Ilmiy falsafiy dunyoqarashga muvofiq notirik va tirik tabiat, jamiki narsa va xodisalar, butun mavjudot doimo harakat, o‘zgarish, taraqqiyotda; olamda hech qanday narsa, hodisa yo‘qki, u o‘z-o‘zicha mavjud bo‘lsin. Barcha narsa va xodisalar o‘zaro bir-birlari bilan bog‘liq, biri ikkinchisiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu bog‘liqlik, aloqadorlik ularning doimiy ravishda o‘zgarib, rivojlanib turishiga olib keladi.
- Ilmiy falsafiy dunyoqarash quyidagi tamoyillarga amal qiladi:
- Ilmiylik,maqsadlilik,tarixiylik, g‘oyaviylik, mantiqiylik,nazariya va amaliyotning birligi,universallik.
- Falsafiy dunyoqarash kishilarning fikrlash madaniyatini, ichki ma’naviy dunyosini ilmiy asosda shakllantiradi.
- Falsafiy dunyoqarash insonning olamni, jamiyatni, unda o‘zining tutgan o‘rnini ilmiy anglash imkoniyatlarini beradi: kishilarda sodir bo‘layotgan vokea-xodisalarga mustaqil yondoshishni, o‘z fikri, nuqtai-nazariga ega bo‘lishni tarbiyalaydi.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |