1. Maydalash jarayonlari haqida umumiy ma`lumotlar Maydalash darajasi va bosqichlari. Maydalash usullari va qonunlari
Konusli maydalagichlarning texnologik parametrlari
Download 1.18 Mb.
|
5-Ma’ruza.
Konusli maydalagichlarning texnologik parametrlari
KKD va KRD turidagi konusli maydalagichlarning nominal o`lchamini turi aniqlaydigan nominal o`lcham mahsulotni qabul qilish tuynugining kengligi B va ochiq holatlagi maydalangan mahsulotni bo`shatish tuynugining kengligi b hisoblanadi. Beshta o`lchamdagi maydalagichlar birlamchi yirik maydalash uchun mo`ljallangan: KKD-500/75, KKD-900/140, KKD-1200/150, KKD-1500/180 va KKD-1500/300; ikkilamchi yirik maydalash uchun esa uchta o`lchamdagi reduktsion maydalagichlar: KRD-500/60, KRD-700/75 va KRD-900/100 mo`ljallangan. Konusli maydalagichlarning mexanik tartibining asosiy parametrlari bo`lib: qamrash burchagi; diametri, ekssentriklik va maydalovchi konusning qalami; uning tebranish chastotasi; maydalash kuchi va quvvat sarfi hisoblanadi. Yirik maydalovchi konusli maydalagichlarning qamrash burchagi deb qo`zg’almas konusning ichki yuzasi va maydalovchi konusning tashqi yuzasi o`rtasidagi burchakka aytiladi (28-rasm). Yirik maydalovchi konusli maydalagichlarning qamrash burchagi xuddi jag’li maydalagichnikiga o`xshash holda aniqlanadi. U ishqalanish burchagining ikkilanganidan ortiq katta bo`lmasligi kerak. Ushbu maydalagichlarda qamrash burchagi odatda 24 dan 28° gacha o`zgarib turadi. Yirik maydalovchi konusli maydalagichlarda maydalagichning maksimal ish unumdorligiga erishiladigan ekssentrik stakanining aylanish chastotasi eng foydali hisoblanadi. Ekssentrik valning aylanish chastotasi zavodda qabul qilingan konusning tebranish chastotasiga mos bo`lib, u quyidagi nisbat orqali aniqlanishi mumkin: (3.29) Konusli maydalagich elektr dvigatelining quvvati Ndv konus diameteri D ning kvadratiga, ekssentritet r va tebranishlar chastotasi no ga mutanosib hisoblanadi: (3.30) bu yerda, KN - maydalagichning konstruksiyasini hisobga oluvchi koeffitsient. Konusli maydalagichning hajmi bo`yicha ish unumdorligi quyidagi empirik formula yordamida hisoblanishi mumkin: (3.31) bu yerda, K1 - koeffitsient (KKD maydalagichlari uchun K1 = 0,6 va KRD maydalagichlari uchun K1 = 0,7); Ky, Kf va Kw – yiriklik, qattiqlik va namlik uchun tuzatish koeffitsientlari (3-jadvalga qarang); r - ekssentriklik; b - maydalangan mahsulotni bo`shatish tuynugining kengligi; D - konusning diametri. Maydalagichning o`lchamlari, rudaning fizikaviy xossalari (mustahkamlik, namlik, yiriklik), maydalanish darajasi va boshqa omillarga bog’liq holda maydalagichlarning ish unumdorliklari: yirik maydalovchi konusli maydalagichlarda 150 dan 2300 m3/soat oralig’ida, o`rtacha maydalovchi maydalagichlarda 20 dan 2000 t/soatgacha, mayin maydalovchi konusli maydalagichlarda 20 dan 1000 t/soatgacha bo`lishi mumkin. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling