1. Maxsulot tannarxi


Download 166.38 Kb.
bet1/3
Sana04.05.2023
Hajmi166.38 Kb.
#1424261
  1   2   3
Bog'liq
11-mavzu san kor


Mavzu : Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning vazifalari
Reja :
1. Maxsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish vazifalari hamda uni tashkil-qilish asoslari
2. Ishlab chiqarish xarajat lari iqtisodiy mazmuniga ko’ra guruxlanishi
3. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va maxsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va maxsulot tannarxini kalg’kulyatsiya qilishning vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Maxsulot ishlab chiqarish va uni sotish bilan bog’liq xaqiqiy xarajatlarni o’z vaqtida, to’liq, hisobda aks ettirish.
2. Maxsulot ishlab chiqarish jarayonida material, pul va mexnat resurslaridan to’g’ri foydalanilishi ustidan nazorat olib borishni tahminlash.
3. Xajmi, sifati va assortimenti bo’yicha maxsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishini nazorat qilish.
4. Maxsulot ayrim turlarining xaqiqiy tannarxini hisoblash.
5. Tannarx bo’yicha reja topshirigi bajarilishini nazorat qilish.
6. Ishlab chiqarishda foydalanilmagan rezervlarni aniqlash, xujalikka, brak hisobiga, nobudgarchiliklar va boshqa ishlab chiqarishdagi unumsiz xarajatlarning bo’lishiga qarshi ko’rash olib borish.
7. Ishlab chiqarish ho’jalik hisobi faoliyati natijalarini aniqlash.
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va maxsulot tannarxini kalg’kulyatsiya qilish bir-biri bilan o’zaro bog’langan. Bu bog’liqlik quyidagilarda ifodalanadi:
1. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish hamda maxsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish oldiga bir xil vazifa quyiladi. Masalan, maxsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlarni o’z vaqtida va to’liq hisobda aks ettirish, ishlab chiqarishda material hamda boshqa tovar-moddiy boyliklarning sarflanishi ustidan nazorat olib borish va xokazo.
2. Rejalashtirish, xarajatlarni hisobga olish va maxsulot tannarxini kalg’kulyatsiya qilishda moddalarning bir xil guruxlanishidan foydalaniladi.
3 Xarajatlari hisobga olish mahlumotlari asosida kalg’kulyatsiya tuziladi va tannarx ainqlanadi.
4. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va tannarxini kalg’kulyatsiya qilishda xarajatlar hisobi va kalkulyatsiya qilishning bir necha xil usullarn qo’llaniladi, masalan, oddiy, normativ, buyurtmali, bo’limli usullar. Yuqorida keltirilgan o’xshashliklar xarajatlar hisobi va maxsulot tannarxini kalg’kulyatsiya qilishni bir-biri bilan o’zaro bog’langan xolda yoritishni taqozo qiladi.
Ishlab chiqarish hisobi va maxsulot tannarxini to’g’ri kalg’kulyatsiya qilishni tashkil qilmasdan turib, sanoat korxonalari ishlab chiqarish ho’jalik faoliyatini muvaffaqiyatli boshqarish mumkin emas. Xar bir korxona yoki birlashmada ishlab chiqarish hisobi va tannarxni to’g’ri tashkil qilishning imkoniyatlari quyidagilardan iborat: avvaldan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan texnologiya rejasining mavjud bo’lishi, zamonaviy ishlab chiqarish talablariga javob bera oladigan ishlab chiqarish xarajatlari mehyorining mavjud bo’lishi, ombor xo’jaligining to’g’ri tashkil qilinishi va ishlab chiqarish zarur ulchov asboblari va moslamalar bilan tahminlangan bo’lishi, ishlab chiqarish xarajatlarining analitik schyoti, kalg’kulyatsiya obhektlari hamda kalg’kulyatsiya birligini aniqlash, kalg’kulyatsiya moddalari, kompleks xarajatlar moddalari nomenklaturasini ishlab chiqilish, kompleks xarajat moddalarini kalg’kulyatsiya obhektlari o’rtasida taqsimlash usulini tanlash va xokazolar.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish hisobi va maxsulot tannarxini kalg’kulyatsiya qilish «Xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizomga muvofik olib boriladi. Mazkur nizom amaldagi qonun-koidalar hisobga olingan xolda, ho’jalik obhektlarida, yahni o’zining faoliyatini amalga oishruvchi yuridik va jismoniy shaxslar ishlab chiqargan maxsulot (ish, xizmat) tannarxiga qo’shiladigan xarajatlar bir xilligini tahminlash maqsadida ishlab chiqilgan. Nizom buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish maqsadlari uchun xarajatlarni hisoblash o’rtasidagi farqni hisobga olgan xolda ishlab chiqilgan. Ho’jalik subhektlarida xarajatlarni hisoblash va ular faoliyati moliya natijalarini aniqlash, ushbu mahlumotlar asosida ho’jalik subhektining bozor iqtisodi sharoitida raqobat bardoshliligini aniqlash uchun zarur. Soliqqa tortiladigan foyda buxgalteriya foydasidan farq qiladi, korxona xarajatlarining bir qismi avvaldagi soliq siyosatiga ko’ra soliqqa tortiladigan bazaga qushilmaydi.
Nizomda xarajatlarni turkumlash va moliyaviy natijalar tarkib topishining asosiy qoidalari bayon etilgan.
Maxsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish tannarxi maxsulot (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish yoki qayta ishlash jarayonida ishlatiladigan tabiat resurslari, xom ashyo, material, yoqilg’i, energiya, asosiy fondlar, mexnat resurslari hamda ishlab chiqarish bilan bog’liq boshqa xarajatlarning puldagi ifodasidir.
Nizomga muvofiq maxsulot ishlab chiqarish tannarxiga maxsulot ishlab chiqarish va ishlab chiqarishni tashkil-qilish bilan tug’ ridan-to’g’ri bog’liq bo’lgan xarajatlar qo’shiladi. Ularga quyidagilar kiradi: asosiy va egri material xarajatlari, asosiy va egri mexnat xarajatlari, ishlab chiqarish ahamiyatidagi ustama xarajatlar qo’shilgan xolda boshqa egri va asosiy xarajatlar.
SHunday qilib, yuqorida aytilganlar asosida xulosa qilish mumkinki, maxsulot ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladigan xarajatlar iqtisodiy mazmuniga muvofik quyidagi xarajat elementlariga bo’linadi:
a)ishlab chiqarish material xarajatlari (qaytariladigan chiqindilar qiymati chiqarib tashlangan xolda);
b) ishlab chiqarish xarakteridagi mexnatga xaq, to’lash xarajatlari; v) ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug’urta ajratmalari;
g) ishlab chiqarish ahamiyatidagi asosiy fondlar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi; d) ishlab chiqarish ahamiyatidagi boshqa xarajatlar.
Ishlab chiqarish xarajatlari iqtisodiy mazmuniga ko’ra ikki guruxga bo’linadi: 1. Asosiy xarajatlar
2. Ishlab chiqarishni tashkil-qilish va unga xizmat qilish bilan bog’liq xarajatlar
Asosiy xarajatlarga maxsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayoni bilan bevosita bog’liq xarajatlar kiradi. Masalan, texnologak maqsadlar uchun ishlatiladigan xom-ashyo, asosiy material, yordamchi material, yoqilg’i, elektr quvvati, ishlab chiqarishda band bo’lgan ishchilarning asosiy va qo’shimcha ish xaqi hamda ijtimoiy sug’urtaga qilinadigan ajratmalar va boshqa xarajatlar. Ishlab chiqarishni tashkil-qilish hamda unga xizmat qilih bilan bog’liq xarajatlarga umumtsex ahamiyatidagi va boshqa ishlab chiqarish xarajlari kiradi.
Maxsulot tannarxni kalg’lyatsiya qilishda tannarxga o’tkazish nuqtai nazaridai xarajatlar bevosita (asosiy) va bilvosita (egri) xarajatlarga bo’linadi, Bevosita xarajatlar deb maxsulotning ayrim turlari tannarxiga to’g’ridan-to’g’ri, yahni bevosita o’tkaziladigan xarajatlarga aytiladi. Masalan, texnologik
maqsadlar uchun sarflangan xom-ashyo va asosiy materiallar, ishlab chiqarishda band bo’lganlarning asosiy mexnat xaqi va boshqalar.
Bilvosita, yahni egri xarajatlar deb hisobot oyi davomida yigib taqsimlovchi schyotlarda hisobga olinib, tannarxni kalg’kulyatsiya qilishda, maxsulotning ayrim turlari tannarxiga biron-bir ko’rsatkichga mo’tanosib ravishda taqsimlash yo’li bilan unga qo’shiladigan xarajatlarga aytiladi. Ko’pgina sanoat korxonalarida bunday xarajatlarga umumtsex va boshqa ishlab chiqarish sarflari kiradi.
Maxsulot xajmiga bog’liqlik nuqtai nazaridan xarajatlar o’zgaruvchan va shartli doimiy (o’zgarmaydigan) xarajatlarga bo’linadi. Xarajatlarning bunday guruxlanishi maxsulot tannarxini tashkil qiluvchi xarajat moddalari miqdoriga ishlab chiqarilgan maxsulot xajmining bir xil tahsir qilmasligi natijasida kelib chiqadi. Xarajat moddalarining ayrimlari ishlab chiqarilayotgan maxsulot xajmiga mo’tanosib ravishda o’zgaradi, boshqalari esa mutanosib ravishda o’zgarmaydi. Iqtisodiy moxiyatiga ko’ra, o’zgaruvchan xarajatlar asosiy xarajatlarga, shartli doimiy (o’zgarmaydigan) xarajatlar esa ishlab chiqarishni tashkil-qilish va unga xizmat qilish bilan bog’liq xarajatlarga tenglashtiriladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va tannarxni kalg’kulyatsiya qilishni tashkil-qilish ilmiy tamoyillarga asoslangan xolda amalga oishrilishi lozim. SHunday tamoyillardan biri korxonalarda kalg’kulyatsiya obhektini to’g’ri aniqlashdir.
Kalg’kulyatsiya obhekta bu korxonalarda tayyorlanadigan ayrim maxsulotlar, yarim tayyor maxsulotlar, biron-bir buyurtma turi yoki bajariladigan xizmat turlaridan iboratdir. Korxona uchun kalg’kulyatsiya obhektiniig ro’yxati avvaldan ishlab chiqiladi va mo’tasaddi xodimlar tomonidan tasdiqlanadi. Xarajatlar hisobi da kalg’kulyatsiya qilishni tashkil-qilishda kalg’kulyatsiya birligini Asosiy tanlash ham katta ahamiyatga ega. Amalda maxsulot tannarxning kalg’kulyatsiya birligi sifatida quyidagilar qo’llaniladi:
1. Maxsulotning natural birligi (dona. metr, tonna kabilar).
2. Koeffitsientlar yordamida hisobttangan maxsulotning shartli natural birligi.
3. Maxsulotning ayrim turlari, buyurtmalar (yarim tayyor maxsulotlar, bajarilgan ish, xizmatlar). Kalg’kulyatsiya birligini tanlash ishlab chiqarish tarmog’i xususiyatlariga hamda ishlab chiqariladigan
maxsulot xarakteri va uning nomenklaturasiga bog’liq.

Download 166.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling