zaro birgalikdagi harakati - nutq jaraѐnida faqat so’zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat.Masalan,munosabatga kirishar ekanmiz, u bizni qoniqtirsa imo-ishora bilan muloqotda bo’lamiz. Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning rbirbirlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan avval uni hurmat qilib ѐki mensimasdan munosabatda bo’lamiz. Demak, muloqot jaraѐnida kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (o’zaro birgalikda harakat qilish) va perseptiv (o’zaro birgalikda) idrok etish amalga oshiriladi.Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda uni o’rnatish malakalari va qobiliyatlarini rivojlantirish har bir kishi uchun muhimdir. Har bir kishining o’z “Meni” atrofdagilar bilan bo’ladigan muloqot jaraѐnida shakllanadi, Shaxsning haѐt yo’llari avval oilada, bog’cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. Bizning yuksak ma’naviy ehtiѐjlarimizdan biri - bu muloqotga bo’lgan ehtiѐjdir. Muloqotga bo’lgan ehtiѐjimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Shuning uchun biz doimo muloqotga bo’lgan ehtiѐjlarimizni qondirishimiz lozim. Kimlar bilandir bo’lgan muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, lekin ayrim hollarda esa biz qoniqmaslikni his qilamiz.Biz guruh va jamoaga kirar ekanmiz, doim unda turli rollarni bajarishga to’g’ri keladi. Rasmiy guruhda boshliq rolini o’ynasak, kasalxonada bemor, do’konda haridor, oilada rafiq ѐki rafiqa, ota - ona oldida esa farzandlik rolini bajaramiz.

Download 393.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling