1-Mavzu: “TURIZM VA MEHMONXONA XO‘JALIGI MENEJMENTI” FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI REJA
1
2
3
- Turizm va mehmonxona xo‘jaligi menejmenti fanining predmeti va izlanish uslublari
4
- Turizm va mehmonxona xo‘jaligi menejmenti fanining maqsadi va vazifalari
Turizm va mehmonxona xo‘jaligi menejmentiga kirish
Mazkur kursda turizm sohasi va mehmonxona xo‘jaliligining o‘rni hamda mehmonxona industriyasini rivojlantirish va boshqarishning muhim xususiyatlari bayon etiladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasida mehmonxona servisini boshqarishning zamonaviy usullari va ular samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.
| Turizm va mehmonxona xo‘jaligi menejmenti fanining mohiyati
Dunyoning yetakchi davlatlarida turizm va mehmonxona xo‘jaligini boshqarish bo‘yicha ko‘p yillik tajriba yig‘ilgan. Chunki, turizm va mehmonxona sanoati korxonalari faoliyatida xorij tajribasini o‘rganish shubhasiz, mehmonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashda katta rol o‘ynaydi.
Boshqaruv samaradorligini oshirish yo`nalishlari
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish, boshqaruvni takomillashtirish
Turizm va mehmonxona xizmatlari sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi iqtisodiy omillar samaradorligini oshirish.
Soha rahbarlarining doimiy ravishda xizmat ko‘rsatish sifatini boshqarish ko’nikmalarini yaxshilash va uni kengaytirish.
Turizm va mehmonxona xo‘jaligi menejmenti fanining predmeti va izlanish uslublari
Fanning predmeti –bu fanning nima bilan shug`ullanishi, uning qaysi sohaga tegishli ekanligini belgilaydi.
Turizm va mehmonxona xo`jaligi menejmenti xo`jalik yuritishning barcha darajalarida menejmentning qonunlari, tamoyillari va munosabatlarini o`rganishdan iborat
Turizm va mehmonxona xo‘jaligi menejmenti fanining maqsadi
Turizm va mehmonxona xo‘jaligi menejmenti fanining maqsadi talabalarda boshqaruv jarayonlarini samarali tashkil etish va zamonaviy boshqaruv ko’nikmalarini shakllantirish hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hukumati turizmni rivojlantirishga katta ahamiyat berib, mehmonxonalarda turistlar va boshqa mehmonlarga mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish turlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Bu borada respublikamizda butun dunyoda amalga oshirilayotgan boshqaruv uslublari va xizmat ko‘rsatish turlarini tizimli o‘rganish va bu boradagi yangi valyuta manbalarini izlab topish maqsadga muvofiq.
Turizm va mehmonxona xo‘jaligi menejmenti fanining vazifalari
Turizm va mehmonxona xo’jaligi menejmenti kursining vazifasi turizm industriyasini boshqarish modeli hamda rivojlangan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda turizm sohasidagi muvaffaqiyatlarni tahliliy ravishda talabalarga tushuntirishdan iborat.
| |
Turizm va mehmonxona xo`jaligi menejmentining muhim vazifasi imkon boricha mehmonxonaning faoliyatida barqarorlikni, stretegik maqsadlarni rivojlantirishda va erishishda boshqaruv ta`moyillariga qaratilgan bo`ladi
| | Turizm va mehmonxona xo`jaligining quyidagi uch muhim vazifalari:
Mijozlar bilan aloqa o`rnatish
Doimiy rivojlanishda bo`lish
Barcha jabhalarda nazoratni olib borish
Etiboringiz uchun raxmat Etiboringiz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |